Образование наука и инновационные идеи в мире


ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix21.10.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#129631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
82-91

 
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
 

 

http://www.newjournal.org/

Выпуск журнала № – 11
Часть–3_ Декабрь–2022
 
86 
2181-3187 
Demak, shaxsga yo’naltirilgan ta’lim mazmunida quyidagi jihatlar o’z aksini 
topishi lozim: 
Bugungi kunda jahon pedagogik amaliyotidagi ta‘limning an‘anaviy “tarbiyachi 
- ta‘lim vositalari va tarbiyalanuvchi” tizimi o’rnida tarbiyalanuvchini bilish 
faoliyatiga yo’naltiruvchi “tarbiyalanuvchi - mashg’ulot - tarbiyachi” ko’rinishidagi 
yangi tizim tarkib topmoqda. 
Ta‘limning an‘anaviy tizimida tarbiyachi markaziy o’rin egallagan bo’lsa, 
zamonaviy ta‘lim tizimida esa tarbiyalanuvchi asosiy sub‘ekt sifatida e‘tirof etiladi. 
Ya‘ni pedagogik faoliyat markazida an‘anaviy ta‘limda bo’lgani kabi o’qitish emas, 
balki ta‘lim oluvchining bilish faoliyati, uning intellektual qobiliyatini rivojlantirish 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Shaxsning intellektual salohiyatini shakllantirish fan asoslarini o’rganish va 
o’zlashtirish bilan birga aqliy faoliyatning maqsadga muvofiq usullariga ega bo’lishni 
ham nazarda tutadi. Aqliy faoliyat nafaqat bilim asoslarini egallash, balki 
o’zlashtirilgan bilimlarni qiyoslash, tahlil qilish, sintezlash, abstraktlash, 
umumlashtirish va ularni turli vaziyatlarda amalda qo’llay olish tajribasiga ega 
bo’lishni ham anglatadi. Shu tarzda faoliyatning samarali usuli umumlashtiriladi 
hamda turli ko’rinishdagi faoliyatni xilma-xil usullar yordamida bajara olishning 
umumiy metodi shakllantiriladi. 
Shaxsni shakllantirishda uning mustaqil fikrlay olish qobiliyatiga ega bo’lishi 
muhim ahamiyatga ega. Shu bois ta‘lim tizimida ta’lim oluvchilarni fikrlashga, 
o’zlashtirilgan 
bilimlarni 
mushohada 
qilishga 
o’rgatish 
zarurdir. 
“Fikr tarbiyasi, - deya ta‘kidlagan edi ulkan ma‘rifatparvar Abdulla Avloniy, - ko’p 
zamonlardan beri tadqiq qilinib kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan, 
vijdonlariga yuklangan muqaddas bir sharofatlik, g’ayratlik bo’lishiga sabab bo’ladir”. 
Fikrlash 
qobiliyatiga 
egalik, 
birinchidan, 
ma‘lumotlarni, 
axborotlarni 
o’zlashtirish, ularni o’zaro qiyoslash va umumlashtirishni, ikkinchidan, o’zlashtirilgan 
bilimlarni turli vaziyatlarda faoliyatni tashkil etishda qo’llay olish tajribasini nazarda 
tutadi. Bunday ko’nikmani shakllantirish uchun bolalarni turli masalalarni mustaqil 
yechishga o’rgatish, ularni harakatlar tizimi, tarkibiga ko’ra dastlab oddiy, keyin esa 
murakkab mashqlarni yechishga o’rgatish muhim. Bunda topshiriqlarni bajarishni 
rejalashtirish (tahlil qilish, usullarni tanlash va bajarish tartibini belgilash), jarayoniga 
alohida e‘tibor qaratish, tanqidiy fikrlashga o’rgatish maqsadga muvofiq. Tanqidiy 
fikrlash g’oya va axborotlar bilan faoliyatni o’zaro uyg’unlashtirishning tabiiy usuli 
bo’lib, bu jarayonda, shuningdek, ish natijalarini baholash, ya‘ni o’z-o’zini nazorat 
qilish 
muhimdir. 
Respublika va rivojlangan xorijiy davlatlar ta‘lim tajribalari shuni ko’rsatadiki, 
tanqidiy fikrlash turli g’oya va fikrlarni muhokama qilish, bolalarning shaxsiy 
fikrlariga hurmat bildirish, ularga fikrlash uchun sharoit yaratish va ularning 



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə