O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti



Yüklə 6 Mb.
səhifə25/80
tarix22.05.2018
ölçüsü6 Mb.
#45438
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80

Jamiyatning barcha tarkibiy qismlari o‘rtasida barqaror aloqalarning mavjudligi, ularning yakdilligi hech qachon faylasuflarda shubha o‘yg‘otmagan. SHunday bo‘lsada, jamiyatning yaxlitligi, butunligi xarakteriga nisbatan turli yondashuvlar mavjud bo‘lgan va mavjud bo‘lib qolmoqda. Falsafa tarixida jamiyatning “atomli” nazariyasi, “ijtimoiy guruhlar” nazariyasi, ijtimoiy institutlar va tashkilotlar nazariyasi, jamiyatning “jamiyat organizm kabi” nazariyasi singarilar ma’lum. Bugungi kunda ko‘plab faylasuflar jamiyatning tizim sifatidagi nazariyasidan foydalanadilar. Ushbu tizim alohida sifatlarga ega, ya’ni:

  • integrallik (tizim yaxlitlik sifatida, o‘zining elementlaridan yuqori);

  • funksionallik (har bir elementning roli uning tizim ichidagi o‘rniga bog‘liq);

  • tuzilmaviylik (tizim elementlari aloqalarining va munosabatlarining nisbatan barqarorligi);

  • tashqi muhit bilan o‘zaro bog‘liqligi (har qanday tizim bir muncha kattaroq tizimning elementi hisoblanadi va bir tomondan ushbu katta tizimning impulslariga bog‘liq bo‘lsa, boshqa tomondan, o‘zi ham tashqi muhitga ta’sir ko‘rsatadi).

Ushbu barcha belgilarga insoniyat jamiyati mos keladi.

Jamiyat ko‘p darajali jamiyat bo‘lib, asosiy darajalari quyidagicha namoyish qilinishi mumkin. Birinchi daraja – bu ijtimoiy o‘zaro munosabatlar strukturasini belgilab beradigan ijtimoiy rol.

Ikkinchi daraja – ushbu ijtimoiy rollar taqsimlangan turli ijtimoiy guruhlar va institutlar.

Uchinchi daraja – ko‘plab avlodlar tajribalari tomonidan tajribadan o‘tkazilgan, inson faoliyati namunalarini ko‘rsatadigan me’o‘rlarni qo‘llab-quvvatlaydigan va ishlab chiqadigan madaniyat.

To‘rtinchi daraja - huquqiy aktlar bilan tartibga solinadigan va ijtimoiy tizim ichida aloqalarni mustahkamlaydigan siyosiy tizim.

Jamiyat - o‘z-o‘zini ishlab chiqadigan, o‘z-o‘zini tashkil qiladigan, o‘z-o‘zini tartibga soladigan doimiy harakatdagi tizim bo‘lib, doimiy o‘zgarishlar jarayonida bo‘ladi.

Jamiyat rivojlanishining asosiy manbai har doim ham yuzaga kelgan bashoratlar doirasida har doim ham tartibga solinmaydigan insonlar hulq-atvorida aks etadigan ijodiy energiya hisoblanadi. Bunday energiya innovatsion deb ataladi. Ushbu energiya ichki o‘z-o‘zini tartibga solish va nazorat mexanizmlari tufayli amalga oshiriladigan jamiyat tizimlarida madani va institutsional o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.

Jamiyat rivoji odatda bir muncha murakkab tizim elementlarini yaratishga qaratilgan. Jamiyat rivojlanishining sur’ati hayot jarayonlari tezlashuvi va ularning sekinlashuv davrlarining navbat almashinuvi, jamoat tuzilmalarining vaqti-vaqti bilan inqirozi va eski ahvoliga qaytishi bilan bog‘liq.

Albatta, har bir alohida shaxs ma’lum bir jamiyatda va ma’lum bir tarixiy davrda tug‘iladi. U yuzaga kelgan, hisobga olmaslikning imkoni yo‘q bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar tizimiga tushib qoladi. Biroq, u ushbu tizimda o‘z o‘rnini va rolini belgilab olishi lozim bo‘ladi.

Hokimiyat jamiyatning ob’ektiv qonuniyati sifatida uning taqdiri azali hisoblanmaydi. SHu munosabat bilan V. Koxanovskiy, V. YAkovlev, L. Jarov va T.Matyashlarning ta’kidlashlaricha “butun tarix - bu insoniyatning ijtimoiy munosabatlarda erkinlik va insonparvarlik sari harakatidir”. Bugun insoniyat jamiyat va shaxs, xalqlar, millatlar va davlatlar o‘rtasidagi hamohang munosabatlarni o‘rnatishning imkoni yo‘qligi bilan bog‘liq axloqiy-madaniy inqirozni boshdan kechirmoqda.



Jamiyatning tarixiy shakllari mohiyati va xususiyatlari.

Jamiyatning tiplari va tarixiy shakllariga oid bir qator fikrlar hamda konsepsiyalar ilgari surilgan. Ularda muayyan mezonlar asos qilib olingan. Masalan,Forobiy insonlar jamiyatini madaniy-tarixiy jihatdan ikki tipga ajratadi:

1. To‘liq jamiyat bo‘lib, u o‘zida:

- er yuzidagi jami insonlarni qamrab oluvchi yirik jamiyat;

- Erning muayyan qismida yashovchi bir millat yoki bir dinga mansub kishilarning o‘rta jamiyati;

- muayyan qavm yoki dinga mansub bir shahar jamiyatini qamrab oladi.

2. Bir qishloq, ovul, yoki bir oiladan iborat bo‘lgan to‘liqsiz jamiyat.1

Forobiy fikricha “Eng yaxshi fazilat va oliy darajadagi komillikni kichik birligi shahar hisoblanadigan madaniy jamiyat ichidagina qo‘lga kiritish mumkin. To‘liqsiz jamiyatlar insonni takomillashtirishga qobil emaslar”.2 Forobiyning bu fikrlari Aflotun va Aristotelning jamiyatga oid qarashlaridan farq qiladi, chunki u jamiyatdagi o‘zgarishlarni inobatga olgan. Jamiyatni to‘liq va to‘liqsizga ajratar ekan, Forobiy shahar to‘liq jamiyatning birinchi bosqichidir, deb e’tirof etadi. Aflotun va Aristotel esa to‘liq jamiyatni shahar bilan chegaralaganlar va shahar insoniyat jamiyati takomilining oxirgi darajasi, jamoaviy baxt saodatning bosh markazi deb ta’kidlaganlar. Forobiy esa, butun dunyodagi jamiyat haqida fikr yuritib, uning xukmdori qandaydir alohida olingan xalq, qavm yoki jamoa boshlig‘i emas, balki butun madaniy dunyodir deb ta’kidlaydi va bu fikri bilan yunon faylasuflaridan ilgarilab ketadi.

SHuningdek, nemis faylasufi Gegel umumjahon jamiyatning quyidan yuqoriga bosqichma-bosqich taraqqiy etib boradi deb hisoblab, uning to‘rtta tipini keltirib o‘tadi: “SHarq, YUnon, Rim, Olmon”66.

Qadimgi Xitoy, Hindiston, Eron va Misr xalqlari tashkil qiluvchi SHarq podshologi tarixning boshlanishini belgilaydigan insoniyat jamiyatlarini o‘z ichiga oladi. Bu davr hukmdorning bir vaqtda ham xohin, ham hudo, diniy va ahloqiy qarashlarni davlat va huquq qonunlari sifatida namoyon kiladigan xokimiyatning teokratik shakli ko‘rinishi bilan xarakterlanadi. Individ, shaxs hali jamiyatdan ajralib chiqmagan. Ular tabiatda joylashgani kabi jamiyatda ham joylashadi. Inson rivojida individual shaxs sifati etarli shakllanmaganligi uchun jamiyatdan ajralib chiqa olmaydi, demak jamiyatning ham keyingi taraqqiyoti uchun imkoniyat-lar kam qoladi. Jamiyat o‘lik notarixiy bo‘shliqda qotib qolganday. Insonning jamiyatdagi huquqi va ijtimoiy shart-sharoitlardan kelib chiqib, u erdagi (jamiyatdagi) farqlarni qonun shakliga kiritish uchun zo‘ravonlik va tazyiq o‘tkazuvchi hukmronlikni keltirib chiqaradi. Gegelning fikricha, inson bunday jamyatda o‘z hayoti va faoliyatida ko‘rinmaydigan ichki erkinlikka ega bo‘ladi holos.

YUnon dunyosi jamiyat va individuallikning birgalikdagi tafakkur faoliyatini asos qilib oladi. Bu olamda individning jamiyatga to‘liq tobe’ligi yo‘q. Inson o‘zini qonun va an’anaviy odatlar bo‘yicha taniydi. Bu erda shaxsiy individuallik insonning o‘zida emas, balki uning ideal birligida. YUnon dunyosida erkinlik shundan iboratki, fuqoro qonunlarni oddiy so‘zlar bilan emas, balki ularni o‘zida his qilib, “ular men orqali, men esa ular orqali, o‘zimni ular kabi, ularni o‘zim kabi” ko‘rinishida qabul qiladi.

YUnon fuqarosining qadri va uning erkinligi ichki va tashqi shart-sharoitlar bilan izohlanadi. Tashqi sharoitlar – bu jamyatda qullarning mavjudligi va shuning xisobiga demokratiyaning mumkinligi. Tabiiyki, jamiyatda ozodlikka hamma emas, faqat ma’lum individlargina erishganlar. Bu erkinlikning tashqi atrubutidir. Ular qandaydir muhim qaror qabul qilishda tashqi kuchlar - orakullar, bashoratchilar va tabiat belgilaridan foydalanganlar. Bu esa unda etarlicha iroda kuchi va mustaqillik darajasining yo‘qligidan dalolat beradi. Bu esa erkinlikning ichki atributidir.

Rim dunyosida tarixning keyingi rivojlanishida davlat o‘zining a’zolari qarashlaridan mustaqil ravishda ijtimoiy jamoa sifatida shakllanadi. Unda individ davlatdan mustakil, o‘ziga ishongan shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, davlat insonga nisbatan u tomondan his etilmagan abstrakt jamiyat ko‘rinishida, shaxs esa o‘z navbatida davlatga nisbatan jamiyat tomonidan his qilinmagan qandaydir abstrakt individ ko‘rinishini oladi.

Gegel bo‘yicha jamiyatning mukammal tipi bo‘lib, German davri hisoblanadi. Bu davrda ilgari bo‘lmagan holat: ilohiy va insoniy tabiatning birlashishi, fuqaro jamiyatining intellektual ilohiy podsho-lik bilan birlashishi ro‘y berdi. Bu birlashishning muhim sababchilaridan biri, barcha insonlar teng, ozod va o‘z hayotlarini o‘zlari belgilaydilar, kabi ta’limot beruvchi xristianlikdir. Insonning ichki erkinligini ta’minlagan holda, xristianlik, uning ozodligi real ro‘y berishi va tadbiq etilishi lozim, deb hisoblaydi.

Demak Gegel jamiyat tiplariga tarixiy jihatdan yondashib, uning asosiy mezoni sifatida inson erkinligi va uning ma’naviy kamolotini ta’minlaydigan ijtimoiy shart-sharoitlar bilan tavsiflaydi.

Karl Marks esa jamiyatning tarixiy tiplarini quyidan yuqoriga taraqqiy etib boruvchi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar asosida tushuntiradi. Bunda moddiy ishlab chiqarish usullari va mulkchilik shakllari asosiy mezon sifatida belgilanadi. U quyidagi jamiyat formatsiyalarini keltiradi:



  • ibtidoiy jamoa;

  • quldorlik jamiyati;

  • feodal jamiyat;

  • kapitalistik jamiyat;

  • kommunizm jamiyat.

YAna bir nemis faylasufi M.Veber boshqaruvning mazmuni jihatidan jamiyatning quyidagi tarixiy tiplarini ko‘rsatib o‘tadi:

- antik jamiyat (an’anaviy boshqaruv);



  1. feodal jamiyat (xarizmatik boshqaruv);

  2. kapitalistik jamiyat (ratsional boshqaruv).

Veberning fikricha, Antik jamiyatda hukmronlik va xokimiyat hukmronlar va itoatkorlar o‘rtasida muqaddas sanalgan va “azaldan shunday bo‘lib kelgan”, deb hisoblangan.

Bunday jamiyatda hukmdor va itoatkor o‘rtasidagi munosabat ma’muriy yoki iqtisodiy qonunlar va tamoyillar bilan emas, balki an’anaviy burch va xukmdorga sodiqlik kabi hislar bilan izohlanadi.

Feodal jamiyat hukmronlikning harizmatik shakliga asoslanib, bu jamiyatda hukmdorning atrofidagilar va itoatkorlar o‘rtasida uni g‘ayritabiiy ilohiy ma’bud shaklida tasavvur qilinadi. Harizmatik hukmdor misolida diniy arbob, payg‘ambar, siyosiy arbob, harbiy qo‘mondon kabilarni tasavvur qilish mumkin. Harizmatik hukmronlik o‘z tarafdorlari, izdoshlari, hamrohlari bor ekan davom etaveradi va halq o‘rtasida o‘z mavqeiga va ishonchiga ega bo‘ladi, deb hisoblaydi Veber.

Veber, jamiyatning taraqqiy etgan va ideal shakli kapitalizm deb hisoblaydi. CHunki, boshqa tuzumlardan ko‘ra bu tuzumda ratsional hamda odil fikrlar aytiladi. Uning o‘ziga hosligi shundan iboratki, hokimiyat tomonidan qabul qilingan qarorlar boshqa insonlar tomonidan muhokama va tanqid qilinishi mumkin. Jamiyat a’zolari davlat hokimiyatining qaror qabul qilishlarini qonuniy – huquqiy deb bilib, bu qarorlarni ijro etishni burch deb hisoblaydilar.

Taniqli ingliz faylasufi Karl Popper esa jamiyatning ikki tipga: ochiq va yopiq jamiyatga ajratadi. U bunda boshqaruvning ratsional darajasini mezon qilib oladi. Uning fikricha ochiq jamiyat:

- fikrlar xilma-xilligi ( pyuralizm);

- xususiy mulkchilik;

- individual erkinlik;

-ratsionallikka asoslangan individual manfaatdorlik kabi xususiyatlarga ega bo‘ladi.

YOpiq jamiyat esa o‘zida:



  1. totalitarizm;

- kollektivizm:

- irratsionalizm;

- utopizm kabi sifatlarni mujassamlashtiradi.

Jamiyatning tarixiy tiplari masalasida taniqli sotsiolog E. Giddens quyidagi sxematik jadvalni keltiradi:




Insoniyat jamiyatining shakllari




Asosiy belgilari

Mavjudlik davri

Ovchilik va termachilik jamiyatlari




O‘z turmushini ovchilik, baliq ovlash va sabzovot, meva va o‘simliklarni terish hisobiga ta’minlaydigan kishilarning uncha ko‘p bo‘lmagan guruhlaridan iborat. Bu jamiyatlardagi tengsizlik uncha aniq ifodalanmagan; ijtimoiy mavqedagi tafovutlar yosh va jinsga qarab belgilangan.

Mil. avv. 5000 yildan hozirgi kungacha. Hozir ular to‘la yo‘q bo‘lib ketish arafasida.

Dehqonchilik jamiyatlari




Bunday jamiyatlarning negizini mayda qishloq jamoalari tashkil qiladi. Hali shaxarlar yo‘q. Turmush kechirishning asosiy manbai – dehqonchilik, ba’zan ovchilik va termachilik ham qo‘shimcha manba sifatida foydalaniladi. Bu jamiyatlar ovchilar va termachilar hamjamiyatlaridagiga qaraganda kuchliroq tengsizlik bilan farqlanadi; ularga dohiylar rahbarlik qiladi.


Mil. avv. 12000 yildan hozirgi kungacha. Hozir ularning ko‘pchiligi yirikroq siyosiy tuzilmalar tarkibigi kiradi va o‘ziga hos xususiyatini asta-sekinlik bilan yo‘qotib bormoqda.

CHorvadorlar jamiyatlari




Bunday jamiyatlar moddiy ehtiyojlarni qondirish uchun uy hayvonlarini boqish va ko‘paytirishga asoslanadi. Bunday jamiyatlarning hajmi bir necha 100 kishidan bir necha 1000 kishigacha bo‘lishi mumkin. Bunday jamiyatlar uchun aniq ko‘zga tashlanadigan tengsizlik xos. Ularni dohiylar yoki sarkardalar boshqaradi.

Mil. avv. 6000 yildan XIX asrgacha. Hozir er yuzida an’anaviy davlatlar qolmagan.

An’anaviy davlatlar yoki Sivilizatsiyalar




Bunday jamiyatlarda iqtisodiy tizimning asosi avvalgiday dehqonchilik bo‘lib qoladi, biroq savdo va ishlab chiqarishni o‘zida jamlagan shaharlar ham mavjud. An’anaviy davlatlar orasida aholisi ko‘p million kishini tashkil qiladigan katta davlatlar ham uchraydi, biroq ularning hajmi yirik industrial mamlakatlarga qaraganda baribir kichik. An’anaviy davlatlar maxsus hukumat apparatiga ega bo‘lib, ularning boshida podsho yoki imperator turadi. Turli sinflar o‘rtasida katta tengsizlik mavjud.

Mil. avv. 6000 yildan XIX asrgacha. Hozir er yuzida an’anaviy davlatlar qolmagan.

Birinchi dunyo jamiyatlari




Bu jamiyatlar sanoat ishlab chiqarishga asoslanadi, ularda erkin tadbirkorlikka katta o‘rin ajratiladi. Aholining juda oz qismi qo‘shimcha xo‘jalik ishlari bilan band. Asosiy ko‘pchiligi esa shaharlarda yashaydi. Ancha sinfiy tengsizlik mavjud, biroq u an’anaviy davlatdagichalik yaqqol ifodalanmagan. Bu jamiyatlar alohida siyosiy tuzilma yoki milliy davlatlarni tashkil qiladi.

XVIII asrdan hozirgi kungacha

Ikkinchi dunyo jamiyatlari




Bular sanoat bazasiga ega, biroq ularning iqtisodiy tizimida markaziy rejalashtirish siyosati hukmron. Aholining uncha ko‘p bo‘lmagan qismi qishloq xo‘jaligi bilan band, ko‘pchilik shaxarlarda yashaydi. Bu mamlakatlarning hukumatlari o‘z oldiga sinfsiz tizim qurishni maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsa ham, sezilarli darajada sinfiy tengsizlik mavjud. Birinchi dunyo mamlakatlariga o‘xshab alohida siyosiy birlik yoki milliy davlatlarni tashkil qiladi

XX asr boshlaridan hozirgi kungacha

Uchinchi dunyo mamlakatlari




Bu jamiyatlarda aholining ko‘pchilik qismi qishloq xo‘jaligida band bo‘lib, qishloq joylarida yashaydi va asosan ishlab chiqarishning an’anaviy usullaridan foydalanadi. Biroq qishloq xo‘jalik maxsulotining bir qismi jahon bozorida sotiladi. Uchinchi dunyo mamlakatlarining ba’zilarida erkin tadbirkorlik mavjud bo‘lsa, boshqalarida markaziy rejalashtirish siyosati hukmronlik qiladi. Uchinchi dunyo jamiyatlari ham milliy davlatlar hisoblanadi.

VIII asrdan (mustamlaka mamlakatlari sifatida) hozirgi kungacha.67






E.Giddensning jamiyatning bunday tipologiyasi iqtisodiy, tarixiy-madaniy va siyosiy asoslar harakterini mezon qilib olgan edi.

Daniel Bell va Olvin Tofflerlar postindustrial jamiyat yoki axborot jamiyati konsepsiyasida jamiyatni tipologiyalashtirishda texnologik va informatsion mezonga asoslanadilar. Bunga ko‘ra jamiyat an’anaviy, industrial va postindustrial (axborot) kabi tarixiy tiplarga ajraladi.

Hozirda ko‘plab olimlar industrial va postindustrial jamiyat shakllariga a’sosiy e’tibor qaratmoqdalar. Quyida biz jamiyatning mazkur tiplari haqida to‘xtalamiz.



Industrial jamiyat shakli – “Industrial jamiyat” atamasi ilk bor XIX asrda sotsiologiyaning yirik namoyandalari O.Kont, G.Spenser, E.Dyurgeymlar tomonidan qo‘llanilgan.

XX asrning 50–60 yillar G‘arbda “industrial jamiyat” nazariyasi shakllandi. Texnologik determinizm tamoyillariga asoslangan bu nazariya avval boshdanoq, ikki variantda shakllandi: birinchisi 1956–1959 yillardan R.Aronning Sarbonnadagi ma’ruzalarida va ikkinchisi– Rostouning “Iqtisodiy o‘sish bosqichlari. Nokommunistik manifest” kitobida.

“Industrial jamiyat” nazariyasining mohiyati shundan iboratki, ijtimoiy taraqqiyot jarayonidagi tub ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiy va madaniy o‘zgarishlar “an’anaviy” agrar jamiyatlarning “industrial” jamiyatga transformatsiyasi natijasida yuz beradi. Bunday transformatsiya sanoat revolyusiyasi va u bilan bog‘liq tezkor va keng miqyosda texnikani jamiyatning barcha sohalariga kirib borishi natijasida amalga oshadi.

Aynan texnikaning tez rivojlanishi ijtimoiy–iqtisodiy taraqqiyotining asosiy determinanti, sababi bo‘lib qoladi. Industrial jamiyat shakllanishining asosiy tarkibiy qismlariga uning paydo bo‘lish jarayonida yirik mashina ishlab chiqarishi (Rostou) erkin savdo va umumiy bozorga asoslangan iqtisodiyotning milliy sistemasi (Aron), timsoli korxona, mehnatning korxonalashgan shaklda tashkil etilishi (Toffler) kiradi.

Bellning fikricha, industrial jamiyatning ijtimoiy dinamikasini belgilovchi asosiy o‘zgaruvchan ko‘rsatkichlari - mehnat va kapital bo‘lib qoladi. Bu tezisga asoslanib, Darendorf bunday jamiyatdagi asosiy ijtimoiy konflikt (kelishmovchilik)ning sababi proletariat va kapitalistlar o‘rtasidagi ziddiyatdir, deb hisoblagan.

“An’anaviy” jamiyatlarga xos bo‘lgan qat’iy ijtimoiy chegaralar industrial jamiyatdagi faol ijtimoiy harakatchanlikning oshib borishi bilan buziladi, an’anaviy nasliy imtiyozlarning o‘rnini imkoniyatlarning tengligi egallaydi. Bu esa fuqarolar huquqlarining kengayib va boyib borishiga, ijtimoiy–siyosiy hayotning demokratlashuviga olib keladi.

Industrializm qudratining oshib borishi hamda mutaxassislarning boshqa sohalarni boshqarishdagi mavqei o‘sishi bilan industrial jamiyatda mulkchilikning boshqaruv jarayonidan ajralishi sodir bo‘lib, haqiqiy hokimiyat, “texnostruktura” – olimlar, muhandis va texniklar, savdo, reklama, jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassislardan tashkil topgan maxsus ijtimoiy tashkilot qo‘liga o‘tadi (Gelbreyt). SHunday qilib, industrial jamiyat tarkibiga keyingi taraqqiyot jarayonida barham topgan, xususiy hodisa sifatida “kapitalistik jamiyat” ham kiradigan keng qamrovli ijtimoiy kategoriya sifatida namoyon bo‘ladi. XX asrning 70–90 yillari davomida industrial jamiyatga oid fikrlarda tanqidiy baho ko‘proq o‘rin oldi.

Xususan, hozirgi ijtimoiy–siyosiy taraqqiyot industrial jamiyat qadriyatlarining inkor etilishiga olib kelgani, bu jamiyat hozir inqirozga yuz tutayotgani, insoniyat esa “industrial jamiyatga nisbatan o‘zini o‘zi ko‘proq o‘zgartirish qobiliyati bilan farq qiluvchi”, shartli ravishda “postindustrial jamiyat” (axborotlashgan jamiyat), deb ataladigan ijtimoiy sistemaga qarab rivojlanib bormoqda, deb ko‘rsatiladi.



Axborotlashgan jamiyat shakli –ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanish, eng avvalo, axborotni ishlab chiqarish, unga “ishlov berish”, saqlash va jamiyat a’zolariga etkazishga bog‘liq bo‘ladigan jamiyatdir.

Falsafiy va sotsiologik tadqiqotlarda “Axborotlashgan jamiyat” tushunchasi yangi jamiyat sifatida, ya’ni ijtimoiy taraqqiyotning zamonaviy postindustrial jamiyatga o‘tilishida va unda faoliyatning oshishi axborotni uzatish va saqlashga bog‘liq bo‘ladi.

Axborotlashgan jamiyat muammolar bilan shug‘ullangan olimlardan D.Bell, A.Toffler, M. Kastels, U.Rostou, P.Draker, Dj.Gelbreyt, F.Uebster va boshqalarning ishlarini alohida qayd etish kerak. Ular “postindustrial jamiyat” va “axborotlashgan jamiyat” konsepsiyalarini sinonim sifatida tadqiq etishgan.

Axborotlashgan jamiyat haqida olimlar turlicha fikrdalar. YApon olimlarining hisoblashicha, axborotlashgan jamiyatda kompyuterlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbaidan foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotni qayta ishlashni avtomatlashtirishning yuqori darajasini ta’minlashga imkon beradi.

Axborotlashgan jamiyat tushunchasi 1960 yillarning ikkinchi yarmida paydo bo‘lib, uni Tokio texnologik universitetining professori YU.Xayash birinchi bo‘lib fanga kiritgan. Muallifning fikricha, moddiy mahsulot emas, axborotlashuv mahsuloti jamiyatning shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi kuchiga aylanadi.

Axborotlashgan jamiyat tushunchasining rivojida amerikalik jamiyatshunos olim D.Bellning “Industrial jamiyat davrining kelajagi. Ijtimoiy bashorat qilish tajribalari” (1973) nomidagi kitobida insoniyat jamiyati tarixini uch asosiy bosqichga: agrar, industrial va postindustrial (industrial davrdan so‘nggi) davrlarga bo‘lib chiqadi. Industrial jamiyatning asosiy rivojlanish manbai – energetik manbalar va energiyani ishlab chiqarish, tarqatish imkoniyatlari mavjudligidir. Axborotlashgan jamiyatda esa ishlab chiqarishning manbai bilimni to‘plash texnologiyalari, axborotni qayta ishlash va axborot kommunikatsiyalariga bog‘liq. Bilim va axborot hozirgi kunda jamiyat rivojlanishining asosiy manbai hisoblanadi.

Axborotlashgan jamiyatga oid qiziqarli falsafiy konsepsiyalardan biri yapon olimi I.Masudaga tegishlidir. Kelajakda shakllanadigan yangi jamiyatning poydevori bo‘lib kompyuter texnologiyasi xizmat qiladi. Bu texnologiyaning asosiy vazifasi inson aqliy mehnatining faolligini kuchaytirish yoki o‘rnini bosishdir.

I.Masuda fikricha, “axborotlashgan jamiyatda insoniy qadriyatlar o‘zgaradi”, bu jamiyat sinflarga bo‘linmaydi va ziddiyatsiz – ya’ni, ahil, tinch–totuv jamiyat bo‘lib, uni chog‘roq hukumat va davlat apparati boshqaradi.

Axborotlashgan jamiyatning yana bir nazariyotchisi E.Toffler “Uchinchi to‘lqin” deb nomlangan kitobida u tamaddun tarixidan uchta to‘lqinni ajratib oladi: birinchi to‘lqin – agrar (XVIIIasrgacha), ikkinchisi – industrial (XXasrning 50–yillarigacha), uchinchisi – industrial davrdan so‘nggi davr (XXasrning 50–yillaridan boshlab).

1980–1990 yillarni Axborotlashgan jamiyat konsepsiyalarining rivojidagi yangi bosqich deb aytish mumkin. Bu davrdagi konsepsiyalar asosan Piter Draker va Manuel Kastels tadqiqotlari natijalari bilan chambarchas bog‘liq. P.Draker konsepsiyasining mohiyati an’anaviy kapitalizmni engib o‘tishdan iborat. Uning konsepsiyasiga asosan, yuz berayotgan siljishning asosiy belgilari industrial xo‘jalikdan bilimlar va axborotga asoslangan iqtisodiy sistemaga kirib borish, kapitalistik xususiy mulkchilikdan voz kechish, hozirgi zamon odami uchun yangi qadriyatlarni yaratish, iqtisodiyot va jamiyatdagi globallashuv jarayonlari ta’sirida milliy davlatning o‘zgarishi nazarda tutilgan.

M.Kastels o‘z fikr–mulohazalarining tayanch nuqtasi qilib global iqtisodiyotni hamda xalqaro moliyaviy bozorlarni olib, ularni shakllanayotgan yangi dunyoning asosiy belgilari sifatida qo‘llaydi.

Axborotlashgan jamiyat uning mohiyatini bir–biriga bog‘liq quyidagi jarayonlar belgilaydi:

– axborot va bilimlar – ijtimoiy–iqtisodiy, texnologik va madaniy rivojlanishning haqiqiy o‘zak qudratiga, uning qimmatli manbaiga aylandi;

– ishlab chiqarishning omili bo‘lmish xomashyo, mehnat, mablag‘ resurslarga tenglashtirilgan axborot va bilim bozorlari shakllana boshlaydi;

– axborotni etkazib berish va undan foydalanishni ta’minlovchi sohalarning ahamiyati shiddatli tarzda osha boradi.

Jamiyatni axborotlashtirish jarayoni bir–biri bilan bog‘liq bo‘lgan uch qismdan tarkib topadi:

- mediatizatsiya (lot. mediatus –vositachi) – axborot to‘plash, saqlash va tarqatish vositalarini takomillashtirish jarayoni;


Yüklə 6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə