Образование наука и инновационные идеи в мире


ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix21.10.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#129631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
82-91

 
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
 

 

http://www.newjournal.org/

Выпуск журнала № – 11
Часть–3_ Декабрь–2022
 
83 
2181-3187 
3) 
ta‘limga 
insonparvarlik-shaxsiy 
(pedagogik 
munosabatlarni 
insonparvarlashtirish va demokratlashtirish, ijobiy “Men” kontseptsiyasini 
shakllantirish) hamda shaxsga yo’naltirilgan ta’lim kabilar yetakchi o’rin tutmoqda.
Bunday yondashuvlar asosida tashkil etilgan ta‘lim jarayonida ta‘lim oluvchi 
shaxs: 
- o’rganilayotgan muammo bo’yicha shaxsiy fikrlarini erkin bayon etish, ularni 
yangi muammolarni aniqlash va hal etishda qo’llay olish; 
- turli ijtimoiy guruhlarda muloqotga kirisha olish, turli soha va turli vaziyatlarda 
ziddiyatlarni mohirlik bilan hal qila bilish; 
- axloqi, intellekti, madaniy darajasini rivojlantirish yo’lida mustaqil izlanish kabi 
shaxslik xislatlariga ega bo’lishi talab qilinadi. 
Ushbu talablar O’zbekiston Respublikasining “Ta‘lim to’g’risida”gi Qonuni va 
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” g’oyalarida ham o’z ifodasini topgan bo’lib, ta‘lim 
jarayonining ularga muvofiq tashkil etilishi ijtimoiy buyurtmaning muvaffaqiyatli 
bajarilishini ifodalaydi. Jumladan, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ta‘lim 
islohotlarining asosiy maqsadi yuksak ma‘naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi 
yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan iborat ekanligi alohida 
ta‘kidlab o’tilgan. 
“Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasida ham erkin 
fuqarolik jamiyatini ma‘naviy barkamol, mustahkam e‘tiqodga ega shaxslargina 
bunyod eta olishiga urg’u berilib, yangilanayotgan jamiyatda sog’lom avlodni 
tarbiyalash, erkin fuqaro ma‘naviyatini shakllantirish, ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarni 
yuksak darajaga ko’tarish orqali barkamol insonlarni voyaga yetkazishga e‘tiborni 
qaratish alohida dolzarblik ahamiyatga ega ekanligi aytiladi . 
Pedagog olimlar Sh.Qurbonov, M.Quronov, E.Seytxalilovlar inson shaxsini 
shakllantirishda ta‘lim jarayonini takomillashtirishning asosiy shartlari uni 
insonparvarlashtirish, ijtimoiylashtirish, tabaqalashtirish, fuqarolik va sog’lom 
turmush tarzi asoslarini shakllantirishdan iborat ekanligini ko’rsatib o’tadilar: 
“Milliy model va dastur... o’z Vataniga fidokor, istiqlol va demokratiya 
g’oyalariga sadoqatli shaxsni shakllantirishga xizmat qiladi. Ijtimoiy-siyosiy hayotda 
ongli ravishda qatnashadigan, ijtimoiy jarayonlarga faol ta‘sir ko’rsatadigan, o’z 
mamlakati taqdiri uchun mas‘ul bo’lgan shaxsni tarbiyalash - Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturining bosh maqsadlaridan biridir”. 
Pedagogik nazariya g’oyalariga ko’ra shaxs kamolotida tarbiya (ta‘lim) va 
ijtimoiy muhit muhim o’rin tutadi. Jamiyatning a‘zosi sifatida u ijtimoiy ahamiyatga 
ega muayyan vazifalarni bajaradi, yosh jihatidan ulg’aygani sari u tomonidan 
bajarilayotgan ijtimoiy rollar shakli va mazmuni o’zgarib boradi, qiziqishlari va 
qobiliyati darajasida atrofdagilar bilan munosabatga kirishadi. 



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə