Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti



Yüklə 134,68 Kb.
səhifə3/9
tarix31.01.2023
ölçüsü134,68 Kb.
#99793
1   2   3   4   5   6   7   8   9
kasrlar

Elementar matematika davrida dastlabki ob’yekti sanoq bo‘lgani uchun ko‘pincha unga «hisob-kitob haqidagi fan» deb qaralgan (ammo bugungi matematikada hisoblashlar, hatto formulalar ustidagi amallar juda kichik o‘rin egallaydi).
Zamonaviy matematika (ba’zan “oliy matematika” deyishadi) davrining boshlang‘ich nuqtasi deb 17-asr – matematik tahlilning paydo bo‘lish asri qabul qilingan.
Bu paytda analitik geometriya va algebra simvolikasi vujudga keldi. 17 –asr ohiriga kelib I.Nyuton, G.Leybnits va ularning o‘tmishdoshlari tomonidan yangi matematik apparat - differensial va integral hisob yaratildi. Bu apparat matematik tahlilning asosini va, ta’bir joiz bo‘lsa, hatto umuman hozirgi zamon tabiatshunosligining matematik asosini tashkil etadi.Bu davrda matematika «Miqdoriy munosabatlar va fazoviy shakllar haqidagi fan» mazmunida ta’riflangan. 
Tafakkur – voqelikni bilishdan iborat bo‘lgan aqliy faoliyatning yuksak shakli. Matematikada tafakkur yuritish mantiqiyqonunlar asosida amalga oshiriladi.
Matematik tafakkur deganda o‘zaro bog‘langan mantiqiy amallar majmuasi tushuniladi; matematik tilning belgi sistemalari bilan ishlash; fazoviy tasavvurni qabul qilish; shuningdek «xususiy xollarda aniqlangan, qonuniyatlarni umumlashtirish; induktiv isbotlar; analogiya bo‘yicha isbotlar; muayyan xollarda matematik tushunchalarni topish yoki ular asosida shunday xollarni ko‘rish»
Shuni aytish lozimki, matematik taffakur faqat mantiqiy amallarga tayanmaydi. Masalani to‘g‘ri qo‘yilishi hamda uning yechimini tanlab olishni baholash uchun matematik intuitsiya muhim rol o‘ynaydi.
Kurs ishining maqsadi:
Munosib kasrlar va ularning xossalarini chuqur o’rganish
Kurs ishining vazifalari:
Kasrlar haqida tushunchalarga ega bo`lish;
Munosib kasrlar va ularning turlarini o`rganish;
Munosib kasrlar va ularning xossalari bilan chuqurroq tanishish;
Kurs ishining obyekti:
Algebra va sonlar nazariyasi fani;

Yüklə 134,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə