O’zbеkistоn respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti



Yüklə 6,34 Mb.
səhifə4/362
tarix22.03.2024
ölçüsü6,34 Mb.
#181555
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   362
pedagogika nazariyasi 1-kurs

2.Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashgaalohida hissa qo`shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotidaetakchi o`rin tutuvchi g`oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega.
O`zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy vaaxloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol g`oyasi asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini ijodiy rivojlantirish vazifasini hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor šaratiladi:

  1. Ma’naviy vaaxloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalashga yo`naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o`rganish.

  2. SHaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash.

  3. Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda, rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi tajribasini o`rganish asosida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish.

  4. Ta’lim muassasalari hamda, ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash.

  5. Ilg`or pedagogik tajribalarni umumlashtirish vaamaliyotga joriy etish.

  6. Pedagoglarni pedagogika nazariyasigaoid bilimlar hamda ta’lim-tarbiya usullari bilan qurollantirish.

  7. Ta’lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo`nalishlari o`rtasidagi o`zaroaloqadorlikni ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o`rganish.

  8. O`qitish hamda tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish.

  9. Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.

Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o`zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushunchakategoriya deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga haratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o`qitish, o`qish), bilim, ko`nikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish.
SHaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari vaxatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo`lgan jamiyat a’zosi.
Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajribaasosida yosh avlodni har tomonlama o`stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Ta’lim –o`quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko`nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o`stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo`naltirilgan jarayon.
Bilim shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko`rinishidaaks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko`nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil etaolish qobiliyati.
Malaka –muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o`zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko`nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o`sishida namoyon bo`ladigan miqdor va sifat o`zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.

Yüklə 6,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə