Образование наука и инновационные идеи в мире


ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix21.10.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#129631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
82-91

 
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
 

 

http://www.newjournal.org/

Выпуск журнала № – 11
Часть–3_ Декабрь–2022
 
87 
2181-3187 
intellektual qobiliyatlarini shakllantirishga yordam beruvchi ta‘lim sharoitlarini 
aniqlash imkoniyatini beradi. Savollar va javoblarni tashkil etish ham fikrlash 
jarayonlarini takomillashtirish va rivojlantirishning muhim vositalaridan biri sanaladi. 
Shuni ta‘kidlash muhimki, samarali (produktiv) fikrlashni reproduktiv fikrlashdan 
farqlovchi muhim belgi mustaqil ravishda yangi bilimlarni kashf qilishdir. Samarali 
fikrlashning eng oliy darajasi ijodiy fikrlash bo’lib, uning vazifasi – ijod qilish, o’ylash, 
tayyorlash, yangilik yaratish, ixtiro qilish va hokazolardan iborat. 
Yoshlar, shu jumladan, maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual 
qobiliyatini rivojlantirishda B.Blum, V.P.Bespalko, M.A.Choshanov, G.I.Shukina, 
V.V.Davidov, E.G’oziev, B.Qodirov va boshqalar tomonidan taklif etilayotgan 
modellardan foydalanish shaxsga yo’naltirilgan ta’limda ijobiy yutuqlarni qo’lga 
kiritishga imkon beradi. 
Bugungi kun talabi ham ta‘lim mazmuni va hajmini cheksiz kengaytirishga yo’l 
bermay, balki shaxsni mavjud muammolarni noan‘anaviy tarzda yechishga 
tayyorlashni taqozo etadi. Shaxs ongida o’zlashtirilgan yoki shakllashtirilgan nazariy 
tushunchalar tizimi o’quv faoliyatining asosi bo’lib qoladi. Bolaning o’quv faoliyatini 
takomillashtirish, ya‘ni uning intellektual, fikrlash qobiliyatini shakllantirish 
zamonaviy ta‘limning asosiy natijasi bo’lishi lozim. Shuni ham ta‘kidlash joizki, aqliy 
rivojlanishning asosini bilish jarayonlarini tabaqalashtirish tashkil etadi. Zero, 
tabaqalashtirish bevosita hissiy bilishdan abstrakt yechimlarga o’tishning muhim 
jarayoni hisoblanadi. 
Zamonaviy ta‘lim ta‘lim oluvchilar oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi: 
- tezkor o’zgarishlarga ko’nikish, hayotiy faoliyat, shuningdek, mavjud 
muammolarni hal qilishda o’zlashtirgan bilimlarini mohirlik bilan qo’llay olish; 
- mustaqil va tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ega bo’lish, real borliq va yuzaga 
keluvchi muammolar mohiyatini anglay olish, zamonaviy texnologiyalardan 
foydalangan holda ularni bartaraf etish yo’llarini izlab topish; 
- egallagan bilimlarni amaliyotda qo’llashning samarali usullarini topish, yangi 
g’oyalarni ilg’ab olish va ijodiy fikrlash; 
- axborot texnologiyalaridan o’z vaqtida samarali foydalana olish va ularni qo’llay 
bilish. 
Respublika ta‘lim muassasalari amaliyotida shaxsni intellektual rivojlantirish, 
tarbiyalashda ta‘limni individuallashtirish muhim ahamiyatga ega. Individuallashtirish 
o’quv faoliyatining barcha shakllarida: ommaviy, guruhli va yakka (individual) 
tartibda amalga oshirilishi mumkin. 
Bularning barchasi shaxsning kamolga yetishida katta ahamiyat kasb etadi. Lekin 
shaxsda ijodkorlikni shakllantirish hozirgi davrda yangicha munosabat, yangicha 
yondashuvni talab etmoqda. Ijodkorlikni shakllantirish – XXI asrning jamiyat 
taraqqiyotida barcha davlatlar siyosatining ma‘naviy omili bo’lib qolmoqda. 



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə