Образование наука и инновационные идеи в мире


ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix21.10.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#129631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
82-91

 
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
 

 

http://www.newjournal.org/

Выпуск журнала № – 11
Часть–3_ Декабрь–2022
 
89 
2181-3187 
ta’lim asosida tarbiyalashda til madaniyatini tarbiyalash talab etiladi. 
Tilni bilish uning asosiy vazifalari – aloqa, xabar, bilish, faoliyatni rejalashtirish va 
muloqotni tashkil etish, hissiy-estetik va ma‘naviy-axloqiy ta‘sir etish, tarbiyalash 
vositasi sifatida inson ehtiyojlarini qondiradi. Psixologik-pedagogik tadqiqotlarning 
natijalariga ko’ra (A.V.Petrovskiy, B.M.Nemenskiy va boshqalar) inson shaxsi 
mantiqqa nisbatan fikr va hissiyot birligiga e‘tibor qaratadi. Boshqacha qilib aytganda, 
hissiyotlar 
insonni 
insonga 
aylantiradi. 
Bu holat turli fikrlarni qiyoslash muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. Zero, 
qiyoslash, chog’ishtirish asosida shaxsning mantiqiy va kognitiv tasavvurlari til 
vositasida ifodalanadi. 
Qiyoslashning fikrlash va bilish jarayonidagi muhim ahamiyati taniqli olimlar – 
Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn 
Sinolar tomonidan alohida e‘tirof etilgan bo’lib, ularning fikrlaricha, axborot, 
ma‘lumotni tushunish fikrlashning asosi sanaladi. Borliqda kechayotgan har qanday 
voqea-hodisalarning mohiyati qiyoslash asosida anglanadi. Shu bois bolalarni ta‘lim 
jarayonida qiyoslashga o’rgatish maqsadga muvofiqdir. 
Qiyoslash (chog’ishtirish) umumiy va o’ziga xoslikni ifodalaydi. Umumiylik 
barcha o’quv fanlari doirasi (tahlil, sintez, qiyoslash va h.o.)da, o’ziga xoslik esa 
muayyan predmet bo’yicha o’quv materiallarini o’zlashtirish jarayonida aks etadi. 
Mavjud adabiyotlarning tahlili qiyoslashning quyidagi to’rt bosqichdan iborat 
ekanligini tasdiqladi: dastlabki belgilarni ajratish; umumiy va muhim belgilarni 
aniqlash; qiyoslash uchun asosiylarini ajratish; berilgan asosiy belgilar bo’yicha 
qiyoslash. 
Shaxsning intellektual qobiliyatini rivojlantirish davr talabi bo’lib, uni kamolga 
yetkazishning muhim asosi sanaladi. Yuqori darajada intellektual qobiliyatga ega 
shaxs: 
- tez o’zgaruvchan hayotiy vaziyatlarga moslashgan holda o’zini boshqara oladi; 
- hayotiy muammolarni hal etishda mavjud bilim, ko’nikma va malakalarini faol 
qo’llay oladi; 
- voqea-hodisalarga tanqidiy munosabatda bo’lib, mavjud muammolarni tahlil 
etish, vaziyatdan chiqish yo’llarini izlab topa oladi; 
- yangi g’oyalarni, ijodiy fikrlarni boshqalarga tushuntira oladi; 
- axborotlarni savodxonlik bilan o’zlashtira oladi. 
Bugungi kunda shaxsning dunyoqarashi, uning jamiyatda tutgan o’rni, shaxs va 
shaxslararo munosabatlarning qaror topishi, shaxs va davlat, shaxs va jamiyat 
munosabatlari, uning burch va mas‘uliyati, ijodiy qobiliyati va intellektual salohiyatini 
tarkib toptirish muhim sanaladi. 



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə