Образование наука и инновационные идеи в мире


ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix21.10.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#129631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
82-91

 
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
 

 

http://www.newjournal.org/

Выпуск журнала № – 11
Часть–3_ Декабрь–2022
 
84 
2181-3187 
Mazkur jarayon o’z mohiyatiga ko’ra bevosita shaxsning ijtimoiylashuviga ta‘sir 
ko’rsatadi. Shaxsning ijtimoiylashuvida esa ta‘lim tizimi, unda ustuvor bo’lgan maqsad 
hamda ana shu maqsadni amalga oshirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayonning 
sezilarli ta‘siri va rolini inobatga olgan holda ta‘limni shaxsga yo’naltirish talab etiladi. 
Bu esa o’z navbatida shaxsni shakllantirish jarayoniga texnologik yondashuvni talab 
qiladi. 
Yuqorida ilgari surilgan g’oyalarga tayangan holda shaxsga yo’naltirilgan ta’lim 
mazmunida quyidagi holatlar o’z aksini topishi lozim degan xulosaga kelindi: 
1. Kadrlar tayyorlash borasidagi davlat siyosati uzluksiz ta‘lim tizimi, intellektual 
va ma‘naviy-axloqiy tarbiyasi bilan bog’liq har tomonlama rivojlangan shaxsning 
kamol topishini nazarda tutadi. Bunda har bir yoshning ilm olish, ijodiy qobiliyatini 
namoyon etish, intellektual rivojlanish, kasbiy, mehnat huquqlari ro’yobga chiqadi. 
Respublika uzluksiz ta‘lim tizimida har bir shaxsning har tomonlama shakllanishi 
uchun zarur pedagogik shart-sharoitlarni yaratish taqozo etiladi. Bu o’rinda milliy-
madaniy, tarixiy an‘analar, urf-odatlar, qadriyatlarga asoslangan ta‘lim tizimining 
tashkiliy-pedagogik tamoyillarining ishlab chiqilishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
2. Islohotlar jarayonida ta‘limni demokratlashtirish va insonparvarlashtirish erkin 
fuqaroni, o’z haq-huquqini taniydigan shaxsni shakllantirish uchun zarur shart-
sharoitni yaratadi. Shaxs qobiliyati va iste‘dodini rivojlantirish, uni milliy va 
umuminsoniy ma‘naviy boyliklardan bahramand etish, shaxsga ta‘lim-tarbiya berishda 
tarixiy an‘analarga asoslanish, shaxs va jamiyat o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarda 
o’zaro uyg’unlikni ta‘minlash, shuningdek, ta‘lim jarayonida shaxsning haq-
huquqlarini inobatga olish, uning qadr-qimmati, sha‘nini hurmat qilish – ta‘limda 
insonparvarlik g’oyalarining ustuvorligi (ta‘limning insonparvarlashuvi)ni ifodalaydi. 
Mazkur jarayonda shaxsning ongli ravishda o’z qobiliyati va imkoniyatlarini hisobga 
ola bilish, intellektual va axloqiy imkoniyatlarini to’laqonli ro’yobga chiqarishga 
intilishi 
muhimdir. 
Ta‘limni demokratlashtirish – ta‘lim jarayonida shaxsning qiziqish va hayotiy 
ehtiyojlarini inobatga olish, ta‘lim tizimida shaxs istaklarini inobatga olish, unga 
moslashish bo’lib, yangilanayotgan jamiyatda fuqarolik haq-huquqini anglaydigan, 
mustaqil fikrlaydigan, ijtimoiy faol shaxsni shakllantirishga yo’naltirilgan ma‘naviy-
ma‘rifiy tadbirlarni tashkil etishni taqozo etadi. 
3. Ta‘limning ijtimoiylashuvi esa uzoq va murakkab jarayon sanaladi. Jamiyatda 
har bir fuqaro shu jamiyatning ma‘lum ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar tizimiga, me‘yor 
va qoidalariga rioya qilishga, shu jamiyatda yashash uchun uning teng huquqli a‘zosi 
bo’lishga intiladi. Jamiyat tuzilishi va faoliyat yo’nalishi turlicha bo’lgan ijtimoiy 
institutlarga ega. Ijtimoiy institutlar – shaxsning tarixan tarkib topgan va tartibga 
solingan, shuningdek, murakkab shakl, tarkibiy tuzilmaga ega faoliyati va ijtimoiy 
munosabatlarni o’rganadi. Ana shu institutlardan biri ta‘lim tizimidir. Ta‘lim 



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə