Моҳир педагог ва ажойиб инсон Нишонбоева Мастуранинг ёрқин ҳотирасига бағишланади



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/82
tarix30.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#40830
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82

 
75 
namoyon  bo‘ladi.  Shuning uchun  ham  irsiy  kasalliklarning  genetik  tasnifi  qulaydir 
va asosan shu tasnifidandan foydalaniladi.  
Metabolizm  buzilishlari  bilan  namoyon  bo‘ladigan  irsiy  kasalliklarni 
tasniflashda  metabolizm  birinchi  bo‘g‘ini  o‘zgarishlariga  qarab  amalga  oshiriladi. 
Bunday  biokimyoviy  tasniflashda  uglevodlar,  oqsillar,  lipidlar,  aminokislotalar, 
vitaminlar,  purinlar,  pirimidinlar,  gormonlar  va  hakozolar  almashinishi  buzilishlari 
ajratiladi.  
Irsiy  kasalliklar  patogenezi    irsiyat  tuzilmalarining  qanday  buzilganligiga 
bog‘liq.  Masalan,  yirik  xromosomalardagi  buzilishlar  kasallikning  ontogenezda 
ertaroq    yuzaga  chiqishiga  va  og‘ir  kechishiga  sabab  bo‘ladi.  Sindromning  o‘ziga 
xos belgilari odatda xromosomaning kichik bo‘lagiga bog‘liq, yirik qismlar buzilishi 
esa o‘ziga xos bo‘lmagan belgilar yuzaga chiqishiga sabab bo‘ladi.  
Odatda  xromosoma  kasalliklarining  o‘ziga  xosligi  ko‘p  tizimlar  va  a`zolar 
rivojlanishining buzilishidir.  
Monogen kasalliklar patogenezida umumiy qonuniyatlarni kuzatish mumkin. 
Mutant gen bilan biokimyoviy reaktsiyalar orasidagi bog‘lanishni sezish qiyin emas.  
Organizmning  noqulay  irsiyati  harqanday  patologiyaning  rivojlanishini 
og‘irlashtirishi  mumkin.  Kasallikning  prognozida  (letal    samara  yoki  surunkali 
kechish)  irsiyatning  holati  faqat  irsiy  kasalliklar  uchungina  emas,  balki  irsiy 
bo‘lmagan kasalliklar uchun ham katta ahamiyatga ega. Ko‘p mutatsiyalar irsiymas 
kasalliklarning qiyin tuzalishiga, surunkali shaklga o‘tishiga sabab bo‘ladi.  
Patologik  mutatsiyalar  natijasida  odam  genetik  populyatsilarida  ikki  xil 
genetik  yuk  to‘planib  boradi.  Birinchisi  –  aloddan  avlodga  meros  bo‘lib  o‘tib 
to‘planib boradigan mutatsiyalar – segregatsion yuk deyiladi. Ikkinchisi esa avlod 
umri davomida yangidan hosil bo‘ladigan mutatsiyalar – mutatsion yuk deyiladi.  
Uzoq  davom  etuvchi  evolyutsiya  jarayonida  mutatsiyalar  va  genotiplarning 
tanlanishi  natijasida  odamlar  populyatsiyasida  muvozanatlashgan  polimorfizm 
shakllangan.  Bitta  genning  allellarining  soni  ikkitadan  ortiq  bo‘lgan  holatlarni 
muvozanatlashgan polimorfizm deyiladi. Bunga misol qilib ABO qon guruhlari, Rh, 
mukovistsidoz, fenilketonuriya genlarini keltirish mumkin. 


 
76 
Mutatsion  yukning  ta`siri  letal  samara  bilan  ifodalanadi.  Letal    effekt  gametalar, 
zigotalar, homilalar, pushtlar, bolalar o‘limi darajalarida namoyon bo‘ladi.  
Zigotalarning  60%  implantatsiyagacha  nobud  bo‘ladi.  Homiladorlikning  15  % 
spontan  abortlar,  1%  o‘lik  tug‘ulishlar  bilan  tugallanadi.  1000  ta  yangi  tug‘ilgan 
chaqaloqlardan kamida 5  tasi  irsiy  patologiya  sababli  bir  yoshga  yetmasdan nobud 
bo‘ladi. 
Irsiy 
kasalliklar 
reproduktiv 
funksiya 
kamayishiga, 
ijtimoiy 
dezadaptatsiyaga (nogironlik), tibbiy  yordamga o‘ta  muhtojlikka, o‘rtacha umrning 
kamayishiga sabab bo‘ladi. 
4.2. Irsiy kasalliklar semiotikasi 
Semiotika  (yunoncha  semeiotikon  -  belgi)  kasalliklar  va  patologik  holatlar 
belgilarni  (simptomlarini)  o‘rganadigan  ta`limot.  Irsiy  kasalliklar  semiotikasini 
bilish har qanday mutaxassislikdagi shifokor amaliyoti uchun katta ahamiyatga ega.  
Semiotika bo‘limi quyidagilardan tashkil topadi: 
1.
 
Irsiy patologiyaning klinik ko‘rinishdagi o‘ziga xosliklar. 
2.
 
Klinik tashxisning umumiy prinsiplari. 
3.
 
Bemorlar  va  ularning  qarindoshlarni  ko‘rikdan  o‘tkazish  va  fizikal 
tekshirishlarning o‘ziga xosliklari. 
4.
 
Irsiy kasalliklarga tashxis qo‘yishda antropometrik ko‘rsatkichlar. 
5.
 
Irsiy  kasalliklarga  tashxis  qo‘yishga  sindromologik  nuqtai  nazarda 
yondashish 
6.
 
Paraklinik tekshirishlar. 
Irsiy patologiyaning klinik ko’rinishida o’ziga xosliklar 
Irsiy  patologiya  o‘ta  xilma-xil  bo‘lishiga  qaramasdan  spetsifik  o‘ziga 
xosliklarga  ega,  tashxis  qo‘yishda  o‘sha  o‘ziga  xosliklarni  doimo  yodda  tutish   
lozim.  
Birinchi  o’ziga xoslik – kasallikning oilaviy xarakterga ega bo’lishidir. Agar 
shifokor  kasallikning  bitta  oila  a`zolarida  uchrashini  aniqlasa,  unda  kasallikning 
irsiyligi  haqida  shubha  tug‘ilishi  lozim.  Bunday  holatlarda  kasallikning  qiyosiy 
tashxisini o‘tkazish lozim. Lekin kasallik oilaning bitta a`zosidagina uchrashi uning 
irsiymasligiga asos bo‘laolmaydi (u nyeomutatsiya natijasi bo‘lishi mumkin). 


 
77 
Ikkinchi  o’ziga  xoslik  –  kasallikning  surunkali,  progrediyentli,  ryetsidivli 
kechishi.  
Irsiy  kasalliklarning  surunkali  kechishi  mutant  genning  uzluksiz  ta`siriga 
bog‘liq. Masalan: mukovistsidozning o‘pka shakli bolalarda surunkali pnevmoniya 
bronxoektaziya  bilan  kechadi,  seliakiya  kasalligida,  mukovistsidozning  ichak 
shaklida,  disaxaridaza  yetishmasligida,  ovqat  hazm  bo‘lishining  surunkali 
buzilishlari, Dyushenn miodistrofiyasida bolalarda vaqt o‘tishi davomida mushaklar 
atrofiyasi natijasida harakat faolligi susayib borishi kuzatiladi.               
Uchinchi o’ziga xoslik – kasallikning o’ziga xos belgilari mavjudligi. Kasalda 
kam  uchraydigan  o‘ziga  xos  belgilari  mavjudligi,  kasallikning  irsiy  yoki  tug‘ma 
ekanligi to‘g‘risida fikr tug‘diradi. Masalan, ko‘z gavhari ektopiyasi Marfan, Veyl-
Marchenzani  va  gomosistinuriya  sindromiga  xosdir.  Alkoptonuriyada  siydik 
qorayadi, fenilketonuriyada siydikdan sichqon hidi seziladi. 
To’rtinchi  o’ziga  xoslik  –  ko’p  a`zolar  va  tizimlarning  patologik 
o’zgarishlari.    Mutant  genlarning  ko‘pchiligi  pleyotropik  xususiyatlariga  ega 
bo‘lganligi uchun patologik jarayon ko‘p a`zolar, tizimlarda kuzatiladi. Pleyotropiya 
– bitta genning ko‘p belgilarni yuzaga chiqarishidir.  
Birlamchi  pleyotropiya  mutant  gen  mahsuloti  bo‘lgan  oqsil  yoki  ferment 
ta`siriga  bog‘liq.  Elers-Danlo,  Marfan  sindromlarida  birikturuvchi  to‘qima 
patologiyasi  natijasida  qon  tomirlari  dyevori  buzilishlari  (ayniqsa  aortada)  mitral 
klapan  prolapsi,  ko‘z  gavhari  anomaliyalari,  skelet  deformatsiyalari  kuzatiladi. 
Fenilketonuriyada tirozin sintezlanmasligi natijasida myelanin kam hosil bo‘ladi va 
teri,  soch,  to‘r  parda  gipopigmentatsiyasi  kuzatiladi.  Metabolizm  buzilishi  asab 
tizimi  rivojlanishi  va  funksiyasi  buzilishlariga  olib  keladi  va  ta`sirlanuvchanlik 
kuchayishi,  tremor,  tutqanoq,  aqliy  zaiflik  kuzatiladi.  Bularning  hammasi 
fenilalaningidroksilaza yetishmovchiligi natijasida kelib chiqadi. 
Ikkilamchi  pleyotropiya  birlamchi  patologik  jarayonlarning  asorati  sifatida 
namoyon  bo‘ladi.  Masalan  mukovistsidozda  membranadagi  transport  oqsil  sintezi 
buzilishi  natijasida  hujayrada  ionlar  transporti  buziladi,  bu  esa  o‘z  navbatida 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə