O’zbеkistоn respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti



Yüklə 6,34 Mb.
səhifə6/362
tarix22.03.2024
ölçüsü6,34 Mb.
#181555
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   362
pedagogika nazariyasi 1-kurs

5.Pedagogika fanlari tizimi. SHaxs kamolotini ta’minlash, uning intellektual, ma’naviy-axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning o`zigaxos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatgaolish maqsadga muvofiqdir. SHu bois yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o`rganiladi. Ular quyidagilardir:

  1. Umumiy pedagogika – maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish masalalarini o`rganadi.

  2. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotgaetkazish masalalarini o`rganadi.

  3. Boshlang`ch ta’lim pedagogikasi – boshlang`ch sinflar o`quvchilarini tarbiyalash, ularga ta’lim berish, ularning o`zigaxos psixologik hamda fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, shuningdek, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotgaetkazish masalalarini o`rganadi.

  4. Korreksion (maxsus) pedagogika – rivojlanishida turli psixologik va fiziologik nuqsonlari bo`lgan bolalarni tarbiyalash va o`qitish bilan bog`liq muammolarni o`rganadi.

O`z navbatida korreksion pedagogika tarkibiga maxsus pedagogika va psixologiyaning turli sohalari kiradi. Ular quyidagilardir:


    1. Surdopedagogika va surdopsixologiya – eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o`qitish va tarbiyalash masalalarini o`rganadi.

    2. Oligofrenopedagogika vaoligofrenopsixologiya – aqli zaif bolalarni rivojlantirish, o`qitish va tarbiyalash masalalarini o`rganadi.

    3. Tiflopedagogika va tiflopsixologiya – ko`rish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o`qitish va tarbiyalash masalalarini o`rganadi.

    4. Logopediya va nutqiy buzilishlar psixologiyasi – nutqi, shuningdek, motorli-harakatlanish doirasida murakkab nuqsonlari bo`lgan bolalar (ko`r, soqov va kar bolalar)ni rivojlantirish, o`qitish va tarbiyalash masalalarini o`rganadi.

  1. Metodika– xususiy fanlarni o`qitish xususiyatlarini o`rganadi.

  2. Pedagogika tarixi – ta’lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyan tarixiy davrlardaetakchi o`rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini o`rganadi.

  3. Pedagogik texnologiya – ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo`llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o`rganadi.

  4. Pedagogik mahorat – bo`lajak o`qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o`rganadi.

9. Ta’limni boshqarish – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo`lga qo`yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini o`rganadi.
10. Ijtimoiy pedagogika – ijtimoiy munosabatlar jarayonida pedagogik g`oyalarning tutgan o`rni va roli, shaxsni kasbiy va ijtimoiy faoliyatga yo`naltirish muammolarini o`rganadi.

Yüklə 6,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə