Образование наука и инновационные идеи в мире


ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix21.10.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#129631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
82-91

 
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
 

 

http://www.newjournal.org/

Выпуск журнала № – 11
Часть–3_ Декабрь–2022
 
88 
2181-3187 
An‘anaviy ta‘lim bolalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda u qadar katta 
imkoniyatlarga ega emas edi. Ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishning muhim sharti – 
bolalarning bilishga yo’naltirilgan faoliyatlarining ijodiy xususiyat kasb etishiga 
erishish, mazkur jarayonni faollashtirish sanaladi. Bunda bolaga tayyor bilimlarni 
yetkazish emas, balki: 
- tarbiyachilarni bolalar bilan o’zaro hamkorlikka yo’naltirish; 
- ta‘lim jarayonida bolalarni tarbiyachilarning buyruqlarini bajartirishdan 
cheklab, ularning faoliyatlarini faollashtirishga tayyorlash. 
Demak, bilim olishdagi faollik bolalarda ijodiy qobiliyatni rivojlantirishning 
muhim shartidir. 
Bilim olishdagi faollik – shaxsning bilim olishiga bo’lgan intilishi, aqliy bilishga 
diqqatini kuchaytirishi va iroda kuchini namoyon etishga doir shaxs faoliyati holati 
bo’lib, u faoliyatning quyidagi holatlarida namoyon bo’ladi: 
- bolaning ijodiy faoliyatida bilim olish jarayonida idrok, diqqat, xotira, tafakkurni 
intensiv rivojlantirish; 
- ma‘naviy-axloqiy me‘yorlarni bilish va ularga amal qilish (yaxshilik va 
yomonlik, hamdardlik va ko’rolmaslik, jasurlik va qo’rqoqlik)ning farqiga yetish; 
- o’zining shaxsiy xususiyatlari hamda hayotiy muammolarning mohiyatini 
tushunish; 
- shaxsiy imkoniyat va layoqatlarini namoyon eta olish; 
- o’z ustida ishlash, shaxsiy kamchiliklarini tushunib, ularning oldini olish 
qobiliyatiga ega bo’lish; 
- o’z qadr-qimmatini aniqlash va o’zini hurmat qilish; 
- bilish faolligini oshirish, tasavvurlarini boyitish, bilimlarini, tajriba va 
qiziqishlarini 
kengaytirish. 
bolalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish shart-sharoitlari quyidagilardan iborat: 
- har bir mashg’ulotda bolalarning his-tuyg’ularini uyg’otish, o’z faoliyatidan 
qanoat hosil qilishga erishish; 
- bolalarning o’z salohiyati va qobiliyati darajasini bilishga erishish; 
- qobiliyatli bolalar bilan individual ishlash dasturlarini tuzish; 
- turli ijtimoiy guruhlar bilan muloqotga kirisha olish; 
- o’z axloqi, ilmiy salohiyati, madaniy darajasini o’stirish ustida mustaqil 
shug’ullana olish; 
- atrof-olamni o’rab turgan narsalar va voqea-hodisalarning o’zaro aloqadorlik 
qonuniyatlariga ijodiy yondashib, o’zgarishlarga ijodiy munosabatda bo’lish; 
- bilim olishga rag’bat, axloqiy talablarga rioya etish. 
Mustaqil 
izlanish, 
ijodiy 
topshiriqlarni 
yechish, 
olingan 
natijalarni 
umumlashtirish hissiy kechinmalar bilan bevosita bog’liq bo’lib, u tabiiy holda bola 
nutqida aks etadi. Shu sababli maktabgacha yoshdagi bolalarni shaxsga yo’naltirilgan 



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə