Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109

 
232
toki shaxsan men bilan janjallashib yurmasin». Gladishev xonga javob qildi: 
«İen sizning h’uzuringizga yuborilganman. Shunday bwlgach, sizning amr-
farmoningizda bwlaman». 
Shundan keyin (Abulxayrxon) Gladishev odamlaridan ikki kishini, 
xususan er wlchovchi Muravin bilan tarjimon Usmon Arslonovni ajratib olib va 
imperator oliy h’azratlari jwnatgan maktubni qwllariga berib, ularga maktub 
bilan twrt odamni – orollik bir qoraqalpoq va bir qozoqni qwshib, Eron 
podshoh’i h’uzuriga jwnatdi. Shoh’ wsha vaqtda Xivadan 35 verst narida 
joylashgan Xonqada turgan edi. Ular shoh’ga «Abulxayr)xon imperator 
h’azratlarining tabaqasidir, ushbu shah’arni h’am u wz tobeligiga qabul qildi», 
dedilar. Xon eshitdiki, Eron shoh’i Rossiya imperiyasi bilan ittifoq tuzmoqchi 
emish. Shu sababdan u Xivani va unga qarashli erlarni talon-taroj qilmaydi», 
degan xabarni etkazishlari lozim edi». 
D.Gladishevning Xivada istiqomat qilib turgan rus asirlari h’aqida 
keltirgan malumotlari h’am wta muh’imdir. U ёzadi: «Wsha erda asirda bwlgan 
Ёyiq kazagi Andrey Borodindan eshitdimki, Xivada Bekovich-Cherkasskiy 
ekspeditsiyasidan asirga tushib qolgan ruslar, qalmoqlar va boshqa erliklarning 
soni 3 000 kishiga etadi. U (Andrey Borodin) ularni yaxshi biladi. Bah’orda 
ularni Xiva tevaragidagi ariqlarni tozalashga h’aydab boradilar. Orolda shunday 
asirlar soni 500 kishi. Taxminan shugcha asir Qozoq va Qoraqalpoq wrdalarida 
yashab turibdilar...» 
Sheldeltog’da h’am rus asirlari turadilar. Wsha tog’da kumush va oltin 
konlari bor. Qazilgan rudalarni tekshirib qaraganlarida uning uchdan bir qismi 
sof oltin bwlib chiqdi. Buni aniqlangan odam Sherg’ozixonga borib aytdi. Xon 
uni tiriklayin kwmib tashlashni buyurdi, «toki u bu gapni boshqa birovga borib 
aytmasin, deb». 
Xivaliklarning kasb-kori h’aqida h’am Gladishev ayrim malumotlar 
keltirgan: «Ular,-deb ёzgan edi u,-bwg’doy, arpa, jwxori, tariq, kunjut, paxta va 
tamaki ekadilar. Eri, bazi erlari qumloq, bazilari loyqadan iborat, sug’orib 
ekadilar. Uni h’wkiz bilan h’aydaydilar... 
Chorvalari: tuya, ot, mol, arg’umoqlar va oddiy otlar, eshak, qwy, echki. 
Qushlari: wrdak, tovuq. 
Mevadan: olma, anor, uzum, tut, shaftoli, jiyda, olmurut. 
Poliz ekinlaridan: qovun, tarvuz, turp, sholg’om, karam, piёz etishtiriladi. 
Daraxtlar: sada qayrag’och, terak, tol ...wsadi. Shuningdek, tut meva 
beradi, bargi bilan pilla qurti boqiladi. 
Xivada mis pul zarb qilinadi, miltiq dori tayёrlanadi... 
Qamish va beda etishtiriladi. 
Darёlarida: Sirdarё, Quvondarёda, Ulug’ darёda kechuvlar bor. İkki 
sajenlik, ikki yarim sajenlik qayiqlar mavjud. Ularda 5 boshgacha ot yuklab 
wtish mumkin...Sirdarё bilan Ulug’ darёda baliq kwp. 
Qamishzorlarda bars, bwri, shag’ol,tulki kabi yirtqich h’ayvonlar 
yashaydi». 
Rossiya uchun Orol dengizining iqtisodiy va h’arbiy-strategik ah’amiyati 
katta edi. Shuning uchun h’am Orol flotiliyasining boshlig’i kontr-admiral 


 
233
A.İ.Butakov (1816-1869 yy.) ga 1848 yili Orol dengizini wrganish va uni 
tavsiflash vazifasi yuklatildi. 
A.İ.Butakovning kuzatishlari uning «Kundaliklar»ida (twla nomi 
«Dnevnıe zapiski plavaniya po Aralskomu moryu v 1848-1849 g.», podgotovka 
k pechati E.K.Betgera.-Tashkent: 1953) baёn etilgan. Uning ёzishicha, «Orol 
dengizi tinch dengizlardan bwlmay, ayniqsa shamol turgan paytida panoh’ topish 
qiyin». «Uning G’arbiy soh’ilini suratga tushirishni Qumsuat qwltig’idan 
boshladik. Qumsuatdan boshlab menga dengiz chuqurlasha boshlaganday 
tuyuldi...» Butakov wshanda Orol dengizini va uni bandargoh’ qurish mumkin 
bwlgan erlarini qarichma-qarich wlchab chiqdi. Umuman, kontr-admiral 
Butkvoning kuzatishlari, Rossiya h’ukumatiga kelajakda dengizda h’arbiy va 
savdo floti qurish mumkinligini kwrsatdi. Bu reja podsho Rossiyasiga Sirdarё va 
amudarёda h’am kemalar qatnovini ywlga qwyishga va bu bilan Koshg’ar va 
Hindistonga suv ywlini ochib berish imkonini berar edi. 
(B.Ah’medov. 348 bet) 
 
18.3. Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati.   
1. B. A. Ah’medov. Wzbekiston tarixi manbalari. - Toshkent: “Wqituvchi”. 
2001.  
2. T. S. Saidqulov. Wrta Osiё xalqlari tarixining tarxnavisligidan lavh’alar. 
- Toshkent: “Wqituvchi”. 1993. –B. 3-9. 
3. Sobranie vostochnıx rukopisey Akademii nauk Respubliki Uzbekistan. 
İstoriya. Sostaviteli D. Yu. Yusupova, R.P.Djalilova. –Tashkent: “Fan”. 
1998. –S. 3-7. 
 
18.4.  Mavzuni mustah’kamlash uchun berilgan savollar.  
1. 
Elchi va sayёxlarning asosiy maqsadi nima?  
2. 
Elchi va sayёxlar esdaliklarida qanday masalalar ёritiladi?  
3. 
Elchi va sayёx esdaliklarini tarixni wrganishdagi ilmiy 
ah’amiyati nimada?  
 
 
19-mavzu. Turkiston Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davriga oid 
manbalar 
 
 Darsning mazmuni: Turkiston wlkasining chor Rossiyasi 
mustamlakasiga aylanishi, uning sabablari, mustamlakachilik tuzumining xalqlar 
boshiga solgan zulmu bedodliklari twg’risidagi tarixiy manbalar asosiy 
xususiyatlari, ularning ilmiy ah’amiyati talabalarga tushuntiriladi.  
 
Reja:  
19.1. Asosiy siёsiy-ijtimoiy voqealar.  
19.2. Mah’alliy manbalar.  
19.3. Rossiya manbalari.  
19.4. Rasmiy h’ujjatlar va ushbu davr twg’risidagi adabiёtlar. 


 
234
19.5. Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati.  
19.6. Mavzuni mustah’kamlash uchun berilgan savollar.  
 
Asosiy tushunchalar: Chor Rossiya, Turkiston wlkasi, mustamlaka, oq 
podshox, mardikor.  
 
19.1. Asosiy siёsiy-ijtimoiy voqealar. 
Movarounnah’rdagi yirik davlat bwlgan Buxoro va Xiva xonligi XVIII 
asrning birinchi yarmida Eron shoxi Nodirshox tasir doiraisga tushdi. 1753 yili 
Nodirshoxni vasiy sifatida tan olgan Muh’ammad Rah’im wzini Buxoro amiri 
deb elon qildi va 1920 yiligacha xukm surgan mang’itlar sulolasiga asos soldi.  
Fag’ona vodiysida yashab turgan wzbek qabilalaridan biri minglar wz 
etakchisi Shoxruxbiyni xokimiyat tepasiga kwtardilar va Qwqon xonligi tashkil 
topdi.  
XIX asr boshida Muh’ammad Raximxon avval (1806-1825) mustaqil Xiva 
xoni sifatida mustaqil faoliyat kwrsata boshlaydi. Shunday qilib, XVIII oxiri 
XIX asr boshlarida Movarounnah’rda uchta mustaqil davlat faoliyat kwrsata 
boshlaydi.  
Rossiya iqtisodiy va h’arbiy qudratga erishishi munosabati bilan uning 
Qwqon, Xiva xonliklari va Buxoro amirligiga bwlgan munosabatida istilochilik 
ruxi ustun kelib, XIX asrning ikkinchi yarmidan wlkani zabt etishga kirishdi. 
1860 yili Rossiya Qwqon xonligiga qarshi elon qilinmagan urush boshladi. 
Polkovnik Mixail Chernyaev 1864 yili avliё ota shaxri tomon yurish boshladi va 
shaxarni egallab, general darajasiga kwtarildi. 1865 yil general M.Chernyaev 
Toshkentni egalladi. 1866 yili general M.Chernyaev Buxoro amirligiga qarshi 
istilochilik h’arakatlarini boshladi va 2 yil davomida uning yarim xududining 
egalladi.  
Rossiya xukumati yangi bosib olingan erlarni boshqarish uchun va bu 
h’arakatni davom ettirishni muvofiqlashtirish uchun 1867 yilning 11 iyulda 
Turkiston general gubernatorligini tasis etdi va uning rah’bari etib general 
K.P.fond Kaufanni (1867-1881) tayinladi.  
1872 yil oxirlarida h’arbiy vazir boshchiligiga Peterburgda Turkiston, 
Orenberg, general – gubernatorlari va Kavkazdagi podshox noiblari ishtirokidagi 
maxfiy kengashda Xiva xonligini bosib olishga qaror qilinadi. 1873 yili may 
oyida ruslar Xiva shaxrini egallaydilar.  
Bu esa kuchayib boraёtgan Rossiya davlatining osonlikcha wlkani wz tasir 
doirasiga wtkazish imkonini berdi. 1917 yilgi Sank-Peterburgda yuz bergan 
Oktyabr twntarilishi Rossiya davlati tarixida Shwrolar h’ukmronligiga asos 
soldi.  
Bu davrda yuz bergan voqealar bir toionda wsha davr rasmiy h’ujjatlarida 
mah’alliy xalq vakillari va rosiyalik mualliflar tomonidan turlicha ёritilgan. 
Mana shuning uchun h’ar manba aloh’ida wrganilishi, turli tomonlar qarashlari 
wzaro qiёsiy tah’lil qilinishi maqsadga muvofiq. Ushbu davr voqealari keyingi 
davr adabiёtlaridan h’am turlicha talqin etib kelindi. Chunki ularga siёsiy tuzum 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə