O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


-Mavzu: Quyosh energiyasining kadastri va uning xususiyati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/189
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#167247
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   189
Quyosh energetikasi(Majmua)

 
9-Mavzu: Quyosh energiyasining kadastri va uning xususiyati. 
Reja: 
9.1.Berilgan A(

0
,

0
) nuqta va S(km
2
) xudud uchun quyosh nurlanishi bo‘yicha 
tizimlashtirilgan ma’lumotlar. 
9.2.
Umumiy bulutlilik kunlarning o‘rtacha oylik va yillik miqdori. 
9.3.Ochiq va bulutlilik osmonning ehtimolliligi. 
9.4.Ochiq ob havoning barqarorlik koeffitsienti. 
Qo’llaniladigan ta’lim texnalogiyalari:
dialogik yondashuv, muammoli ta’lim.Aqliy hujum, 
blits, baliq skileti, munozara,o’z
-
o’zini baholash.
Adabiyotlar:
A3, A4, A5, I1, I3, Q2, Q3 
9.1.Berilgan A(

0
,

0
) nuqta va S(km
2
) xudud uchun quyosh nurlanishi bo‘yicha 
tizimlashtirilgan ma’lumotlar.
 
Yer atmosferasidan tashqarida, Quyoshdan bir astronomik birlik uzoqlikda, uning 
nurlariga tik o’rnatilgan bir m
2
yuzani Quyosh 1366 vatt quvvat bilan yoritib va isitib turadi. Bu 
to’la quvvat yillar sari Quyosh aktivligiga hamohang biroz (o’rtacha 1.5 vattga ya'ni 0.1 % ga) 
ko’payib va kamayib turadi . Aktivlik kuchayishi bilan, ayniqsa, chaqnashlar paytida


54 
Quyoshning rentgen va uzoq ultrabinafsha nurlanishi quvvati bir necha o’n marta kuchayadi. 
Quyosh nurlanishining bu qisqa 
(k <
290 nm) to’lqinli qismi Yer atmosferasining asosan yuqori 
(12 km dan baland) qatlamlarida azot va kislorod molekulalari tomonidan yutiladi va Yer yuziga 
yetib kelmaydi.Quyosh energiyasi bizga nuriy energiya sifatida yetib keladi va u Yer yuziga 
tushgach yutiladi va issiqlik energiyasiga aylanadi. Yer yuzidagi joyning isitilish darajasi shu 
joyning yorug’likni yutish qobiliyatiga bog’liq: oq sirtlar (qor) kam, qora sirt (suv) ko’p yutadi. 
Oq bulut unga tushayotgan oq nurni, asosan, qaytaradi va sochadi. Sochilgan oq nur kuchsiz va 
Yer sirtini isita olmaydi. 
Yer yuzidagi har xil joylar (ekinzorlar,ormonlar, kulrang va qora tuproq, toshli tog’lar, 
suv havzalari) turlicha isiydi. Qizigan Yer yuzi unga tegib turgan atmosfera qatlamini isitadi va 
unda konvektiv oqimlar hosil qiladi va atmosferada shamollar boshlanadi. Shuning uchun 
atmosferada temperatura Yer yuzi yaqinida eng yuqori bo’ladi va balandlik bo’yicha pasayib 
borib, 12 km balandlikda 220 K (-53 C) gacha tushadi. 
Suvning yorug’lik yutishi kuchli,
shuning uchun dengiz va okeanlar ustida katta havo 
uyurmalari hosil bo’ladi va ular nisbatan past bosimdagi quruqliklar tomon harakatlanadi, dengiz 
bilan quruqliklar orasida global atmosfera aylanishi ro’y beradi. Shunday qilib, sirtning isishi 
unga tusha
yotgan nurlanish quvvatiga va uning yutish koeffitsiyentiga bog’liq. Sirtga 
tushayotgan quvvat u bilan Quyosh orasidagi atmosferaning tiniqligiga bog’liq. Osmonni chang 
yoki tutun qoplaganda tushayotgan quvvat kamayadi. 
Qadimda Yer sharida global sovib ketishlar ro’y bergan, buning sababi vulqonlar otilib 
atmosferani chang qoplaganidir. Yerda bir necha marta muzlanish davrlari ro’y berganini 
Quyosh energiyasining quvvati o’zgarishi bilan bog’lashadi. Oxirgi 27 yil ichida 
Yer 
yo’ldoshlariga o’rnatilgan radiometrlar yordamida bajarilgan o’lchashlar Quyosh energiyasi 
uning aktivligi o’zgarishi bilan birga ko’payib kamayib turishini ko’rsatdi. Quyosh dog’larini 
kuzatish 400 yil oldin boshlangan va 1610

2006 uchun aktivlik ma'lum. Melodning 1000 
yilidan 1600 yiligacha Quyosh aktivligi to’g’risida ma'lumotlarni arxeologik qazilmalar (daraxt 
qoldiqlarida yillik halqalar, muzliklarda yillik qatlamlar) radio-uglerod usuli bilan yoshini 
aniqlab bilishgan. Oxirgi 1000 yil uchun Quyosh 
aktivligining o’zgarish egri chizig’i topilgan. 
Bu egri chiziqda Quyosh aktivligi juda pasayib ketgan davrlar (Maunder, Shperer minimumlari) 
bo’lganini ko’rish mumkin. Bu vaqtda temperatura pasayib havoning sovishi ro’y bergan. Bu 
to’g’rida tarixiy dalill
ar bor. 
Yerda oxirgi 30 yil davomida temperaturaning ko’tarilishini (global isishni) Yer yuzida 
olib borilayotgan texnogen jarayonlar natijasida ajralib chiqayotgan is gazi (CO
2
) miqdorining 
yil sayin ko’payib borishi bilan bog’lashmoqda. Atmosferaga ko’ta
rilayotgan is gazi Yerda 
parnik effektini kuchaytirmoqda. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə