Образование наука и инновационные идеи в мире


ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix21.10.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#129631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
82-91

 
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
 

 

http://www.newjournal.org/

Выпуск журнала № – 11
Часть–3_ Декабрь–2022
 
85 
2181-3187 
jarayonida yosh avlod ijtimoiy qoidalar va axloq-odob me‘yorlarini o’zlashtiradi. Shu 
bois bilim olish jarayonida bola nafaqat shaxs sifatida rivojlanadi, balki jamiyat 
hayotiga moslashadi. 
Ta‘limni ijtimoiylashtirish insonparvarlashtirish bilan uzviy aloqada amalga 
oshadi va yosh avlodni o’z qobiliyati, ichki imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga 
imkoniyat yaratadi. Natijada har bir yoshning shaxsiy qiziqishlari hamda hayotiy 
intilishlarining ko’lami kengayadi. 
4. Ta‘limni differentsiatsiyalash shaxsning o’ziga xos xususiyatlari, qiziqishlari, 
qobiliyati, aqliy rivojlanishi va uning moslashuvchanligi darajasini hisobga olgan 
holda ta‘lim mazmuni va hajmini belgilash hamda o’qitishning turli shakllaridan 
foydalanishdir. 
Differentsiatsiyalashgan ta‘lim shaxsga yo’naltirilgan ta‘lim bo’lib, har bir 
shaxsning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda shaxsga yondashilgan 
ta‘limni tashkil etilishini ifodalaydi. Mazkur ta‘lim bolalarning bilimlari, malakalari, 
muayyan fanga qiziqishlari, qobiliyatlari, yoshlari, jinslari, fiziologik holatlari
xarakterlari, ular yashayotgan muhit mohiyati kabilarning hisobga olishini anglatadi. 
Hozirgi davrda tabaqalashtirilgan ta‘lim zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan 
holda bolalarning imkoniyat va layoqatlarini hisobga olib, o’qitishni tashkil etishda 
ta‘limning turli shakl va metodlarini qo’llashni taqozo etmoqda. 
Differentsiatsiyalashgan ta‘lim individual yoki guruh shaklida mashg’ulotlarni 
to’g’ri va maqsadga muvofiq tashkil etish orqali barcha ta‘lim oluvchilar bilim
ko’nikma va malakalarining dinamik rivojlanishiga yordam beradi. Mazkur ta‘lim 
bolalar shaxsining bosqichma-bosqich shakllanib borishini ta‘minlaydi. 
5. Ta‘lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish “Kadrlar 
tayyorlash Milliy dasturi”ning asosiy talablaridan biri sanaladi. Zero, pedagogik 
texnologiya uzluksiz ta‘lim tizimida barkamol shaxsni shakllantirishga yo’naltirilgan 
va nazariy g’oyalarni amaliyotda qo’llashning eng qulay vositasidir. Ilg’or pedagogik 
texnologiyalar mohiyatiga ko’ra shaxsni rivojlantirish qonuniyatlariga asoslangan 
bo’lib, ularni ta‘lim jarayoniga tatbiq etish shaxsni rivojlantirishning eng maqbul 
yo’llarini izlab topish imkonini yaratadi. 
6. Ta‘lim jarayonida iqtidorli bolalarni aniqlash ularning intellektual 
salohiyatlarini yuzaga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish muhimdir. Zero, har bir 
jamiyatning intellektual salohiyati shu davlatning texnologik qudrati va moddiy 
farovonligining asosidir. Jahon ta‘lim tajribasining ko’rsatishicha, ilm-fan va 
innovatsion texnologiyalar ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot poydevori bo’lib, har bir 
jamiyatning barqaror rivojlanishini ta‘minlaydi. Shu bois yosh avlodni ijtimoiy 
hayotga tayyorlash, yangicha fikrlay oladigan, intellektual qobiliyati yuqori darajadagi 
shaxsni shakllantirish mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta‘lim 
tizimi oldida turgan eng muhim vazifalardan biri sifatida e‘tirof etilmoqda. 



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə