Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   109

 
222
malumotlarini qwlda saqlashdan qwrqib odamlari orqali Moskva va Peterburgga 
jwnatib turgan) quyidagilarni wqiymiz:  
«Amudarёning bosh qismida oltin ywq. Lekin unga Kwkcha darёsi kelib 
qwshilgan joyda qumloq erlarda oltin bor, chunki Kwkcha darёsi oltin va boshqa 
rudalarga boy tog’lardan boshlanadi. Kwkchaning boshlanish qismida, xususan 
ёz faslida mah’alliy ah’oli katta-katta oltin parchalarini topib oladilar.» 
«Badaxshondan tashqari, oltin, kumush, achchiqtosh, qwrg’oshin, oliy 
navoi temir konlari Samarqand va Buxoroda h’am bor».  
«(Yuqorida) tilga olingan Sirdarёda oltin topsa bwladi. Lekin Andijonda 
va marg’ilonda kwproq. Boshqa erlardagilar h’aqida choparimiz (Nikolay 
Miner) aniq qilib aytib beradi. Sirdarё soh’illarida qumdan topilgan oltin 
parchasini undan berib yuboroqdaman». 
«Wsha darёda (Sirdarёda) oltin bor. (Tevarak atrofdagi) tog’larda, 
xususan Koshg’arda, Marg’ilonda, Andijonda va Toshkentda h’am bor. Har 
h’olda biz shunday deb egitdik». 
F.Benevinining mana bu malumoti h’am muh’im: «Badaxshon 
tog’laridagi oltin, lal va zah’ar mwh’ra konlarining barchasi mah’alliy 
beklarning qwlida». 
F.Benevini Buxoroning XVIII asrning birinchi choragidagi ichki va 
xalqaro ah’voli h’aqida wta muh’im malumotlar twplagan. Uning wz 
h’ukumatiga yuborgan malumotnoma (relyatsiya)sida bu h’aqda mana bularni 
wqish mumkin: 
«Uni (kamerdiner N.Minerni) savdogar qiёfasida, mol bilan, Balx va 
Badaxshonga jwnatgan edim. Va ulardan wtib Loh’urgacha borishni buyurgan 
edim. Lekin ywlda talonchilar kwpligidan Balxdan orqaga qaytdi». 
«Wsha Badaxshon va Balx mamlakatlari mustaqil bwlib olganlar. U ёki 
bu xonning qwl ostida. Lekin xonlarini tez-tez almagtirib turadilar». 
«...Beklarning wzboshimchaligi tufayli butun mamlakat isёn va tug’ёnlar 
iskanjasida qolgan». 
«Xususan poytaxt shah’ar tws-twpalonlar va isёnlar dastidan og’ir 
ah’volda qolgan. Ayniqsa, İbroh’imbiy kenagas isёni tufayli Abulfayzxon 
shah’arni tashlab chiqishga majbur bwlgan, swng wg’li bilan birlashib, Buxoro 
va uning atrofini talon-toroj qilib katta zarar etkazdi». «Shah’ar oziq-ovqat va 
em-xashak xususida shu qadar g’arib bwlib qoldiki, oddiy xalq tirikchilik deb wz 
bolalarini sotdi, kwp odam wlib ketdi, mol-qwyi va ot-tuyalari qirilib ketdi». 
Buxoro xonligidagi tarqoqlik XVIII asrning boshlarida shu darajada 
kuchaygan ediki, masalan, Farg’ona vodiysi va Samarqand Buxorodan ajralib 
chiqib, Qwqon xonligi (1709-1876 yy.) va Rajabxon boshliq Samarqand bekligi 
tashkil topdi. Xususan, Samarqand bekligining tashkil topishi h’aqida 
F.Benevinining 1723 yil 4 mart kuni yuborgan maxfiy axborotida bunday 
deyilgan: «...sobiq (Buxoro) otalig’i İbroh’imbiy Samarqand ustiga yurdi va uni 
egalladi. Shundan keyin boshqalar bilan qwshilib, xon avlodidan bwlgan 
Sharg’ozixonni Rajabxon nomi bilan (Samarqand) taxtiga wtqazdi va uni wziga 
kuёv qilib oldi. Wzi esa otaliq lavozimini egalladi». 


 
223
Bir fursat vaqt wtib, Rajabxon maxfiy tarzda F.Benevini bilan aloqa 
bog’ladi. U rus elchisidan h’aqiqatan h’am Rossiya A.Bekovich-
Cherkasskiyning qasdini olmoq uchun Xiva ustiga yurishga ah’d qilgan-
qilmaganligini bilmoqchi bwldi. Bu h’aqda Xivaning wida h’am gap-swzlar 
yurar edi. 1723 yili Shkrg’ozixonning wzi qalmoq xoni Ayuqdan «ruslar 
Saratovda askar twplaёtibdilar va balki 1724 yilning bah’orida Xiva ustiga 
yursalar kerak» degan gapni eshitgan edi. Shundan keyin, Shkrg’ozixonni Orol 
wzbeklari ruslar Xiva ustiga boshlab kelmasmikan, muqobil beklar uni taxtdan 
tushirib, saltanat tepasiga Temur sultonni wtqizmasmikan, degan shubh’a bosdi. 
XVIII asrning boshlarida Buxoro bilan Xiva wrtasidagi munosabatlar 
birmuncha og’irlashgan edi. Bunga, birinchi navbatda, Xiva xonlarining Buxoro, 
Chorjwy va h’atto Samarqand h’ududlarini talon-taroj qilishlari asosiy sabab 
bwldi. 1721 yilga kelib ikki wrtada urush chiqish zavfi yaqqol kwzga tashlanib 
qoldi. F.Benevinining 1721 yil 25 may kuni Moskvaga  ywllagan xabarida 
masalan, quyidagilarni wqiymz: «Xiva xoni h’aqiqatan h’am buxoroliklar bilan 
urushmoqchi. Shunga tayёrgarlik kwrmoqda. Lekin, katta beklari bunga ywl 
bermay turibdilar. Ular h’atto Sherg’ozixonni taxtdan tushirib, 15 yildan beri 
Buxoro xoni h’uzurida kun kechiraёtgan Musaxonni taxtga wtqizmoqchi 
bwlmoqdalar. Shu h’aqda Xivaning katta beklari Buxoro xoni bilan bordi-keldi 
qilib turibdilar». F.Benevini Xivaning wzi h’am notinch bwlib, ikki yirik arbob 
Sherg’ozixon bilan Temur sulton wrtasida h’okimiyat uchun kurash boraёtgani 
va Rossiya Temur sultonni qwllab-quvvatlasa foydali bwlishini aytdi. «Agar 
Sherg’ozixon ywqotilsa,-deb ёzadi F.Benevini,-bu erda tinchlik wrnatiladi, 
h’amma ywllar ochiq bwladi». 
F.Benevini twplagan malumotlar Rossiya h’ukumati, uning tashqi siёsati 
uchun kelajakda qwl kelib qoldi. 
 
18.2.10. Mitropolit Xrisanfning esdaliklari 
Xrisanf asli grek, venetsiyalik aslzoda dvoryanlardan, Afina yaqinida 
joylashgan Yangi Pator cherkovining mitropoliti bwlib xizmat qilgan. Haqiqiy 
ismi sharifi Kontaripi. 1724 yili muqaddas patriarx Samuel tarafidan İstanbul 
atrofida joylashgan Xiroti nisan cherkoviga mitropolit etib tayinlangan. 
Podshoning tazyiqi oqibatida1784 yili İstanbulga ketib qoldi. Kwa vaqt wtmay, 
Xrisanf Livon ordeniga qarashli cherkovlar bilan tanishish maqsadida Shom-
Suriyaga, u erdan Xalab-Aleppoga bordi. Wsha erda ingliz savdogarlari bilan 
tanishib qoladi va ular bilan birga Frot-Evfrat darёsi bilan Fors qwltig’iga bordi 
va u erda kemaga tushib, Maskat orqali Hindistonning Surat bandargoh’iga kelib 
tushdi. Swng Hindiston, Kashmir, Kobul, Balx va Samarqand orqali Buxoroga 
bordi. Xrisanf Wrta Osiёning bir qancha shah’arlarida bwldi, bir yil Xivada 
turdi.  
Swng 1792 yili Ashtarxonga bordi va bir fursat wsha erda istiqomat qildi. 
Keng malumotli va kuzatuvchan bu odam tez orada Astraxanda kwplarning 
diqqatini wziga tortdi. Ashtarxan episkopi uning h’aqida muqaddas sinodga 
axborot yuboradi. Swng Xrisanf Moskvaga chaqirtiriladi. Muqaddas Sinod uni 
h’ar taraflama tekshirib kwrib va keng malumotli odam ekanligiga ishonch h’osil 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə