O’zbеkistоn respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti


Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari



Yüklə 6,34 Mb.
səhifə7/362
tarix22.03.2024
ölçüsü6,34 Mb.
#181555
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   362
pedagogika nazariyasi 1-kurs

6.Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari. Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadidaolib borilgan tadqiqot ishlarining g`oyasi, mazmuni hamda natijalari hisobiga ta’minlanadi. Ijtimoiy va ishlab chiharish jarayonining keskin rivojlanishi shaxsni har tomonlama kamol toptirish imkonini beruvchi omil hamda pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash, jamiyat va shaxs ma’naviyatiga ziyon etkazuvchi holatlarni bartaraf etishni taqozo qiladi. Tarbiya jarayonlarining mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada o`rganish, mavjud ko`rsatkchlar vositasida ularning sodir bo`lish sabablarini o`rganish, zarur chora-tadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Pedagogik izlanishlarning samarali kechishi bir qator ob’ektiv va sub’ektiv omillarga bog`liq. Mazkur jarayonda maqsadga muvofiq keluvchi, maqbul. Ayni vaqtda samarali bo`lgan metodlarni tanlay olish ham muhimdir.
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo`nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga berish tamoyillari, ob’ekti va sub’ektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning chki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir.
Ayni vaqtda, O`zbekiston Respublikasida pedagogik yo`nalishdaolib borilayotgan ilmiy izlanishlar dialektik yondashuvgaasoslanadi. Pedagogik hodisa, voqelik va ularning qonuniyatlarilarni aniqlashga bunday yondashuv pedagogik hodisa va jarayondlarning umumiy aloqasi, ularning izchil, uzluksiz rivojlanishi, bolaning fiziologik rivoji uning psixologik, intellektual jihatdan takomilashtirib borishini ta’minlashi, šarama-šarshiliklarning shaxs kamolotini ta’minlashdagi o`rni va roli, shuningdek, dialektika kategoriyalarining ahamiyatini e’tirof etadi.
Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalgaoshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamdaaniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo`lgan jarayon bo`lib, uning samarali bo`lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir:

  1. muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi;

  2. ilmiy farazlarning to`g`ri shakllantirilganligi;

  3. vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to`g`ri belgilanganligi;

  4. tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan ob’ektiv yondashuv;

  5. tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining to`g`ri hisobgaolinganligi;

  6. tadqiqot natijalarini oldindan tashhislash va uning natijalarini aytib o`tish;

  7. tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi.

Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo`nalishda, tadqiqotlarni olib borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:

  1. Pedagogik kuzatish metodi.

  2. Suhbat metodi.

  3. Anketa metodi.

  4. Intervyu metodi.

  5. Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi.

  6. Test metodi.

  7. Pedagogik tahlil metodi.

  8. Bolalar ijodini o`rganish metodi.

  9. Pedagogik tajriba metodi.

  10. Matematik-statistik metod.

Pedagogik kuzatish metodi. Uni qo`llash jarayonida, ta’lim muassasalarining o`quv-tarbiya ishlari jarayonini o`rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo holat aniqlanadi, tajriba- avvali va yakunida qo`lga kiritilgan ko`rsatkchlar o`rtasidagi farq to`g`risidagi ma’lumotga ega bo`linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o`zigaxos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalgaoshirilsa, kutilgan natijani qo`lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, o`quvchi shaxsini shakllantirishgaxizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanadaoshadi.
Pedagogik kuzatuvni tashkil etishdaxatoga yo`l qo`ymaslik muhimdir. Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi:

  1. kuzatuv jarayonidaaniq maqsadga egalik;

  2. kuzatishni tizimli ravishda yo`lga qo`yish;

  3. kuzatishning har bir bosqchida muayyan vazifalarni hal etish;

  4. har bir holatning mohiyatini sinchiklab o`rganish;

  5. xulosa chišarishga shoshilmaslik.

Suhbat metodi. Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bo`lingan ma’lumotlarni boyitish, mavjud holatga to`g`ri baho berish, muammoning echimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari sub’ektlari imkoniyatlarini muammoechimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat maqsadga muvofiq holda indiviudal, guruhli hamdaommaviy shaklda o`tkaziladi. Suhbat jarayonida respondentlarning imkoniyatlari to`la-to`kis namoyon bilishga erishish muhimdir. Uning samarali bo`lishi uchun quyidagilargaamal qilish maqsadga muvofiq:

  1. maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi savollarning mazmuni aniqlash hamda savollar o`rtasidagi mantiqiylik va izchillikni ta’minlash;

  2. suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash;

  3. suhbat ishtirokchilarining soni xususida ma’lum to`xtamga kelish;

  4. suhbatdosh to`g`risidaavvaldan muayyan ma’lumotlarga ega bo`lish;

  5. suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bo`lish;

  6. suhbatdoshning o`z fikrlarini erkin va batafsil aytaolishi uchun sharoit yaratish;

  7. savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish;

  8. olingan ma’lumotlarni o`z vaqtida tahlil qilish.

Anketa metodi (fransuzcha – tekshirish). Ushbu metod yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to`plangan dalillar boyitiladi. Anketa metodi ham tizimlangan savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishgaasoslanadi. Anketa savollariga javoblar, ko`p hollarda, yozma ravishdaolinadi. O`rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holdaanketa savollari quyidagcha bo`ladi:

  1. ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, bafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar);

2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo`q», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniharli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar).
Anketa metodini qo`llashda ham bir qator shartlargaamal qilish zarur. Ular quyidagilardir:

  1. anketa savollari tadqiq etilayotgan muammoning mohiyatini yoritishgaxizmat qilishi lozim;

  2. anketa savollari yirik hajmli va noaniq bo`lmasligi kerak;

  3. anketa savollari o`quvchilarning dunyošarashi, yosh va psixologik xususiyatlarini inobatgaolish asosida tuzilishi zarur;

  4. anketa savollari respondentlar tomonidan to`la javoblar berilishini ta’minlovchi vaqtni kafolatlay olishi zarur;

  5. anketa o`quvchilarning pedagogik va psixologik tavsifnomalarini tuzish manbaigaaylantirib yuborilmasligi zarur;

  6. anketa javoblari muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart.

Intervyu metodi respondent tomonidan tadqiq etilayotgan muammoning u yoki bu jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabat bildirilishini ta’minlaydi. Intervyu respondent e’tiboriga turkum savollarni havola etish asosida o`tkaziladi. Intervyu jarayonidaolingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi.
Ta’lim muassasasi hujjatlarni tahlil qilish metodi. Pedagogik hodisa va dalillarni tekshirish maqsadida ta’lim muassasalari faoliyati mazmunini yorituvchi ma’lumotlarni tekshirish maqsadga muvofiqdir. Mazkur metod O`zbekiston Respublikasining «Ta’lim to`g`risida»gi qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablarining ta’lim muassasalari amaliyotidagi bajarilish holatini o`rganish, bu boradagi faolllik darajasi, erishilgan yutuq hamda yo`l qo`yilgan kamchiliklarni aniqlash, ilg`or tajribalarni ommalashtirish va ta’lim muassasasi pedagogik tajribasini oshirish maqsadida qo`llaniladi.Ta’lim muassasasi faoliyati mohiyatini yorituvchi hujjatlar quyidagilardan iborat: O`quv mashg`ulotlarining jadvali, o`quv dasturi, guruh (yoki sinf) jurnallari, o`quvchilarning shaxsiy varaqalari, buyruqlar, Pedagogik Kengash yig`ilishi bayonnomalari yozilgan daftar, Pedagogik Kengash šarorlari, ta’lim muassasasi smetasi hamda pasporti, tarbiyaviy ishlar rejasi, o`quv-tarbiya ishlarini tashkil etish borasidagi hisobotlar, ta’lim muassasasi jihozlari (o`quv partalari, stol stullar, yumshoq mebellar va hokazolar) qayd etilgan daftar va hokazolar. Mazkur metod muayyan yo`nalishlarda o`quv-tarbiya ishlari samaradorligi darajasi, o`quvchilarda hosil bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar hajmi, ilg`or pedagogik tajribalar mazmunini o`rganishda muhim ahamiyatga ega.
Test metodi. Ushbu metod respondentlar tomonidan muayyan fan sohasi yoki faoliyat (shu jumladan, kasbiy faoliyat) bo`ycha o`zlashtirilgan nazariy bilim vaamaliy ko`nikma, malakalar darajasini aniqlashgaxizmat qiladi. Test o`z mohiyatiga ko`ra quyidagi savollardan iborat:
1)ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, bafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar);
2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo`q», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniharli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar).
3) to`g`ri javob variantlari qayd etilgan savollar (respondentlar o`z yondashuvlariga ko`ra to`g`ri deb topgan javob variantini belgilaydilar).
Test metodini qo`llashdaaniqlanishi zarur bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalarni turkum asosida berilishiga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodning afzalligi respondentlar javoblarini aniq mezonlar bo`ycha tahlil etish imkoniyati mavjudligi hamda vaqtning tejalishi bilan tavsiflanadi. Biroq, metod ayrim kamchilikdan ham holi emas. CHunonchi, aksariyat holatlarda javoblar yozma ravishdaolinadi, shuningdek, respondent taklif etilayotgan javob variantlardan birini tanlashi zarur. SHu bois respondent o`z fikrini batafsil ifoda etish imkoniyaga ega emas.
Pedagogik tahlil metodi. Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu metodni qo`llashdan ko`zlangan maqsad tanlangan muammoning falsafiy, psixologik hamda pedagogik yo`nalishlarda o`rganilganlik darajasini aniqlashdan iborat bo`lib, tadqiqotchi ilgari surayotgan g`oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashgaxizmat qiladi.
Bolalar ijodini o`rganish metodi. Mazkur metod o`quvchilarning muayyan yo`nalishlardagi layoqati, qobiliyati, shuningdek, ma’lum fan sohalari bo`ycha bilim, ko`nikma va malakalari darajasini aniqlash maqsadida qo`llaniladi. Uni qo`llashda o`quvchilarning ijodiy ishlari – kundaliklari, insholari, yozma ishlari, referatlari, hisobotlari muhim vosita bo`lib xizmat qiladi. Metodning afzalligi shundaki, u ma’lum o`quvchigaxos bo`lgan individual imkoniyatni ko`raolish, baholash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
Bolalar ijodini o`rganishning quyidagi shakllari mavjud:

  1. fan olimpiadalari;

  2. turli mavzulardagi tanlovlar;

  3. maktab ko`rgazmalari;

  4. festivallar;

  5. musobaqalar.

Pedagogik tajriba (eksperiment – lotincha «sinab ko`rish», «tajriba qilib ko`rish») metodi. Pedagogik tajriba metodidan muammoechimini topish imkoniyatlarini o`rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay olishi, ilgari surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o`z in’ikosiga ega bo`laolishi hamda samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Muayyan muammoechimini topishga yo`naltirilgan pedagogik tajriba ma’lum doirada, soni aniq belgilangan respondentlar ishtirokidaamalgaoshiriladi. Mazkur metoddan foydalanish tadqiqotchi tomonidan ilgari surilayotgan maxsus metodikaning samaradorligini aniqlay hamda unga baho beraolishi zarur.
Pedagogik tajriba tashkil etilish sharoitiga ko`ra quyidagi guruhlarga bo`linadi:

84-85. Tushunishjarayoniningko‘tarilishi.


Ba’zan talabalar o‘zlarini kashf qilish va tekshirishda strategiyaga bo‘lishmaydi. Natijada talabalarni mustaqil o‘ylovchi va o‘rganuvchi bo‘lishlarini o‘rganishlari uchun o‘qituvchilar o‘ylash jarayonini ehtiyotlik bilan ko‘tarib borishlari kerak.
Agar tekshirish va topish tadqiqot shaklida mavjud bo‘lsa o‘qituvchilar talabalar muhtoj bo‘lgan tushunishga yo‘l ko‘rsatish uchun grafik tashkilotchilar, qoliplar va har tomonlama o‘rganib chiqilgan saytlar bilan ta’minlashadi. Umuman talaba qanchalik yosh bo‘lsa, unumli, barbod bo‘lmaydigan tadqiqotni davom ettirish uchun shunchalik ko‘rproq tuzilish zarurdir.
Odat datalabalaroliyta’limgachato‘liqrivojlangantekshirishvatoppishtadqiqotiuchunqobiliyatgamuhtojbo‘ladi.
Scaffoldlaryana Tekshirish va Topish jarayonini analiz qilish yo‘llarini o‘rgatishni ham boshqarishlari mumkin. SHe’riyat va kichik hikoyalar talabalar tomonidan kichik guruhlarda qadam-baqadam analiz usullari orqali tahlil qilinadi. Kollej boshqarmasi tomonidan foydalaniladigan 2 ta usul talabalarga adabiyot va uning tarkibiy qismlarin itahlil qilish,tarjimani sintez qilishlari uchun qadamlar dasturini beradi, maqsad esa uning ma’nosi va ahamiyatini tusunishdan iboratdir.
NHTMMT (Notiq, Holat, Tinglovchi, Maqsad, Mavzu, Tovush) usuliada tahlil qilishda foydalaniladi. NPQFO‘SP (Nom, Parafraza, Qo‘shimcha ma’no, Fikr, O‘zgarish, Sarlavha va Predmet) analizi esa talabalarni.
Talaba o‘rganishining 3-prinsipi bo‘lgan Scavvoldlar talabalarga o‘z ta’limini shakllantirishga yordam beruvchi usullar va tashkilotchilardir. Talabalar Scavvoldlardan ularga ishonish va shaxsini ko‘rsatish uchun foydalanadilar.
Amalda bu usullar talabalar miyasiga o‘rnashadi va namoyon bo‘ladiki, ular katta kuch talab qiladigan asarlar to‘plamini tekshira oladilar va hech qanday o‘y-fikrlarsiz ham ularning ma’nosini topaoladilar. Bu kabi faoliyatlar talabalarni adabiyotdagi o‘z tushunchalarini tekshirishga va topishga yo‘naltiradi.
Rivojlanayotgan ilmiy tajribaga asoslanmagan tushuncha tadqiqotga oid loyiha va tajribalar bilan bir xil nazorat qilinishi mumkin. Tadqiqot usullari ilmiy loyiha bilan bahslashadi, shuning uchun talabalar metodik qurilgan hajmda tajribalar o‘tkazishadi, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishadi. SHuningdek, laboratoriya hisobotlari talabalarning malakali olimlar kabi o‘ylashlari, analiz va sintez qilaolishlarini ta’minlashga qaratilgan. Undan tashqari, talabalar boshqarilgan yoki ochiq tadqiqotlarda qatnashayotgan paytda, ular ilmiy tajribalarni toppish, taxminlarga asoslangan mulohazalarini sinab ko‘rish va mukammallashtirish uchun tadqiqotlar o‘tkazishmoqda - ular mantiqiy usulda o‘z tushunchalarini rivojlantirish uchun himoyalanadi. Ta’sirli ilmiy o‘qituvchilar talabalarga mustaqil o‘rganuvchi bo‘lishlariga yordam beruvchi faoliyatlar yaratadilar.2
Pedagogik tajriba ham bir qator shartlargaamal qilgan holda tashkil etiladi. Xususan:

  1. tajribaning maqbul loyiha (dastur) asosida uyushtirilishi;

  2. tadqiqot ilmiy farazining puxtaasoslanishi;

  3. tadqiqot ob’ektlari vv usullarining to`g`ri tanlanishi;

  4. tajriba o`tkazilish vaqti hamda davomiyligini aniqlanishi;

  5. zarur pedagogik shart-sharoitlar (asbob-uskuna, jihozlar, vositalar)ning yaratilganligi;

  6. tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish, tahlil qilish va natijalarni qayta ishlash.

Pedagogik tajriba yakunidaolingan natijalargaasoslanib umumiy xulosaga kelinadi va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Matematik-statistik metod tajriba-sinov ishlari, shuningdek, umumiy holda tadqiqotning samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida qo`llaniladi, muammo holatini ifodalovchi ko`rsatkchlar maxsus matematik formulalar yordamida qayta tahlil etiladi. YAkuniy qiymat tadqiqot samarasini ifodalovchi asosiy ko`rsatkch hisoblanadi. Ayni vaqtda, pedagogik yo`nalishda, tadqiqotlar olib borishda Styudent, Ko`virlyag, Rokch, V.P.Bespal`ko hamda V.V.Grechixin metodlaridan keng foydalanilmoqda.

Yüklə 6,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə