O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor



Yüklə 10,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/124
tarix23.09.2018
ölçüsü10,01 Mb.
#70228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124

haqiqiy  pullar  (kumush,  oltin)  boshqa  barcha  tovarlar  qiymatining 
o ‘lchovi  bo'lishi  m umkin.  B unda tovarlar qiymatining pullar vositasida 
o'lchanishi  ideal tarzda yuz beradi, y a ’ni tovar egasida naqd  pullarning 
b o ‘lishi  shart  emas.
S h unday  qilib,  pullar  qiymat  o ‘lchovidan  iborat  b o ‘ladi.  Jamiyat 
pul  birligidan  turli  xil  n e ’m atlar  va  resurslarning  nisbiy  qiymatlarini 
solishtirish u c h u n  masshtab sifatida  foydalanishni  qulay deb  hisoblaydi. 
Masofani  m etrlar va  kilometrlarda yoki  vaznni gram m lar va kilogram- 
m larda  oMchaganiga  o'xshatib  n e ’m atlar  va  xizm atlarning  qiymati 
ham  pul  ifodasida  solishtiriladi.  Bu  shubhasiz  afzalliklarga  ega.  Pul 
tizimi  tufayli  h ar  bir  m ahsulotning  narxini  uni  almashtirish  mumkin 
b o ‘ladigan  boshq a  h a m m a   m ah su lo tlar  orqali  ifodalashga  zarurat 
qolmaydi.  Pullarning  u m u m iy   ekvivalent  sifatida  foydalanilishi  shuni 
anglatadiki,  har  qanday  tovarning  narxini  faqat  pul  birligi  orqali  ifo- 
dalash  yetarli  b o ‘ladi.  Pullarning shu  tarzda  ishlatilishi  bitim   qatnash- 
chilariga  har  xil  tovarlar  va  resurslarning  nisbiy  qim m atini  osonlik 
bilan  solishtirish  imkonini  beradi.
Hozirgi  d u n y o d a   turli  n e ’m atlarning  q im m ati  bir  xildagi  pul 
birliklarida  —  bir-biriga  yengillik  bilan  o'tkaziladigan  (konvertatsiya 
qilinadigan)  dollarlar va shu  kabilarda  ifodalanadi.  Tovarning pullarda 
ifodalangan  qiymati  narx  deyiladi.
N arx  tovarlarni  ishlab  chiqarish  va  sotish  uchun  zaru r  ijtimoiy 
m ehnat  xarajatlari  bilan  belgilanadi.  Tovarlarning  narxi  va  ularning 
harakati  negizida  qiym at  qonuni  yotadi.  Tovarning  narxi  bozorda 
shakllanadi  va  tovarlarga  talab  h a m d a   taklifning  teng  boMganida 
bunday narx tovarning qiymati va pullarning qiymatiga bog‘liq b o ‘ladi. 
Bozordagi  talab  va  taklif  bir-biriga  muvofiq  kelm aganida  tovarning 
narxi  m u q arrar  ravishda  uning  qiymatidan  chetga  tebranib  o ‘zgaradi. 
N arxlarning  tovarni  ishlab  chiqam vchm ing  qiymatidan  yuqoriga  va 
pastga  o ‘zgarishlari  qanday  tovarlarning  ortiqcha  ishlab  chiqarilgani, 
qaysilarining  kam  ishlab  chiqarilganidan  dalolat  beradi.
Qiymatiga  ko‘ra turlicha bo'lgan tovarlarning narxlarini  solishtirish 
uch u n   ularni  bir  m asshtabga  keltirish,  y a’ni  ularni  bir  xildagi  pul 
birliklarida ifodalash zarur.  M etall  pullar muomalasida narxlar massh- 
iabi  deb  ushbu  m am lakatda  pul  birligi  qilib  qabul  etilgan  va  boshqa 
barcha  tovarlarning  narxlarini  o ‘lchash  uchun  xizmat  qiladigan  pullik 
m etallning  vazni  m iqdoriga  aytiladi.
O ltinning  m u o m alad a  b o ‘lgan  sharoitida  narxlarning  masshtabi 
oltinning  m uayyan  m iqdoriga  tenglashtirilgan  pul  birligining  belgila-


nishini  nazarda tutardi.  XX asrda pullarning xaridchilik qobiliyatining 
pasayishi  kuzatildiki,  bu  pul  birligidagi  oltinning  kamayganligida  o ‘z 
ifodasini topdi.  Masalan,  1900-yilda AQSH  dollari  1,50463  g ram m ga, 
1934-yilda  —  0,888671  grammga,  1973-  yilda  —  0,736 g ram m g a  teng 
b o i d i .  Rossiyada  moliya  vaziri  S.Yu.  Vittening  (1895— 1897-yillar) 
islohoti  b o ‘yicha  rublning  tarkibidagi  oltin  0,774234  g ra m m   qilib 
belgilandi.  1950  yilda  bunday  tarkib  0,222169  g ram m n i,  1961 -yilda 
esa  (narxlar  masshtabi  o ‘zgarishi  bilan)  —  0,987412  gram m   b o i d i .
1976—1978-yillarda joriy qilingan Yamayka valuta tizimi  oltinning 
rasm iy  narxini  va  X alqaro  valu ta  fondiga  (X V F ga)  a ’zo   b o i g a n  
mam lakatlar pul birliklarining oltin tarkibini bekor qildi.  Hozirgi vaqtda 
bu  mamlakatlardagi  narxlarning  rasmiy  masshtabi  tovarlar  qiymatini 
narx vositasida solishtirish  y o i i   bilan  bozorda  ayirboshlash ja ra y o n id a  
stixiyali  tarzda  shakllantiriladi.  Rossiyada  ham   1992-yildan  boshlab 
rubl  bilan  oltinning  rasmiy  o ‘zaro  nisbati  nazarda  tutilm agan.
Pullarning muomala vositasi sifatidagi funksiyasi. 
Pullardan tovarlar 
va  xizmatlarni  xarid  qilish  va  sotishda  foydalanish  m u m kin.  Pullar 
m u o m a la   (yoki  ayirboshlash)  vositasi  sifatida jam iyatni  barterli  (m a- 
vozali)  ayirboshlashning  noqulayliklaridan xalos  qiladi.  Pullar h a m m a  
joyda  va  osonlik  bilan  t o i o v   vositasi  sifatida  qabul  qilinadi.  U shb u 
ijtimoiy ixtiro  resurslarning egalariga va  ishlab chiqaruvchilarga alohida 
«tovar»  (pullar)  bilan  haq  to ia s h g a   imkon  beradiki,  bu n d a y   alohida 
tovar  keyinchalik  bozorda  mavjud  b o i g a n   har  q a n d a y   tovarni  sotib 
olish  u c h u n   ishlatilishi  mumkin.  Pullar tovarlar bilan  ayirboshlashning 
qulay usuli b o iis h  bilan jamiyatga  mintaqaviy ixtisoslashuv va od am lar 
o ‘rtasidagi  m ehnat taqsimotining  m ahsullaridan  foydalanish  imkonini 
beradi.  Tovarlar  m uomalaga  kirishishigacha  pullarda  ideal  bah ola- 
nadigan  birinchi  funksiyadan  farqli  ravishda  pullar  to varlar  m u o m a - 
lasida  real  ishtirok  etishi  kerak.  Pullarning  m u o m a la d a   real  ishtirok 
etishi va ularning ayirboshlashdagi  ishtirokining o ‘tkinchiligi  m uo m ala 
vositasi  sifatidagi  pullarning  o ‘ziga  xos  xususiyati  hisoblanadi.  Shu 
sababli  to ia q o n li  b o im a g a n   pullar  —  qog‘oz  va  kredit  pullar  ham  
m uom ala vositasi funksiyasini bajarishi  mumkin.  Hozirgi v a q td a  kredit 
pullar  deb  ataladigan  pullar:  veksellar,  banknotalar,  cheklar,  banklar- 
ning  kredit  kartochkalari  pul  m uom alasida  h uk m ro n   vaziyatni  egallab 
turibdi.
Pullarnin g  t o i o v   vositasi  sifatid agi  fu n ksiyasi. 
P u lla rn in g   bu 
funksiyasi  kapitalistik  xo‘jalikda  kredit  m unosabatlarining  rivojlanishi 
tufayli  vujudga  keldi.  Pullar  tovarlarning  kreditga  sotilishida  t o i o v


Yüklə 10,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə