Образование наука и инновационные идеи в мире


ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix21.10.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#129631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
82-91

 
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
 

 

http://www.newjournal.org/

Выпуск журнала № – 11
Часть–3_ Декабрь–2022
 
90 
2181-3187 
Mualliflar guruhi (R.X.Jo’raev, R.Safarova, X.I.Ibragimov, U.Q.Musaev) 
tomonidan tuzilgan “Pedagogika fani kontseptsiyasi”da shaxsga yo’naltirilgan ta’lim 
mazmunida quyidagilarning aks etishi maqsadga muvofiqligiga alohida urg’u berilgan: 
1. Ta‘lim jarayonida o’zlashtirilishi majburiy bo’lgan bilim davlat va jamiyat 
taraqqiyoti, shaxs, fan, ishlab chiqarish hamda ijtimoiy soha ehtiyojlari va 
manfaatlariga mos kelishi. 
2. Davlat ta‘lim standartlari doirasida belgilab beriladigan yo’nalishlarning 
muayyan o’quv fani yoki ta‘lim sohasi bo’yicha taqdim etiladigan o’quv 
materiallarining maksimum hamda minimum darajalarini aniq belgilab bera olishi. 
3. Bolalarning egallangan bilim, ko’nikma, malakalarini nazorat qilish 
mexanizmini yaratish . 
Zamonaviy pedagogika ta‘lim jarayonini texnologik yondashuv asosida tashkil 
etish va uni shaxsga yo’naltirish g’oyalarining ustuvorligi bilan an‘anaviy ta‘limdan 
farqlanadi. 
Tub ta‘limiy islohotlar amalga oshirilayotgan mavjud sharoitda ta‘lim jarayoni 
o’zaro hamkorlikka asoslanadi va o’ziga xos xususiyat kasb etadi. Zero, tarbiyaning 
samarali bo’lishiga bir qator omillar sezilarli ta‘sir etadi, shu sababli sub‘ektiv va 
ob‘ektiv omillardan maqsadga muvofiq foydalanish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi 
o’rtasida o’zaro hamkorlikni qaror toptirish talab etiladi. 
Xulosa 
Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ona tilining ahamiyati 
juda katta, bolalarga o’z ona tilida ko’plab mashqlar va topshiriqlar bajarish uning til 
boyligini shakllantirishga sabab bo’ladi. Uning nutqini ifodaliligi va o’z fikrini tez va 
ravon talqin qilishida maktabgacha ta’lim tashkilotida berilgan ona tilidagi ta’limlar 
qo’l keladi. Bolanida o’z ona tilisida chiroyli suhbat qura olish, o’z tilida mustaqil va 
ravon matn o’qish, she’riyat va ifodali o’qishga, nutq madaniyatiga mehr uyg’otish 
zarur. Bola hayoti davomida faqat nutq ustida ishlashga ham majburlantirilmasligi 
kerak. Hayot faoliyatida bola faqat o’zligini rivoji uchun harakat qilishi lozim, ungga 
to’g’ri yo’nalish berish kattalarning qo’lida, ba’zan, bolaning o’ziga mustaqil tanlovni 
qo’yib berish va uning tanlovini hurmat qilish lozim. Ijobiy tanlovi va mustaqil 
fikrlashi hurmat-e’tiborga sazovor bo’lganda bola o’ziga ishonchini orttiradi, agarda, 
buning aksi bo’lsa, bola kelajakda mustaqil hayotga qadam qo’yishdan, mustaqil 
g’oyaviy fikrlashlardan o’zini doim yiroq tutadi, uning barcha ijobiy yutuqlarini 
rag’batlantirish lozim, shundagina u hayotidan mamnun va o’zini topishi mumkin.
Bolaga yoshligidan hayotning qiyinchiliklarini qadam va qadam tushuntirib
bunday holatlarda o’zini qanday tutishi kerakligini o’rgatish lozim. Doim ham emas, 
ammo, u bilan suhbatlashyotganda ungga jiddiy muomala qilish lozim, jiddiy 
vaziyatlarda jiddiylik, vaqti-vaqtida o’yinqaroqlik ham kerak. 



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə