Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti



Yüklə 134,68 Kb.
səhifə2/9
tarix31.01.2023
ölçüsü134,68 Kb.
#99793
1   2   3   4   5   6   7   8   9
kasrlar

Matematik madaniyat — umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanadi. Barchamizga ma’lumki, matematika fani insonning aqlini o‘stiradi, uning diqqatini rivojlantiradi, ko‘zlangan (rivojlantirilgan) maqsadga erishish uchun o‘zida qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, o‘zidagi algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlaydi va eng muhimi uning tafakkuri kengayadi.
Matematikaolamni, dunyoni bilishning asosi bo‘lib, tevarak-atrofimizdagi voqea va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berishda ahamiyati juda katta.
Matematikada borliq, asosan, matematik modellar yordamida ideallashgan holda in’ikos qilinadi. Ideallashtirish jarayonida mavjud ob’yektlar haqidagi empirik bilimga tayangan holda, haqiqatda mavjud bo‘lmagan va ba’zan mavjud bo‘lishi mumkin ham bo‘lmagan, lekin real mavjud predmetlarga ma’lum bir munosabatda o‘xshash ob’yektlar haqidagi tushunchalar hosil qilinadi.
Tadqiq qilinayotgan jarayon va hodisalardagi qonuniyatlar matematik belgilar yordamida ixcham ko‘rinishda ifoda etilib ularning matematik modeli quriladi va o‘rganiladi. Matematik modellashtirish tashqi dunyoni bilish hamda bashorat qilish va boshqarish uchun samarali usul hisoblanadi.
Matematika fanining yana bir o`ziga xos jihati shundan iboratki, har qaysi fan albatta unga murojaat qiladi. Tarix, dinshunoslik, huquqshunoslik kabi gumanitar fanlar ayniqsa matematika faniga ko`proq aloqada bo`lishadi. Masalan, qamoq jazosini ozodlikdan maxrum qilish jarayonida, aholiga pensiya tayinlash chog`ida matematik amallarni mukammal darajada bo`lishni talab etadi.
Hozirgi kunda matematika shartli ravishda elementar va oliy matematika kabi qismlarga ajraladi. Uning strukturasi quyidagicha:
Elementar matematika: arifmetika,elementar algebra, elementar geometriya (planimetriya va stereometriya), elementar funksiyalar nazariyasi va analiz elementlari.
Oliy matematika: matematik tahlil, algebra, analitik geometriya, chiziqli algebra va geometriya, diskret matematika, matematikmantiq, differensial tenglamalar, differensial geometriya, topologiya, funksional analiz va integral tenglamalar, funksiyalar nazariyasi, ehtimolliklar nazariyasi, matematik statistika, variatsion hisob va optimallashtirish usullari, sonli usullar, sonlar nazariyasi.
Matematika eng qadimiy fan sohasi bo‘lib, uzoq rivojlanish tarixini bosib o‘tgan va buning barobarida «Matematika nima?» degan savolga javob ham o‘zgarib, chuqurlashib borgan.

Yüklə 134,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə