Моҳир педагог ва ажойиб инсон Нишонбоева Мастуранинг ёрқин ҳотирасига бағишланади



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/82
tarix30.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#40830
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82

 
271 
Gemizigota — bir nechta allellning faqat bir nusxasiga ega organizm (X
h
Y — gemofiliyaga 
nisbatan  gemizigot  erkak).  Odatda  ular  geterogametali  jinsning  jinsiy xromosomalariga 
joylashgan  genlarga  nisbatan  uchraydi.  Odamlarda  ular  erkaklar  bo‘ladi.  Shuning  uchun 
ham erkaklarning fenotipida retsessiv belgi yuzaga chiqadi. Natijada geterosoma genlari 
tomonidan  yuzaga  chiqadigan  retsessiv  kasalliklar  ayollarga  nisbatan  erkaklarda 
ko‘proq chastotada uchraydi. 
Genlar dozasi kompensatsiyasi - X xromosomaga joylashgan genlar guruhining 
faolligini ifoda qilish shakllaridan biri. Odamda ayol jinsi gomogametali bo‘lib 2 ta X 
xromosomasi mavjud. Ulardan biri embriogenezning 16-sutkasida nofaollanadi. Shu tufayli 
erkaklarda va ayollarda genlar dozasi tenglashadi. (Layon gipotezasi). Ikkala X 
xromosomada genlar faol bo‘lganida erkaklar va ayollar hamda ko‘plab muhim belgilar 
orasida juda katta farqlar kuzatilishi mumkin bo‘lar edi. 
Geteroxromiya  (kamalak  pardada)  –  kamalak  parda  har  xil  qismlarning  notekis 
ranglanishi. 
Gipertrixoz – tanada tuklarni qalin o‘sishi. 
Giperkeratoz – epidermis muguz qavvatining o‘ta qalinlashishi. 
Gipertelorizm – ko‘z ichki burchaklari orasidagi masofaning uzoqlashishi. 
Gipotelorizm – ko‘z  ichki burchaklari orasidagi masofaning yaqinlashishi. 
Gipoplaziya (tug’ma) – a`zoning sust rivojlanishi. 
Gipospadiya – siydik to‘kuvchi nay pastki yorig‘i, tashqi teshik siljishi. 
Girsutizm – qizlarda tuklarning erkaklarga o‘xshab qalin bo‘lishi. 
Ginandromorf -har xil jinsning xromosomalarini  saqlovchi  hujayralarni  o‘zida  saqlovchi 
organizm.  Bu  —  mozaitsizmning  bir  ko‘rinishidir.  Ginandromorfizmning  shakllanish 
mexanizmi:  zigotaning  maydalanishida  geterogametali  jinsning  jinsiy  xromosomalaridan 
birining yo‘qotilishi, har xil xromosomalar to‘plamiga ega 2 sinkariondan zigotaning hosil 
bo‘lib, undan bitta organizm rivojlanishi. Ginandromorfizm oldingi — orqa (oldingi qism 
bir jinsning xromosomalar to‘plamiga,  orqa qism esa ikkinchi jinsning to‘plamiga ega), 
lateral  va  mozaik  (tananing  ayrim  qismlari  qolgan  hamma  qismiga  nisbatan  boshqacha 
to‘plamga ega) bo‘lishi mumkin. 


 
272 
Gibridologik tahlil - duragaylanish natijasida belgilarning bir qancha avlodlarda irsiylanish 
qonuniyatlarini o‘rganish. 
Golandrik irsiylanish - Y xromosomaga joylashgan gen belgilarining otadan o‘g‘illarga 
berilishi. Masalan, quloq suprasining gipertrixozi xuddi shunday irsiylanadi. 
Gomologik xromosomalar - kattaligi, shakli, genlari bir xil bo‘lgan juft xromosomalar. 
Gomozigota  —  bitta  genning  bir  xil  allellariga  ega  bo‘lgan  organizm  (aa  yoki  AA). 
Bunday  organizmlar  bir  xil  gametalarni  (a  yoki  A)  hosil  qiladi  va  avlodda  belgilar 
ajralishi kuzatilmaydi. 
D vitaminiga bog’liq raxit - gipokalsiemiya va gipofosfatemiya hamda raxitning fenotipik 
belgilari bilan xarakterlanuvchi irsiy kasallik. 
Deletsiya  —  xromosoma  aberratsiyalaridan  bir  turi,  xromosoma  qismlaridan  birining 
uzilib, yo‘qolishi. Xromosomaning oxirgi qismi yo‘qotilsa — defishensi deyiladi. Agar 
defishensi  xromosomaning  ikkala  qismida  kuzatilsa,  bu  qismlar  bir-biriga  yopishib, 
xalqasimon xromosomani hosil qilishi mumkin. Uzilib tushgan qismlar ko‘pincha keyingi 
bo‘linishlarda  yo‘qotiladi.  Ammo  uzilgan  qism  boshqa  nogomologik  xromosomaga 
birikib genlar  yo‘qotilmasdan,  boshqa  bog‘lanish guruhlari  tarkibiga  birikishi  mumkin. 
Bunday xromosoma aberratsiyalari translokatsiya deyiladi. 
Diskordantlik — egizaklarda tor reaksiya normasiga ega belgilardagi farqlar. Egazaklar 
zigotaligini aniqlashda foydalaniladi va % bilan ifodalanadi. 
Distixiaz – kipriklarning ikki qator joylashishi. 
Dominantlik — geterozigota holatidagi allellar juftidan birining ikkinchisi ustidan ustin 
kelishi. Dominantlikning bir necha shakli mavjud. 
1. To‘liq dominantlik — bunda geterozigotada faqat dominant allelning fenotipi yuzaga 
chiqadi (qizil rang).  
2. To‘liqmas (oraliq dominant) — bunda A (qizil) a — (oq) ning ta`sirini to‘liq to‘sa 
olmaydi, hosil bo‘lgan belgi oraliq xarakterga ega (Aa— pushti rang) bo‘ladi.  
3. O‘ta dominantlik — bunda dominant allel geterozigota (Aa) holatida gomozigota 
(AA) holatidagiga nisbatan kuchliroq namoyon bo‘ladi. 
Dolixotsefaliya  –  boshning  uzunasiga  o‘lchamining  ko‘ndalang  o‘lchamidan  ortiq 
bo‘lishi   


 
273 
DNK polimeraza — replikatsiyani katalizlovchi ferment. 
Duplikatsiya — xromosoma aberratsiyalarining bir xil bo‘lib, uning qismlaridan birining 
ikki hissa ortishi. Duplikatsiya krossingoverning me`yorida kechishiga xalaqit beradi. O‘z 
navbatida duplikatsiya notekis krossingover natijasida kelib chiqishi mumkin. 
Yevgenika — odamning genetik maqomi va uni yaxshilash haqidagi ta`limot bo‘lib, uning 
asoschisi  F.Galton  hisoblanadi.  Salbiy  yevgenika  "irqiy  gigiena",  irsiy  kasallarni 
sterilizatsiyalash kabi tushunchalar bilan salbiy ahamiyatlarga ega bo‘lgan yo‘nalishdir. 
Jins — organizmning jinsiy ko‘payishda ishtirok etishga va irsiy axborotni gametalar 
orqali avlodlarga o‘tkazishga imkon beruvchi xususiyatlar yig‘indisi. 
Jinsiy  xromatin  —  giperpiknozlashgan  va  nofaol  holatdagi  X  xromosoma  yadro 
membranasiga  yopishgan  to‘q  bo‘yaluvchi  tanacha,  xromatin  tanachasi  soni  X-
xromosomalar  sonidan  bitta  kam  bo‘ladi.  Jinsiy  xromatinni  aniqlash  orqali  X 
xromosomalar  soni  o‘zgarishiga  bog‘liq  irsiy  kasalliklarni,  shaxsning  genotipik  jinsini 
aniqlash mumkin. 
Jinsiy  xromosomalar  -  (geterosomalar)  -urg‘ochi  va  erkak  jinslarda  farqlanuvchi 
xromosomalar.  Ularga  joylashgan  genlar  jinsiy  belgilarga  ham,  somatik  belgilarga  ham 
(daltonizm, gemofiliya) ta`sir qiladi. 
Jinsga tobe belgilar - genlari har qanday xromosomalarda joylashishi mumkin bo‘lgan, lekin 
yuzaga  chiqishi  jinsga  bog‘liq  bo‘lgan  belgilar.  Masalan,  kallik  geni  geterozigota  holatida 
ayollarda yuzaga chiqmaydi, erkaklarda esa geterozigotalarda kallik yuzaga chiqadi. 
Joylashish  samarasi  —  gen  ta`sirining  uning  atrofidagi  allellarga  bog‘liqligi.  Shuning 
uchun  ham  xromosoma  aberratsiyalarida  joyi  o‘zgargan  genning  faolligi  o‘zgarishi 
mumkin. 
Idiogramma  —  diploid  to‘plamdagi  xromosoma  to‘plamining  xromosomalar  o‘lchami 
va qismlarini solishtirish asosida tuzilgan umumiylashtirilgan sxematik ifoda. 
Izolyatsiya  —  panmiksiyaga  xalaqit  beruvchi  to‘siqlarning  paydo  bo‘lib  populyatsiyada 
kichik guruhlarni alohidalanishiga olib keladigan jarayon. 
Izolyat  —  shaxslar  soni  1500  gacha  bo‘lgan  odamlar  populyatsiyasi.  Insoniyatning 
yaqin  o‘tmishida  geografik  izolyatlar  keng  tarqalgan  edi.  Hozirgi  davrda  izolyatlar 
mavjudligining asosiy sabablariga, diniy, etnik va boshqa ijtimoiy to‘siqlar kiradi. Bu 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə