Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
13
28. Tabaroniy Hizom ibn Hakimdan zaif isnod bilan rivoyat qilgan. 
29. Asfahoniy «Targ‘ib va targ‘ib» kitobida Ibn Umardan zaif isnod bilan rivoyat qilgan. 
30. Ibn Abdulbar Anasdan (r.a.) zaif isnod ila rivoyat qilgan. 
 
 
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: "Alloh taolo qiyomat kuni  olimlarni 
hammadan keyin tiriltiradi va ularga: «Ey olimlar jamoasi, men ahvolingizni bilganim 
uchun ilmni sizga berdim. Men ilmni sizlarni azoblash uchun bermadim. Boring, sizlarni 
mag‘firat qildim», deydi. 
31
 
 
Allohdan xayrli oqibat so‘raymiz. 
 
Asarlarda (Islom buyuklarining so‘zlarida) ham ilm fazilati haqida ko‘p bayonlar kelgan. 
 
Ali ibn Abu Tolib (r.a.) Kumaylga: «Ilm moldan yaxshidir, u seni muhofaza qiladi, molni 
esa, sen qo‘riqlaysan. Ilm hokim, mol mahkumdir. Mol nafaqa qilish bilan mol kamaysa, 
ilm ziyoda bo‘ladi», deganlar. 
 
31. Tabaroniy Abu Musodan zaif sanad ila rivoyat qilgan.
 
 
Ali (r.a.) yana aytadilar: «Olim kishi kechalari qoyim, kunduzlari ro‘zador mujohiddan 
afzaldir. Olim vafot etsa, Islomda bir yoriq paydo bo‘ladi. U yoriqni faqat olimning 
o‘rinbosarigina to‘ldiradi». So‘ng Ali (r.a.)  quyidagi she’rni o‘qidilar: 
 
Ilm ahli sharafli, hidoyat istaganlarga yo‘l ko‘rsatgay, 
Har kishining qadri, bilki, qilgan ishi-la o‘lchangay. 
Johil - olim dushmani, lek kanda qilma ilm izlashni, 
Ilm birla umr boqiy, ilmsizlar hayotdan erta ketgay. 
 
Abul Asvad aytadilar: «Ilmdan azizroq narsa yo‘qdir. Podshohlar odamlarga hokim 
bo‘lsalar, olimlar podshohlar ustidan hokimdir». 
 
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Sulaymon alayhissalomga yo ilmni, yoki  mol-dunyoni 
tanlash ixtiyori berildi. Shunda u zot ilmni tanladilar. Keyin u kishiga mol-mulk ham ato 
etildi». 
 
Abdulloh ibn Muborakdan: «Komil insonlar kimlar?» deb so‘rashdi. «Olimlar», deb javob 
berdilar. «Podshohlar kim?» deb so‘rashdi so‘ngra. «Zohidlar», deya javob qildilar. 
«Pastkashlar kim?» degan savolga esa: «Din nomidan dunyo yeydiganlar», dedilar. 
 
Ibn Muborak olimlardan boshqasini komil inson demadilar. Chunki insonni hayvonlardan 
ajratib turadigan asosiy xususiyati ham ilmdir. Inson nima bilan sharafli bo‘lsa, o‘sha 
narsa bilan insondir. Uning afzalligi jismoniy quvvatida emas. Zero, tuya insondan ancha 
baquvvatdir. Jismning kattaligi bilan ham afzal emas, zero, fil undan kattaroqdir. Afzallik 
shijoat bilan ham o‘lchanmaydi, chunki yirtqich hayvon undan ko‘ra shijoatliroqdir. Yeb-
ichish bilan ham afzal emas, ho‘kizning qorni unikidan kattaroq. Jimo’  qilishiga qarab 
ham belgilanmaydi, zero, chumchuq jinsiy quvvatda insondan kuchliroqdir. Demak, 
inson faqat ilm uchun yaratilgan. 
 
Olimlardan biri aytadi: «Ilmni boy bergan kishi nimaga erishdiyu, ilmga yetishgan kishi 
nimani yo‘qotdi?!» 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
14
 
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Kimga Qur’on ilmi berilgan bo‘lsayu, 
boshqa odamni o‘zidagidan yaxshiroq narsaga ega deb bilsa, Alloh taolo ulug‘lagan 
Qur’onni kamsitgan bo‘ladi». 
 
Fath Musaliy: «Kasalga obu taom berilmasa, o‘ladimi?» deb so‘radilar. Atrofdagilar: «Ha, 
o‘ladi», deyishdi. Aytdilar: «Qalbga ham uch kun ilm berilmasa, o‘ladi».  
 
Darhaqiqat, shayx Musaliy rost gapirdilar. Zero, jasadning ozig‘i taom bo‘lganidek, 
qalbning ozig‘i va hayoti manbai ilmu hikmatdir. Kim ilmni boy bergan bo‘lsa, uning qalbi 
kasaldir, u qalb o‘limga mahkum, lekin o‘zi sezmaydi. Jarroh tig‘ini bemor kuchli 
qo‘rqinch tufayli sezmagani kabi, qalbning ham dunyoga muhabbat qo‘yishi va u bilan 
mashg‘ul bo‘lib qolishi undagi sezgi va qobiliyatni yo‘q qiladi. Qachonki o‘lim yetib, 
dunyo mashaqqatlari  ustidan tushgan paytda o‘zini o‘zi halok qilganini his etadi, qattiq 
hasrat-nadomat chekadi, lekin u foyda bermaydi. Bu holat mastga mastlik paytida, 
qo‘rqqan kishiga xavfxatar vaqtida yetgan jarohat alamini o‘ziga kelganda va xavf uzoq 
bo‘lganda sezgani kabidir. Pardalar ko‘tariladigan kunda Allohning o‘zi panoh bersin. 
Insonlar uyqudadirlar, o‘lganda uyg‘onadilar. 
 
Hasan Basriy (rahmatullohi alayh) aytadilar: «Olimlar qalamlarining siyohi shahidlar qoni 
bilan o‘lchanadi. Shunda olimlar qalamlarining siyohi shahidlar qonidan og‘ir keladi». 
 
Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: «Ilm ko‘tarilmasidan uni o‘rganinglar. Ilm  olimlarning vafoti 
tufayli ko‘tariladi. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, Alloh yo‘lida shahid bo‘lgan 
kishilar (qiyomat kunida) olimlarga berilgan karomat-darajalarni ko‘rib: «Koshki bizni 
ham Alloh olim qilib tiriltirsa», deb orzu qiladilar. Zero, hech kim olim bo‘lib tug‘ilmaydi. 
Ilm o‘rganish, ta’lim olish bilan egallanadi». 
 
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Kechaning bir qismida ilm muzokarasi bilan mashg‘ul bo‘lish 
menga kechani butunlay bedor o‘tkazishdan mahbubroqdir». Abu Hurayra (r.a.) va 
Ahmad ibn Hanbaldan ham shu ma’nodagi rivoyat naql qilingan. 
 
Hasan Basriy (r.a.) «Parvardigoro, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato et, 
oxiratda ham yaxshilik ato et» (Baqara surasi, 201), oyatini shunday tafsir qiladilar: 
«Dunyodagi yaxshilik ilm va ibodat, oxiratdagisi esa, jannatdir». 
 
Bir donishmanddan: «Qaysi narsalarni jamlasam, yaxshi bo‘ladi?» deb so‘rashganida, 
«Kema halokatga uchraganda o‘zing bilan qoladigan narsani jamla», deb javob berdi. Bu 
bilan ilmni nazarda tutdi. 
 
Olimlardan biri aytadi: «Kim ilm va hikmatni qo‘liga yugan qilib ushlasa, odamlar uni 
o‘ziga imom qilib oladi. Kim ilmu hikmat bilan tanilsa, boshqalar unga hurmat bilan 
qaraydi». 
 
Imom Shofe’iy (r.a.) aytadilar: «Ilmdan nasibador kishilar ozgina olgan ilmiga xursand 
bo‘lib, birgina narsani unutganda xafa bo‘lishi ilmning sharafiga yetarli dalildir». 
 
Umar (r.a.) aytadilar: «Ey insonlar, ilm o‘rganinglar, Alloh taoloning huzurida Uning o‘zi 
sevgan bir libos bo‘lib, ilmning bir bobini o‘rgangan kishiga u libosni kiygizadi. Agar olim 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə