O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/189
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#167247
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   189
Quyosh energetikasi(Majmua)

Gidrometeorologiya 
xizmati

mamlakatda 
meteorologiya, 
iqlimshunoslik, 
agrometeorologiya, gidrologiya, geliofizika sohalarida xalq xo
ʻ
jaligi uchun ahamiyatli 
vazifalarni bajarish hamda i. t. ishlari bilan shug
ʻ
ullanadigan korxonalar, tashkilotlar, 
muassasalar, markazlar, rasadxonalar, lab.lar, st-yalar, kuzatuv manzilari tizimi. 
Turkiston o
ʻ
lkasi hududida G.x. shakllanishi 19-asrning 70-y.lariga to
ʻ
g
ʻ
ri keladi. 1867 
y.da Toshkent sh.da muntazam meteorologik kuzatishlar yoʻlga qoʻyilgan. 1870 y.ning mart 
oyidan "Turkestanskiye vedomosti" gazetasida meteokuzatish maʼlumotlari va ob
-havo 
toʻgʻrisidagi xabarlar eʼlon etila boshladi. 1873 y.da Toshkent Astronomiya va 
fizika rasadxonasi 
ish boshladi, tez orada u Turkiston oʻlkasi meteorologiya xizmatining rahbar markaziga aylandi. 
1876 yilda "Toshkent" rasadxona-
meteostansiyasi ochildi. Oʻzbekistan G.x.ning rasmiy tashkil 
etilgan sanasi 

1921 y. 7 may hisoblanadi. Shu k
uni har xil idoralar tarkibidagi koʻp sonli 
meteostansiyalar yangi tashkil etilgan xizmat 

Turkiston meterologiya instituti ("Turkmet")ga 
birlashtirildi. 
1929 y.da Oʻzbekiston Respublikasi gidrometeorologiya boshqarmasi taʼsis etildi. 
Xizmat 1931 y.dan boshlab tabiiy muhit holati ustidan kuzatishlar va gidrometeorologik 


53 
prognozlarning hamma turlarini birlashtiruvchi yaxlit tashkilot tarzida faoliyat koʻrsatmoqda. 
Jahon ob-havo xizmati tizimi doirasida 1967 y.dan Toshkentda meteorologik axborotlar 
toʻplanadi
, ob-havo haritalari va prognozlari tuziladi va Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq 
mamlakatlari va Rossiyaning Osiyo qismiga tarqatiladi. Respublika G.x. 1967 y.dan Yerning 
sunʼiy yoʻldoshlaridan axborotlarni fotosuratlar koʻrinishida qabul qilib, amaliy ishlar.u
chun 
tahlil qiladi. 1972 y.dan tabiiy muhit ifloslanishini muntazam kuzatish ishlari olib boriladi. 
Oʻzbekistonda G.x. davlat boshqaruv organlari va iqtisodiyot tarmoklarini (suv xoʻjaligi va 
energetika, agrosanoat majmuasi, gaz va neft sanoati, avtomobil 
va temir yoʻl transporti
aviatsiya, aloqa, qurilish, kommunal xoʻjalik va b.) tabiiy muhit holati va iqlimning 
gidrometeorologik sharoitlari va kutilayotgan oʻzgarishlari, gidrometeorologik hodisalar va 
atmosfera ifloslanishning yuqori qiymatlari tufayli vujudga kelgan favqulodda holatlar 
toʻgʻrisidagi ekspert maʼlumotlari bilan taʼminlaydi, ofat hodisalardan keladigan zararni 
kamaytirish yoki oldini olish uchun gidrometeorologik jarayonlarga faol taʼsir oʻtkazish 
vazifalarini bajaradi. Respublika G.x. kunlik gidrometeorologik, ekologik; dekadalik 
agrometeorologik va gidrologik; oylik gidrokimyoviy, gidrobiologik byulletenlar, oylik atrof 
muhitning ifloslanishi holati toʻgʻrisida axborot; yillik yer usti suvlari rejimi, resurslari 
toʻgʻrisida maʼlumotlar; a
grometeorologik, havo, yer usti suvlari, quruqlik (yer) sifati va 
tuproqning ifloslanishi yilnomalari, gidroagrometeorologiya va ekologiya masalalari boʻyicha 
ilmiy maqolalar, toʻplamlar, uslubiy qoʻllanmalar va tavsiyalar nashr qiladi. Xizmat 
koʻrsatilayo
tgan vazirliklar, idoralar, trestlar, konsernlar, assotsiatsiyalar, firmalar, sanoat 
korxonalari soni 2 mingdan koʻproq.
G. x. asosini kuzatuv tarmoklari tashki l etadi. Respublikada 47 meteorologik, 10 
gidrologik, 1 suv balansi, 5 koʻl, 3 qorkoʻchki, 14 a
viatsiya meteorologik st-yalari, 1 zonal 
aviamarkaz, 1 balandlik mateomajmua, 2 atrof muhit monitornigi st-yasi, 87 agrometeorologik 
kuzatish punktlari, viloyatlarda q.x. ekinlarini doʻldan himoya qilish xizmati (57 punktga ega
doʻldan himoya maydoni 741 
ming ga) ishlaydi (2001). 
Oʻzbekiston Respublikasi milliy G.x. gidrometeorologiya, tabiiy muhit ifloslanishi 
monitoringi, iqlim oʻzgarishi, choʻllanish, qurgʻoqchilik va b. masalalar sohasida faol va koʻp 
qirrali xalqaro ilmiy-texnik faoliyatni amalga oshi
rmoqda. 1993 y. 2 yanvarda Oʻzbekiston 
Respublikasi Jahon meteorologiya tashkilotita (JMT) aʼzo boʻldi. Respublika G.x. xalqaro 
tashkilotlar: PROON (BMTning rivojlanish dasturi), YUKEP (BMTning atrofi muhit dasturi), 
YUNESKO, Jahon banki va GFR, AQSH, Shveysariya, Yaponiyadagi gidrometeorologiya 
tashkilotlari bilan gidrometeorologiya sohasidagi loyihalarni yaratish va amalga oshirishda 
hamkorlik qiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə