O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti



Yüklə 6 Mb.
səhifə21/80
tarix22.05.2018
ölçüsü6 Mb.
#45438
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   80


Lyudvig Feyerbax (1804–1872) – nemis klassik falsafasining yirik namoyandasi. Uning fikriga ko‘ra, inson axloq-odob bobida hissiyot talablariga hamohang tarzda harakat qiladi. Hissiyot shakllari xilma-xil bo‘lib, ular hayotga muhabbat, baxt-saodatga intilish, manfaat, egoizm, inson hissiy tabiatini qondirishga bo‘lgan ehtiyoj, muayyan noz-ne’matlardan lazzatlanishdan iboratdir. Insonning o‘z tabiiy manfaatdorligiga ko‘ra baxt-saodatga intilishi zaruriy harakatdir. Unga erishish erkinlik orqali ro‘yobga chiqadi. Masalan, qush havoda, baliq suvda, inson esa u uning baxt-saodatga erishishiga monelik qila olmaydigan sharoitdagina erkindir.

Feyerbaxo‘zining insonparvarlikka asoslangan ijtimoiy qarashlarini axloqiy tamoyillar ko‘magida ishlab chiqishga urinadi. Uning fikricha har bir insonning odilona, to‘g‘ri uqib olgan manfaati jamiyat manfaatiga mos tushadi. Bu borada egoizm, sahovat va muruvvat tushunchalari muhim ahamiyat kasb etadi. Egoizm – ayrim shaxsning molu mulkka qul bo‘lishi emas, balki u insoniy ehtiyojlarning namoyon bo‘lishi. Adolatli jamiyatda ehtiyojlar raqobati, sahovat va muruvvat orqali hal etiladi. Feyerbax ta’biricha, egoizmni tan olmagan inson – kallasiz inson, muruvvatdan yiroq inson esa qalbsiz insondir. Har bir inson o‘z holicha baxtli bo‘la olmaydi, uning baxti boshqalarning baxtiyorligi bilan chambarchas bog‘liqdir.

Feyerbaxning antropologik falsafasi nemis klassik falsafasini nihoyasiga etkazdi. Unda ko‘rilgan muammolar va ularning echimi Feyerbaxgacha bo‘lgan ko‘pgina falsafiy qarashlardan, jumladan Gegel va marksizm falsafasidan qator jihatlari bilan farq qiladi. Uning asarlarida g‘oyat sermazmun g‘oyalar bilan yonma-yon, chuqur tahlil talab fikr-mulohazalar ham o‘rin olgan.

Hozirgi zamon ijtimoiy falsafasi
Ogyust Kont (1798–1857) – fransuz faylasufi va pozitivizm maktabi asoschisi. U fanga "sotsiologiya" atamasini kiritgan. U an’anaviy tarix falsafasi, tarixiy dalilografiya va siyosiy–huquqiy fikrdan farqli o‘laroq, ijtimoiy hayot hodisalarini ilmiy o‘rganishni ko‘zda tutgan. U bilim rivojidagi har bir keyingi daraja oldingisini zaruriy shart–sharoit, deb biladi.

Kont “metafizik” falsafani rad etgan. Dunyoni adekvat aks ettirish uchun maxsus fanlardan foydalanish kifoya qilmaydi. Bilishning umumiy ilmiy metodlarini ishlab chiqib, ayrim maxsus fanlar o‘rtasidagi bog‘lanishni ochib berib, ilmiy bilim sistemasini yaratish kerak. Bu –falsafaning azaliy vazifasi, ilgarigi falsafa barcha metafizik sarqitlardan tozalanib, qayta anglab olinishi kerak. Shunday qilib, pozitivizm fan falsafasi degan nomga da’vogarlik qildi.

Asosiy fanlar pog‘onasi “matematika–astronomiya–fizika–ximiya–biologiya–sotsiologiya” ko‘rinishiga ega. Umumiy chizmadan ko‘rinadiki, sotsiologiya biologiya qonunlariga asoslanadi, lekin u undan tashqari, individlarning bir–biriga o‘zaro harakatidan kelib chiquvchi o‘ziga xoslikka ega. Bu o‘zaro harakat har bir avlodning keyingisiga ta’siri natijasida yanada murakkablashadi. Bu qoida “Pozitiv falsafa kursi”da asoslab berilgan. Uning birinchi jildi 1830 yilda chop etilgan.

Kont barcha bilimlar astronomiyadan boshlab to sotsiologiyagacha empirik dalillardan, ularning o‘zaro bog‘liqligidan kelib chiqadi. Jamiyatning statikasi va dinamikasi sistemali ravishda tadqiq etish natijasida h. kunda sotsiologiya, ijtimoiy fizika deb ataldi. “Pozitiv” so‘zi insoniyat hayotini ilmiy bilim asosida, ezgulik, baxt-saodatga etaklovchi g‘oya asosida tanlandi.

YAngi pozitiv, ya’ni pozitiv falsafa tajribalardan olingan dalillarga tayanishini bildiradi va shuning uchun u haqiqiy ilmiydir. Pozitiv yondashuv ikkita tub o‘zgarishlarni taklif etadi. Fan sohasida metafizik tushunchalardan (sabab va hodisalarning mohiyatiga etishish) voz kechish. Fan tushuntirmaydi, hodisalarni, faqat tasvirlaydi. “Nima uchun” savoliga emas, balki “qanday” degan savolga javob beradi. Pozitivizm metafizik izlanish va bahs, tortishuvlardan voz kechadi. “Borliq”, “materiya”, “ong”, “mohiyat” kabi tushunchalarni rad etadi, chunki ular bevosita ilmiy eksperiment natijalariga emas, balki faqat fikrlash, mulohazalarga tayanadi. Tajribaga asoslangan, tajriba yo‘li bilan olingan bilimlar haqiqiydir, qolganlari esa yolg‘on.

Pozitivizm falsafani fanga yaqinlashtirish va falsafiy ijod tamoyillarini shunga muvofiq tarzda qayta yaratishni ma’qullaydi.

Faqat dalillargina pozitivizm predmeti bo‘la oladi. Fizikalizm – eng yuksak mukammal tushunchalarni va barcha ilmiy mohiyatlarni fizika shakllantiradi va ular eng mukammal tushunchalarga olib keladi.

Pozitivizm falsafa tarixida birinchi bor avvalgi falsafaning asosiy mohiyatini va dunyoni tafakkurni mavhum usullari bilan anglash mumkinligini rad etadi.

Kont o‘zi kashf etgan “sotsiologiya”fanini fundamental fanlar qatoriga kiritish maqsadida ijtimoiy rivojlanishning evolyusion nazariyasini yaratdi. Inqilobiy nazariyalardan voz kechib ular o‘rniga evolyusion tamoyillardan foydalanishni qo‘lladi. Jamiyatda mavjud bo‘lgan tartibni inqilobiy yo‘l bilan emas, balki islohot bilan o‘zgartirish kerak. Evolyusion o‘zgartirishlar ijtimoiy rivojlanishni ta’minlaydi.

Kont o‘z tadqiqotlarida oila rivojlanishining qonunlariga e’tibor berib, jamiyat rivojlanishining asosiy qonuni “tarixiy rivojlanishning uch bosqichi qonuni”ga alohida e’tibor bergan.

XIX asrda Kont qarashlarida burilish yuz berdi. Kont sotsiologiyani “sub’ktiv usul” hisobiga “kengaytirish”ga va uni jamiyatni o‘zgartiruvchi “amaliy fanga” aylantirishga qaror qiladi. Kontning fikricha, alohida olingan odam, bu – “zoologik tur”, uning haqiqiy tabiati ulkan organizm bo‘lgan insoniyatdagina namoyon bo‘ladi. Kont jamiyatni ijtimoiy qayta tuzishda ma’naviy ustun bo‘lgan ikkinchi “teologik sintez” zarur, deb hisoblagan. Bu, albatta, tasodif emas edi. Uning ikkinchi “sotsiologiyasi” hozirda G‘arbda ommaviy bo‘lgan ekzistensial–fenomenologik xildagi “gumanistik sotsiologiyaning” ustuvor yo‘nalish bo‘lib xizmat qilmoqda.

Karl Marks (1818 - 1883) - Marks 1852 yil 5 martda Veydemeyerga yozgan xatida o‘z ta’limotining tub mohiyatini, ya’ni sinflar ishlab chiqarish taraqqiyotining muayyan bosqichlariga to‘g‘ri kelishi; sinfiy kurash muqarrar ravishda proletariat diktaturasiga olib kelishi, proletariat diktaturasi esa barcha sinflarni, shu jumladan uning o‘zini ham barham toptirishini va natijada sinfsiz jamiyatga o‘tilishi to‘g‘risidagi qarashlarini bayon etadiki, bular keyinchalik kommunistik harakat uchun asosiy dastur bo‘lib xizmat qildi. “Kapital”ning birinchi jildi 1867 yilda nashrdan chiqdi. “Kapital”ning 2–3 tomlari ustida izlanishlar olib bordi, lekin ularni oxirigacha tugallay olmadi. Keyinchalik, “Kapital”ning ikkinchi jildi F.Engels tomonidan 1885 yilda va uchinchi jildi esa 1894 yilda nashrdan chiqarildi.

Marksning tarixiy materializm ta’limoti jamiyatning eng umumiy qonuniyatlarini o‘rganishga chaqiradi. Tarixiy materializmning asosiy g‘oyalari K. Marks va F. Engels tomonidan XIX asrning 40-yillarida taklif qilingan. Bularni biz “1844 yilning iqtisodiy-falsafiy qo‘l yozmalari”, “Muqaddas oila”, “Nemis mafkurasi”, yana ham qayta ishlangan ko‘rinishda “Falsafa qashshoqligi” va “Kommunistik partiya manfesti” asarlarida ko‘rishimz mumkin. Tabiyki bu g‘oyalar dastlab gipoteza ko‘rinishida edi. Keyinchalik uning tarafdorlari, birinchi navbatda sovet jamiyatshunoslari strukturalangan va argu-mentlangan ijtimoiy nazariyaga aylantirdilar.

O‘zining “Kapital” nomli asosiy asarida Marks, kapitalistik jami-yatni, uning kelib chiqishi, taraqqiyotini va unga hos bo‘lgan ijtimoiy va iqtisodiy qarama-qarshiliklarni tahlil qildi. Bu tahlillar natijasida jamiyat iqtisodiy formatsiyasi asosiy hususiyatlari va kerakli qonuniyatlarining jamiyat hayotidagi o‘rnini aniqlagan holda, jamiyat taraqqiyotini dialektik rivojlanib boruvchi turli formatsiyalar almashinuvidan iborat, deb tushuntirdi. Unga ko‘ra har bir formatsiya o‘ziga hos bo‘lgan qonuniyatlarga ega. Bu qonuniyatlarning asosida ishlab chiqarishning iqtisodiy usullari va ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish shakllari yotadi.

Marksning tarixiy materializmi jamiyatda bo‘layotgan voqealarga falsafiy materialistik nuqtai-nazardan yondashadi. Jamiyat o‘zgarishlari tahlilida boshlang‘ich nuqta bo‘lib, avval moddiy iqtisodiy asoslar, so‘ngra boshqalar o‘rin egallaydi. Tarixiy materializmning predmeti bo‘lib, alo-hida ijtimoiy jarayonlar emas, balki umumiy qonunlar va jamiyatni harakatga keltiruvchi, ularni bir butunlik, qarama-qarshilik va o‘zaro bog‘liqlik nuqtai nazaridan karalgan kuchlar tashkil kiladi. Boshka jamiyat fanlari, masalan siyosatshunoslik, sotsiologiya kabi jamiyat hayotining ayrim tomonlarini o‘rganadigan fanlardan farqli ravishda, tarixiy materializm, jamiyat taraqqiyotining eng umumiy qonunlari: jamiyatning kelib chiqishi, mavjudligi hamda jamiyatning iqtisodiy formatsiyalari taraqqiyotining umumiy qonunlarini o‘rganadi.

Marksizmning ijtimoiy konsepsiyasi tabiatdagi kabi, jamiyatda ham, ijtimoiy o‘zgarishlarda ro‘y beradigan qonunlar mavjud, degan asosiy tamoyildan kelib chiqadi. Bu, albatta alohida inson va jamiyat faoliya-tining bu qonuniyatlar bilan determinlanishini anglatmaydi. Jamiyat ham, inson ham bu qonunlarni o‘zgartira olmaydi. Biroq, inson va jamiyat bu qonunlarni insoniyat foydasiga yoki ziyoniga tadbiq qilishi mumkin. Bu qonunlarning asosiy holatlari tarixiy materializmning boshlang‘ich davrlarida shakllangan. Ularning mazmuni shundan iboratki, “insonlar o‘z hayotlarini yo‘lga qo‘yishda o‘zlarining hoxish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan moddiy ishlab chiqaruvchi kuchlarning etarli darajasini belgilab beradigan ishlab chiqarish munosabatlariga qadam qo‘yadilar. Bu ishlab chiqarish munosabatlarining o‘zaro bog‘liqligi jamiyat iqtisodiy tarkibining real bazisini tashkil qiladi”29.

Tarixiy materializmda ijtimoiy jarayonlar “ijtimoiy turmush” va “ijtimoiy ong” kategoriyalaridan tashkil topgan. Ijtimoiy turmush deganda ishlab chiqarish va moddiy hayot tushuniladi. Uning tarkibini jamiyatning ishlab chiqarish va insonlarning moddiy faoliyati natijalari tashkil etadi. Ijtimoiy ong esa, siyosiy va huquqiy bilim, ma’naviyat, din, falsafa, fan kabi ijtimoiy ong shakllarini o‘z ichiga oluvchi jamiyatning ruhiy faoliyatidir. Marks bo‘yicha, ijtimoiy ong ijtimoiy turmush darajasiga va ahvoliga bo‘ysunadi.

Jamiyatning markscha ta’limotida ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya tushunchasiga muhim o‘rin berilgan. Unga ko‘ra, har bir jamiyat o‘zining spetsifik hususiyatlari va geografik joylashuvidan qat’iy nazar o‘z taraqqiyotida ma’lum formatsiyani bosib o‘tadi. Bular, ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va kommunizm formatsiyalaridir. Marksga ko‘ra, har bir ijtimoiy –iqtisodiy formatsiya ishlab chiqarishning iqtisodiy usuli qonuniga bo‘ysunadi va uni tashkil etish shakli jihatidan alohida qonunlar asosida rivojlanadi. Bir formatsiyadan ikkinchi bir formatsiyaga o‘tishda sinflar o‘rtasidagi ziddiyat muhim rol o‘ynaydi. Marksning fikricha, mavjud sinflar o‘rtasidagi ziddiyatlar ob’ektiv ravishda kuchayib boraveradi va ohir – oqibat jamiyat yangi bir formatsiyaga o‘tadi.

Marks o‘zidan oldingi faylasuflardan farqli ravishda, ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilish bilan cheklanibgina qolmay, balki kelajakda yuz beradigan ijtimoiy jarayonlarni ham o‘zicha bashorat qilgan edi.

Uning bu bashoratlari kapitalizmning sinfiy ziddiyatlar tufayli inqirozga uchrashi va yangi kommunizm formatsiyasiga o‘tilishiga chaqiriq sifatida yuzaga keldi.

Marks o‘z ta’limotida quyidagi ba’zi bir ijtimoiy qonunlarni asoslab berdi:

-bazisning (ijtimoiy turmush) ustqurma(ijtimoiy ong) ni belgilab berishi qonuni;

-sinfiy ziddiyat qonuni;

-qo‘shimcha qiymat qonuni;

Marks ta’limoti asosan proletariat sinfi manfaatlarini himoya qilgan, XIX asrning oxirgi choragida esa rivojlangan Yevropa va SHimoliy Amerika mamlakati aholisining aksariyat qismi bevosita ishlab chiqarish bilan mashg‘ul bo‘lgan bo‘lsa, hozirga kelib bu manzara butunlay o‘zgardi. Masalan, XX asr oxirlarida Yevropaning rivojlangan mamlakatlarida aholi ishga yaroqli qismining faqat beshdan bir qismi bevosita zavod–fabrika yoki qishloq xo‘jaligida mehnat qilish bilan shug‘ullandi. Bunday sharoitda aholining beshdan bir qismiga aylangan sanoat va qishloq xo‘jalik ishchilarining irodasini jamiyatning boshqa ko‘pchilik a’zolariga majburan qabul qildirishning va proletariat manfaatlari umuminsoniyat manfaatidir, deyish mantiqdan yiroq, g‘ayri ilmiy bo‘lib qoldi.

Karl Marks ijtimoiy–siyosiy ta’limotining sinfiy kurash, sotsial revolyusiya haqidagi qoidalari tarix sinovlariga bardosh bera olmadi. Hozirgi davrda jamiyat rivojlanishini inqilobiy o‘zgarishlar emas, balki evolyusiyaviy, bosqichma-bosqich, larzalarsiz, islohotlar orqali hal etish (I.Karimov) mumkinligi isbotlanmoqda.

Gerbert Spenser (1820 – 1903) – ingliz faylasufi va sotsiologi, pozitivizm asoschilaridan biri. Spenser Kont izidan borib, sotsiologiya asosiga evolyusiya g‘oyasini qo‘ygan. Evolyusiyaning mohiyatini u aloqadorlikning o‘sib borishida, deb bilgan. Uning "Sotsiologiya asoslari" asarining o‘zagini biologik ijtimoiy organizmlar o‘rtasida o‘xshashlik mavjud, degan qoida tashkil etadi. Bu masalada Spenser, Aflotun va Gobbs kabi jamiyatga "organizmik" yondashuvchi mutafakkirlar bilan bahsga kirishadi. Uning fikricha individual organizm "konkretlilik", ijtimoiy organizm esa "diskret" xususiyatga ega. Demakki, jamiyat alohida olingan shaxsni "yutib" yubora olmaydi. SHaxsning butunlay, ijtimoiy bir butunlikka bo‘ysungan jamiyatdan uni tashkil etuvchi, individlarga "xizmat qiluvchi" holatga o‘tishini, Spenser ijtimoiy taraqqiyotning muhim o‘lchovi, deb bilgan.

Kishilarning umumiy maqsadlariga erishishlaridagi hamkorligining ixtiyoriy yoki majburiy ekanligi ijtimoiy tuzilmalarning asosiy farqini belgilaydi. Aynan shu narsa "harbiy" va "sanoat" xilidagi jamiyatlarning qarama–qarshiligini belgilaydi. Spenser qarashlarida evolyusiyaviy– tarixiy yondashuv, strukturali – funksional va sistemali yondashuvlar bilan birlashib ketgan. Uning fikricha, ijtimoiy organizm uchta asosiy "sistema"dan iborat: "regulyativ", "hayot uchun vositalar ishlab chiquvchi", "taqsimlovchi". Sinfiy tavofutlarning manbaini g‘oliblarni xukmron sinfga aylanishi, mag‘lublarning qul yoki mute’ bo‘lib qolishi tashkil etadi. "Regulyativ" sistemani tahlil qilar ekan Spenser e’tiborini " ijtimoiy nazorat" mexanizmlariga qaratadi. Xususan, siyosiy boshqaruvni u ijtimoiy nazoratning bir turi sifatidagina qaragan. Bu institutlar, ibtidoiy jamiyatdayoq mavjud bo‘lgan shakllardan yuzaga kelgan va asta – sekin rivojlanib borgan.

Har qanday ijtimoiy institut "ijtimoiy harakatlarning" mustahkam tuzilmasi sifatida shakllanadi. Odamlarning kundalik xatti – harakatlari ustidan ijtimoiy nazorat "marosimiy institutlar" tomonidan amalga oshirildi. "Marosimlar", munosabatlarga kirishayotgan sub’ektlarning "maqom" va "miqyos"larini ramzlashtirgan holda, muomalani tartibga soladilar. Spenser evolyusiyani tarixiy jarayonga tadbiq etar ekan, ba’zi yangi hodisalarni tushuntirishda murakkabliklar sezgan. Masalan, kapitalistik erkin raqobat davrining tugashini ijtimoiy–iqtisodiy taraqqiyotning asosiy mezoni, deb bilgan. Shuning uchun u harbiylashtirilgan va byurokratiyalashib borayotgan jamiyatning bag‘ridagi xavfni tasvirlashga harakat qilgan.

Spenser sotsiologik ta’limotining ba’zi g‘oyalari (jamiyatning organik konsepsiyasi, ijtimoiy darvinizm unsurlari, muvozanat nazariyasi) zamonaviy sotsiologiya, xususan, Parsonsning strukturali funksional tahlili, sotsiobiologiya maktablari tomonidan puxta o‘zlashtirilgan.



Fridrix Vilgelm Nitsshe (1844–1900) – U “qadriyat” kategoriyasini Yevropa falsafasiga muomalaga kiritgan faylasufdir. U falsafaning o‘zini, qadriyatli tafakkur sifatida, talqin etib, qadriyat masalasini bilimning haqiqatligi muammosidan ustun qo‘yadi. F.Nitsshening falsafiy qarashlari, uning “hayot falsafasi” insonni tushunishda, hayotni tushunishda inqilobiy o‘zgarishlarni boshlab berdi. Nitsshe falsafasi “hayot eng oliy qadriyat” degan hozirgi davr insonparvarlik falsafasining asosiy g‘oyasini ilgari surdi.

Nitsshe ijtimoiy-falsafasida salohiyatli o‘rin egallagan “hokimiyatga bo‘lgan iroda” g‘oyasi, fundamental ontologik tushuncha sifatida, gavdalanadi. Nitsshe uchun “iroda” mavhum tushuncha bo‘lmasdan, balki, muayyan faol insonning o‘ziga xos individual irodasi, uning borlig‘i va hayotining mohiyatidir. Bu mohiyat, aslida, “hokimiyatga bo‘lgan iroda”da o‘zining real ifodasini topadi. Iroda ong va tafakkurga nisbatan birlamchi bo‘lib, u inson faoliyati bilan chambarchas bog‘langan. Dekartning: “men fikrlar ekanman, demak, mavjudman” tezisiga javoban, Nitsshe “irodaga ega bo‘lib, harakat qilar ekanman, demak, men hayotman” g‘oyasini ilgari suradi. Iroda Nitsshe ijtimoiy-falsafasining tamal toshini tashkil etadi. O‘z navbatida, faol, oddiy boqibeg‘am odamlardan farqlanadigan inson g‘oyasi hukmronlikka yo‘naltirilgan iroda yuksalishi konsepsiyasining pirovard natijasidir.

Fridrix Nitsshe uchun narsaning asosida Shopengauer singari hayotga intiluvchi iroda emas, balki hokimiyatga - hukmron bo‘lishga intilish irodasi yotadi. U o‘zining “Zardo‘sht tavallosi” deb nomlangan kitobi qaxramoni singari kuchli shaxslar tarafdori bo‘lgan. Ma’lumki, Zardusht baland tog‘ cho‘qqilarida, ya’ni oddiy odamlardan yuqorida o‘zining yaqin do‘stlari bilan birga bamisoli donishmand ilonday va mag‘rur burgutday hayot kechirgan. Odam bilan tabiat orasi qanchalik uzoqlashsa, odamning hayotga bo‘lgan qiziqishi shunchalik so‘nib boradi, odamning o‘zi esa bevosita kasallik timsoliga aylanib qoladi. Bundan qutulish yo‘li bitta – irodasi bo‘sh bo‘lgan kishilar ommasini o‘z orqasidan ergashtirib borishga qodir bo‘lgan kuchli shaxslarni tarbiyalab etishtirish kerak. “Havf-hatardan qo‘rqmay yasha” – Nitsshening shiori shunday bo‘lgan30.

Insondagi barcha salbiy sifatlarni bartaraf etish va yangi axloqiy qadriyatlarning ijodkori va sohibi bo‘lmish, Zabarmard (faol inson) idealiga erishish Nitsshe falsafasining asosiy maqsad – muddoasidir. Zabarmard tomonidan ilgari surilgan qadriyatlar, bu – eski qadriyatlarni tubdan isloh qilishga bo‘lgan mutlaq qobiliyat, ruhiy–ma’naviy ijod, hukmronlikka bo‘lgan irodani bir nuqtada jamuljam etish, o‘ta individualizm, hayotbaxsh optimizm, hech qanday chegarani tan olmaydigan barkamollik sari intilish. Jarayonlarning cheksiz bir tarzda o‘zining avvalgi holatiga qaytishi haqidagi g‘oya Nitsshening qator fikr-mulohazalariga zid kelib, uning falsafiy fikrlar yo‘nalishini bema’nilik jarligiga olib borib qo‘yadi.



Vilgelm Diltey (1833—1911) - “Hayot falsafasi”ning nitsshecha talqinidan keyin G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida “akademik” hayot falsafasi oqimi vujudga keldi. Bu oqimningasoschisi Vilgelm Dilteydir.

Diltey o‘zining nazariy vazifasini “tarixiy tafakkur”ni tanqidiy tahlil qilib chiqishda, tarixiy ta’limot uslubining yangi talqinini berishda xamda shu asosda tarixiy dunyoqarashning kelajagi va natijalarini ko‘rib chiqishda ko‘radi. Ana shu muammoni echishda hayot falsafasi tushunchalari apparatidan foydalanadi, “hayot” falsafasini birmuncha rivojlantiradi. Lekin, u Nitsshedan farqli o‘laroq ilm-fan ahami­yatini inkor qilmaydi. Aksincha, Diltey inson, jamiyat, tarix madaniyat haqidagi fanlarni asoslashga harakat qiladi. Uning fikricha, hayot sohasi ruhiyat bilan, ruhiyat faoliyati bilan bog‘liqdir.

Diltey fikricha, tashqi dunyo ishonch, tafakkurlash jarayonida vujudga kelmaydi, balki ichki intilish, iroda va hissiyot orqali paydo bo‘ladi. Inson intilishi hayotda benihoya katta rol o‘ynaydi. Inson, Diltey fikricha, intilishlar yig‘indisi, “tizimidir”. Ana shu intilishlar va qiziqishlar irodaviy hapakatga chorlaydi va qarama-qarshilikka uchrab, bizda tashqi olam, ob’ektlar to‘g‘risida tasavvur uyg‘otadi.

Tabiat insonga begonadir, deydi Diltey. Tabiat hodisalari alohida fenomenlar sifatida bizga tashqaridan beriladi, ular o‘z holicha “soqovdir” va hech nima demaydi. Tabiatni bilish uchun biz tasavvuriy simvollarga (belgilarga) murojaat qilishimiz ke­rak Tabiat hodisalari sababiy bog‘lanishini biz tafakkurimizda sintez oqibatida bilamiz, ya’ni ana shu sababli bog‘lanish bizning ichimizda sodir bo‘ladi.

Lekin tabiat ruhiyat fanlari uchun asosdir. Ruhhaqidagi fanlarning predmeti hayotdir. Hayotni dunyodan emas, balki dunyoni hayotdan tushuntirish kerak31.

Georg Zimmel (1851–1918) - Hayot falsafasining atoqli namoyondasi.Uning fikricha, “hayot” cheksiz hayot turlari va doimiy o‘zgarishdagi “ijodiy jarayon” bo‘lib, u umumiylik va qonuniyatlardan xolidir. Shu sababli, “hayot” va “aql” ni tenglashtirish mumkin emas. “Hayot”, Zimmel fikricha, ijodiy jarayonning vujudga kelishidir. Bu jarayonni aql vositalari bilan tushuntirib bo‘lmaydi, buni faqat ichki iztirob, intuitsiya orqali tushunish mumkin. Ana shu hayot iztiroblari madaniyatning ko‘pgina shaqllari orqali ob’ektivlashadi. Zimmel falsafiy qarashlarining shaqllanishida Shopengauer va Nitsshe ta’limotlarining ta’siri kuchli bo‘lgan.

Zimmel umumiy qonun o‘rniga faqatgina intuitsiya orqali bilish mumkin bo‘lgan “individual qonun” ni yoki inson taqdirini qo‘yadi. Hayotni doimiy “o‘z-o‘zini anglash” sifatida talqin etadi. Shunga ko‘ra, Zimmel hayotni ta’riflashda quyidagi ikki tushunchadan foydalanadi. Ulardan birinchisi, “hayotdan afzalroq” (Mehr–Leben”), ikkinchisi “hayotdan ham muhimroq” (“Mehr–als–Leben”) tushunchalaridir. Hayotniing birinchi darajasi tabiat, oila, jamiyat ko‘rinishida, ikkinchisi, hayotning oliy ruh darajasi bo‘lib, madaniyat turlari ( din, san’at va fan) ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.

Zimmel “formal sotsiologiya” asoschisi bo‘lib, u jamiyatni son-sanoqsiz ijtimoiy o‘zaro ta’sirlar yig‘indisi sifatida ta’riflaydi. Bu o‘zaro ta’sirlarning turlari umumiy xarakterga egadir, ammo ularning mazmuni (maqsad va motivlari) o‘zgaruvchan bo‘lib, konkret-tarixiy xarakter kasb etishini e’tirof etgan.

U insonlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlarni ularda ishtirok etayotgan kishilarning miqdoriga, munosabatlari va makoniga ko‘ra turlarga ajratadi. Uning fikricha, zamonaviy madaniyatning asosiy xususiyatlari mavjud ijtimoiy “mato”ni birlashtiruvchi va ajratuvchi maqomga ega bo‘lgan intellekt va puldan iboratdir.

Zimmel. g‘oyalari XX asrning faylasuf va sotsiologlari A.Firkandt, L.Vize, M.Veber, G.Lukach ijodiga, shuningdek, Frankfurt maktabi, falsafiy antropologiya, postmodernizm oqimlariga ham ta’sir etdi.

Anri Bergson(1859—1941) – Fransiya “hayot falsafasi”ning mashxur namoyandasi Anri Bergsondir. Uning fikricha, hayot mohiyatiga faqat intuitsiya orqali, ichki ovoz yordamida etishish mumkin. Ana shu intuitsiya bevosita predmetga kirib, uning individual tabiati bilan ko‘shilishadi. Intuitsiya biluvchi bilan bilinuvchini ob’ekt va sub’ekt singari bir-biriga qarama-qarshi qo‘ymaydi. U hayot orqali o‘z-o‘zini anglashdir, bevosita “ko‘rish” va “payqashdir”. Shuning uchun ham Bergson xar bir ongning bevosita berilgan hayotiga qaytishga chaqiradi32.

Intellekt va intuitsiya haqidagi qarashlari Bergsonning evolyusion (tadrijiy) nazariyasida o‘z aksini topgan. Demak, hayot bu — qandaydir metafizik holatdagi jarayon bo‘lsa, “hayotiy jo‘shqinlik” esa ulkan ijodiy jarayon to‘lqinidir. Jo‘shqinlikning zaiflanishi natijasida hayot materiyaga aylanadi, ya’ni ruhsiz, jonsiz massaga, narsaga aylanadi.

Inson, Bergson fikricha, ijodiy mavjudotdir. Inson opqali “hayotiy jo‘shqinlik” amalga oshadi. Ijod qobiliyati, uningcha, irratsional intuitsiyaga bog‘liq. Bunday qobiliyatga hamma xam ega emas. Bu — xudoningtanlangan insonlarga bergan in’omidir. “Bizning tanamiz, — deydi Bergson, — bu harakat qurolidir. Ong esa, ana shu harakatni ko‘tarib yuruvchidir. Tasavvur qilish bu narsalarning ko‘zgusi emas, balki narsalarning bizga ta’sir qilishidir”33.

Inson intellekti harakat extiyojidan kelib chiqadi. Inson intellekti, bu Aflotun aytgan intellekt emas. Intellekt — bu harakatdir.

Fan faqat amaliy foydani ko‘zlaydi. Intellektda biz tirik borliqni ko‘ra olmaymiz, tayyor o‘lik maxsulotni ko‘ramiz. In­tellekt orqali olinadigan bilim nisbiydir. Faqatgina intuitsiya falsafaning vazifasini bajara oladi. Mutlaqhaqiqatga faqat intuitsiya orqali boriladi. Intuitsiya predmetning mohiyatiga kirib, u bilan birlashadi. Tirik mavjudotning xususiyati davomiylikdir, uzluksiz ijodiyotdir. Hayotiy boshlang‘ich anglashdan boshlanadi. Davomiylik anglashdan iborat. “Hayot — oqim, organizmda kechadigan bir tug‘ilishdan ikkinchi tug‘ilishgacha davom etadigan davomiylik”.

Bergson voqelikni ruhiy-poetik tarzda tushunadi. Hayot uning uchun davomiylik  harakatchanlik tushunchalari  orqaliochiladi. Uning fikricha, fanga hayotiylikni kiritish kerak.Hayot ikkiga bo‘linadi:

1)   individlar;

2)   turlar.

Bu bo‘linish hayotning ichki kuchi orqali sodir bo‘ladi. Hayot – bu, intilishdir. Uning mohiyati biron-bir shaqlni vujudga keltirib, uni rivojlantirishdan iborat. Bujihatdan inson hayotini olsak u to‘xtamas ochiq tizimdir. CHeksiz ravishda bo‘linib, rivoj topib boradi. Doimo hayotga moslashib boradi34.

Bergson fikricha, rivojlanish faqat oldinga qarab emas, balki orqaga xam ketishi mumkin. Rivojlanish qo‘shilishdan emas, balki ajralishdan iborat bo‘ladi. Demak, hayot mohiyati harakatdan ibo­rat.

Bergson hayotni harakat orqali tushungan. O‘simlikning harakatsizligi instinkt va intellektning turli elementlaridan iborat. Bergson fikricha, aqlga ham, instinktga ham qatiy ta’rif berib bo‘lmaydi. Ular yakunlangan narsalar emas. Ular doimo harakatda bo‘ladi. Ongning o‘ziga xosligi sun’iy ravishda predmetlarni vujudga keltirishdan iborat. Masalan, mehnat quroli instinkt bo‘lsa, intellekt tirik organizmga xos bo‘lgan quroldir. Intellekt onglilik mahsuli. Instinkt esa ongsizlik mahsuli.

Bergson xam evolyusiya tushunchasiga o‘z e’tiborini qaratadi. “Evolyusiya — bu oqim”, — deydi u. Hayotning ichki qonuniyati bor. Uning fikricha, bu insonning ichki kuchidir. Hayotiy ener­giya ta’sirida butun hayot rivojlanadi, deydi va fanga murojaat qiladi.



Yüklə 6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə