Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   109

 
214
Rossiya qudratli davlat ekanligi va uning boshqa nufuzli mamlakatlar bilan 
yaxshi munosabatda ekanligiga ishontirish, xonliklardagi rus asirlarini ozod 
qilish, h’ar ikkala xonlik wrtasidagi mavjud munosabatlar, xonliklarning Eron, 
Turkiya va Gruziya bilan munosabatlar qanday ekanligini aniqlash, tabiiy 
boyliklari va h’arbiy qudratini aniqlashdan iborat bwlgan. 
İ.D.Xoxlovning Elchilar mah’kamasi (Posolskiy prikaz)ga ёzgan axboroti 
(Stateynıy spisok)ga qaraganda, u wziga yuklatilgan vazifaning katta qismini 
bajargan. 
Masalan,  İmomqulixon wz ixtiёridagi 23 rus asirini ozod qilgan. Boy-
badavlat kishilar, amirlar va savdogarlar qwlidagi asirlar xususida İmomqulixon 
elchiga «ularni qidirishga h’ozircha fursat ywq, xizmatkori (Toshkent h’okimi 
Tursunxon) isёnini bostirgandan keyin imperator janobi oliylarining bu 
iltimosini bajaramiz va topganlarimizni wzimiz yuboramiz», deb vada bergan. 
Har ikkila xonlikdagi ichki vaziyat h’aqida h’am Rossiya elchisi kwp 
malumotlar twplashga muvaffaq bwlgan. Elchining axborotida, masalan, 
quyidagilarni wqiymiz; «...(biz Buxoroda bwlgan paytda) Buxoro xoni bilan 
Toshkent h’okimi wrtasida urush boraёtgan edi. Xon unga qarshi wzining katta 
amiri Nadr devonbegini 40 ming askar bilan jwnatdi. Shulardan 10 ming 
navkarini Toshkent h’okimi urushda h’alok qildi. Shundan keyin 
İmomqulixonning shah’zodalari borib Tursun sultonning yigitlarini 
mag’lubiyatga uchratdilar. İkki wrtadagi urush h’ali bir ёqlik bwlgani ywq...» 
İmomqulixon Rossiya elchisi kelib-ketgan vaqt ichida wzaro urushlar va 
isёnlar tufayli Balx bilan Samarqandda turdi. Shu vaqt ichida elchiuni ikki marta 
borib kwrdi,-birinchi marta, Buxoroga kelgandan wn kun keyin, ikkinchi marta 
yurtiga qaytib ketishi, yani 1622 yil 3 avgust oldidan. İ.D.Xoxlovning axborotida 
wqiymiz; «Xon wsha vaqtlarda Samarqandda emas edi. İnisi Nadr h’uzuriga 
qochib borib turgan edi.» İmomqulixon Samarqandga İ.D.Xoxlov Buxoroga 
kelgandan bir h’afta wtgandan keyin, qaytib keldi. Lekin qattiq og’rib qoldi. Rus 
elchisi bilan muzokarani Nadr devonbegi olib bordi. Muzokaralarda kwtarilgan 
asosiy masala qalmoqlar, nwg’aylar, shuningdek rus asirlarini ozod qilish 
masalasi bwldi. Rus asirlari xususida Nadr devonbegi elchiga bueday javob 
berdi; «İmomqulixon sizga quyidashilarni aytishimni buyurdi. Boshqalarini 
inshoalloh’, Tursun sulton bilan urush tugagandan keyin qidirtirib topadi va 
yurtiga jwnatib yuboradi. Sizning podshoh’ingiz h’am shu tarzda ish tutib, 
qwlidagi İmomqulixonning odamlarini bwshatib yuborsin». 
Buxoro va Xiva xonliklarining ichki ah’voli h’aqida h’am İ.D.Xoxlov 
muh’im malumotlar twplagan. Uning malumotlaridan malum bwlishicha
mamlakat wzaro urushlar iskanjasida qolgan, Balx, Toshkent va Samarqand 
ustida turgan noiblar markaziy h’ukumatga bwysunishdan bosh tortib, wzlarini 
mustaqil tutaёtganliklari natijasida Buxoro h’ukumati kuchsizlanib qolgan. 
 Xiva xonligida h’am aynan shunday vaziyat h’ukm surar edi. Bu erda 
Arab Muh’ammadxon (1602-1623 yy.) bilan uning wg’illari Avanesh va İlbors 
wrtasida toj-taxt uchun kurash borardi. İ.D.Xoxlovning Elchilar mah’kamasiga 
ёzgan axborotida wqiymiz; «Urganch zaminida isёn boshlangan. Arabxonning 
wg’illari Avanesh va İlbors (otasini) tutib olib kwziga mil tortganlar. 


 
215
Arabxonning boshqa wg’illari; Abulg’ozi bilan Sharif Sulton Buxoro xoni 
h’uzuriga qochib ketganlar». 
Rossiya elchisi Xiva xonligi h’ududlariga Ёyiq (Wrol) kazaklari va 
qalmoqlarning tez-tez qilib turgan talonchilik xurujlari h’aqida muh’im 
malumotlar keltiradi. Bu h’aqda İ.D.Xoxlovning malumotnomasida mana bularni 
wqiymiz; «İvan Bovatda (Bog’otda) tutqinda turgan paytda Urganchga qarashli 
kwchmanchi xalq ustiga bosqinlar rus kazaklari Trenka Us va uning odamlari 
bostirib kirib, turkmanlarni talon-taroj qildilar, kwp odamlarni wldirdilar, 
kwplarini asir olib ketdilar...Urganch erlariga qalmoqlar h’am kwp bor bostirib 
kirib, kwplarini wldirgan». 
Rossiya elchis xabarnomasida Buxoro, Xiva shah’ar va qishloqlarining 
umumiy ah’voli h’aqida h’am muh’im malumotlar keltiriladi. Ular elchi kelgan 
paytda ancha xarobalikka yuz tutib qolgan edi. Elchining swzlariga qaraganda, 
bunga tinimsiz wzaro urushlar, toju taxt uchun kurash va qozoq, qalmoq va ёyiq 
kazaklarining tez-tez qilib turgan xurujlari sabab bwlgan. Malumotnomada 
bojxona twlovlari h’aqi İ.D.Xoxlovda qimmatli malumotlar uchratamiz. Bojxona 
h’aqi, birinchidan, mamlakatdan mamlakatga wtgandagina emas, balki bir 
mamlakatning wzida bir viloyatdan ikkinchi viloyatga wtganda h’am olingan. 
İkkinchidan, u naqd pul bilan h’am, mol bilan h’am twlangan. Masalan, h’ar bir 
yukdan 33 parcha mato h’ajmida boj olingan. 
Shuningdek, İ.D.Xoxlov Buxoro va Xiva xonliklarining Hindiston va Eron 
bilan bwlgan munosabatlari h’aqida h’am ayrim malumotlar twplagan. Masalan, 
uning xabarnomasida bunday gap bor; «İmomqulixonning, Balx xoni Nadr 
Muh’ammadning qizilboshlar podshoh’i shoh’ Abbos bilan aloqasi ёmon. Ular 
(bir-birlari bilan) urush h’olatidadirlar. Hozirgi paytda ular orasida urush 
bwlaёtgani ywq. Tinchlik h’am wrnatilmagan. Urushning ywqligi sabab, shoh’ 
bilan Hindiston wrtasida (Qandah’or uchun) urush bormoqda». Buxoro va Balx 
xonlari bilan Hindiston wrtasida h’am munosabatlar aynan shu vaqtda yaxshi 
bwlmagan. Buning sababini Rossiya elchisi bunday sharh’laydi; «Buxoro xoni 
İmomqulixon Hindiston podshosiga lochin yuborgan edi. Balx xoni Nadr 
Muh’ammadxon bwlsa uni (Buxoro elchisidan) tortib oldi. Shu sababdan 
Hindiston podshoh’i u bilan savdo aloqalarini wzdi, savdogarlarni Balx bilan 
Buxoroga yubormay qwydi, Buxoro savdogarlariga Hindiston mollarini olib 
ketishni man qildi...» 
İ.D.Xoxlovning guvoh’lik berishicha, Xiva xonligi bilan Eron wrtasidagi 
munosabatlar h’am wsha paytlarda yaxshi bwlmagan. U, masalan, ёzadi; 
«Urganchliklar shoh’ Abbos bilan yaxshi munosabatda emaslar. İvan (Xorazmda 
turgan) xonzoda İlbars qizilboshlarga qarashli Obivardga h’ujum qilgan, 
obivardliklarning otlari va tuyalarini tortib olgan. Shuningdek, 100 odamini asir 
qilib h’aydab ketgan...» 
 
18.2.7. Aka-uka Pazuxinlar elchiligi twg’risida manbalar 
Aka-uka Pazuxinlar Markaziy Osiё xonliklarining umumiy ah’voli, 
xonliklarga, Eron va Hindistonga Astraxan orqali olib boradigan karvon ywli 
h’aqida keng malumot jamlaganlar. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə