O’zbеkistоn respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti



Yüklə 6,34 Mb.
səhifə3/362
tarix22.03.2024
ölçüsü6,34 Mb.
#181555
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   362
pedagogika nazariyasi 1-kurs

1.Pedagogikafanining predmeti. Pedagogika (yunoncha paidagogike bo`lib, paidagogos «bola» va «etaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o`rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g`oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o`rganadi. Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o`qitish va tarbiyalashgaasosiy e’tiborni šaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.
1-2.Xuddi bulutlar ustida ko`tarilgan soyabondek, olti asosiy tamoyil yangi ta`lim nazariyasidan shakllangan va yangicha uslubni sinf amaliyotida qo`llash imkoniyatiga ega. Ushbu kitobning asosiy mavzusi bo`lgan oltita tamoyil o`qitish amaliyotini o`zgartirish imkoniyatiga ega. Ular bugungi kunning eng zo`r g`oyalariga asoslangan bo`lib o`qituvchi va boshqaruvchilarga kundalik amaliyotda yo`riqnoma bo`lib xizmat qiladi.
Yangi pedagogikani boshqarish: o`qitishni o`zgartiruvchi oltita tamoyili mazkur samarali amaliyot yo`riqnomasini yaxshiroq tushunishga bag`ishlangan. Iltimos o`qish jarayonida mazkur tamoyillar va uslublarni sinfda, amailyotda qo`llang.
Bolalarni o`ylayshga undang
Fikr bu suyuqlik to`ldirishga mo`ljallangan idish emas, balki alanga olishi lozim bo`lgan olovdir.
Plutarx. Fizika o`qituvchisi Patrik Disley bilan oliy ta`lim maktabi fiziklar sinfida tezlanishni o`rganish jarayonida siz jezning jiringlashi va kichkina mashinachalarning gir aylanib sirpanib metal izlarga tushishi kabi hodisalar bilan tanishasiz. Mashina qo`yib yuborilgandan keyin arqondagi og`irlik mashinani pastga mashina uchun mo`ljallangan yo`lakka qo`yadi. Mashina yo`lak oxiriga yaqinlashishi bilan u sensori orqali o`tadi va kompyuter mashinaning tezligini yozadi.
Sinfxona o`rtasida jiringlash va mashinalarning urilishidan chiqqan uyg`unlashmagan tovushlar sekin-asta har bir testda ko`proq og`irlik qo`shadi va kompyuter eng katta tezlikni yozadi. Talabalar kompyuter qismlari atrofida yig`lishadi mashinalarni qo`yib yuborishadi keyin esa natijani ko`rish uchun darrov kompyuter ekraniga yuzlanishadi.Ajoyib fizika o`qituvchisi Disley erishilgan natijalarni kuzatar ekan talabalarining savollariga javob beradi va erishilgan yutuqlarni ko`radi.
Disley koinotdagi kuchlar haqida ma`ruza o`qiydigan dono o`qituvchi bo`lgandan ko`ra, texnologiyalardan mohirona foydalanishni o`rgatuvchi murabbiy bo`lishni afzal ko`radi. U boshqa fiziklarga o`xshamagan holda, faqatgina nazariy bilimlar bermasdan amaliyotda tajribalar o`tkazish orqali ya`ni modellashtirish ko`rsatmasi bo`yicha o`quvchilarda tushuncha hosil qiladi.Disley darslarini hal qilinishi lozim bo`lgan muammo yoki savol bilan boshlaydi va talabani savolga tushunganligini diqqat bilan kuzatadi.
Avvalgi tajribani boshlashdan avval uning sinfi obyektlarning harakatlanishini, yan`i tezlik va tezlanishni diqqat bilan o`rganishdi. O`quvchilar ushbu tushunchalarni o`zlashtirgandan keyin tezlanish sababchi bo`ladigan jarayonlarni o`rganishga o`tishdi: kuch va ko`plab murakkab tushunchalar. Talabalar guruhlarga bo`linib tezlanishni sodir bo`lishi haqida gipotezalarni ishlab chiqishadi va texnologiyalardan foydalanib tajribalar o`tirish yo`li bilan nazariyalarini amaliyotda sinashadi.
Talabalar tajribalarni yakunlashgandan keyin tezlashishning paydo bo`lishini ifodalovchi grafiklarini taxlil qilishadi va natijalarni hisoblash uchun matematik formulalar yozishadi. Keyin esa o`rganganlarini hayotga tadbiq qilishadi.Disley kitoblarga tayanib olib boriluvchi an`anaviy metodlardan ko`ra ushbu tajribaga asoslangan darslarning samarali ekanligini ta`kidlaydi. Aslida, Disleyning o`quvchilari mamlakatdagi boshqa ko`pchilik oliy ta`lim kollejlaridagi mashhur fiziklarga qaraganda fizikani yaxshiroq bilishadi.Uning muvaffaqiyati sirini yodda tuting: talabalar ilmiy jarayonlardan tushuncha hosil qilish uchun foydalanishadi. Ularning kashfiyotlari natijalarini analiz va sintez qilish bilishning yuqori darajasi hisoblanadi va talabalarda bilim hosil qilish uchun foydalaniladi.
Bunga qarama-qarshi o`laroq fiziklarning dars jarayonlari yuqoridagi uslubdan tubdan farq qiladi. Ularning sinfxonalarida turli xil tajribalar natijasida chiqadigan tovushlar o`rniga, xonada joylashtirilgan katta doskaga turli xil diagrammalar chizayotgan bo`rning tovushi yangraydi.
G`oyalar, fikrlar faqatgina nazariya tarzida tushuntiriladi va yangi-yangi tajribalar o`rniga faqatgina avalgi tajribalardan foydalaniladi. Ko`pchilik hollarda, talabalardan bilimni o`zlari o`tkazgan tajribalar orqali emas balki, kitoblardan, leksiyalardan, filmlardan olishlari kutiladi.1
Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «o`rgatuvchi», didasko «o`rganuvchi»)ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o`qituvchi va o`qituvchi faoliyatlari, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo`llari va hokazo muammolarni tadqiq etadi.
Ta’lim o`z mohiyatiga ko`raumumiy va maxsus kabi turlargaajratiladi. Umumiy ta’lim har bir shaxsning kamol topishi hamda u tomonidan hayotiy faoliyatni tashkil etaolishi uchun zarur bo`lgan ma’lumotlarni berishga yo`naltiriladi. Umumiy ta’lim asosida o`zlashtirilgan ma’lumotlar kelgusida shaxsning kasbiy tayyorgarligini ta’minlashga imkon beruvchi maxsus ta’lim olishi uchun asos bo`ladi. Maxsus ta’lim – o`zida mutaxassislik xususiyatlarini namoyon qilib, shaxsga muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish borasida nazariy bilimlarni berish asosidaamaliy ko`nikma hamda malakalarni shakllantirishgaxizmat qiladi.
Ta’lim, shuningdek, turli darajadagi ta’lim dasturlarini amalgaoshirishiga ko`ra maktabgacha ta’lim, umumiy o`rta ta’lim, o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o`quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash hamda maktabdan tashqari ta’lim kabi turlarga bo`linadi.
Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo`lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o`rganadi.
Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajribaasosida yosh avlodni har tomonlama o`stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir.
Ijtimoiy tarbiya aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, iqtisodiy, huquqiy, ekologik va jinsiy tarbiya kabi yo`nalishlarda tashkil etiladi.

Yüklə 6,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə