O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Umumiy bulutlilik kunlarning o‘rtacha oylik va yillik miqdori



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/189
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#167247
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   189
Quyosh energetikasi(Majmua)

9.2.
Umumiy bulutlilik kunlarning o‘rtacha oylik va yillik miqdori.
 
 
Bulutlilikni kuzatishlar ularning miqdori, shakli va stansiya sathidan balandligini aniqlashdan 
iborat. 
Meteorologik kuzatishlard
a bulutlarning morfologik belgisi bo‘yicha (tashqi ko‘rinishiga 
asoslangan) xalqaro tasnifi qabul qilingan. U bulut asosining balandligi bo‘yicha o‘z ichiga 
bulutlarning 3 ta qatlami, 10 ta turi va vertikal bo‘yicha rivojlanadigan bulutlarni oladi.
Yuqori qavat.
Bu qavatdagi bulutlarga patsimon (Si), patsimon to‘p
-
to‘p (Ss) va patsimon 
qatlamli (Ss) bulutlar kiradi. Ularning balandligi geografik kenglikka bog‘liqlik holda 5 dan 13 
km gacha o‘zgaradi.
«Butlar Atlasi»dan (1979) foydalanib, bulutlarning har bir turiga qisqacha ta’rif beramiz.
Patsimon bulutlar Cirrus (Ci)
oq, ingichka, soyasiz tolasimon, patlar, taramlar, iplar va yuqoriga 
egilgan tirnoqlar shaklidagi bulutlar.
Patsimon t o p - t o p bulutlar - Cirrus cumulus (Cc)
juda mayda yarimshaffof parchalar yoki 
jingalaklardan tashkil topgan qatorlar yoki qatlamlardan iborat. Ular 5-6 km dan yuqorida 
joylashgan bo‘ladi. 
Patsimon t o p - t o p bulutlar - Cirrus cumulus (Cc)
juda mayda yarimshaffof parchalar yoki 
jingalaklardan tashkil topgan qatorlar yoki qatlamlardan iborat. Ular 5-6 km dan yuqorida 


55 
joylashgan bo‘ladi. 
Patsimon qatlamli bulutlar - Cirrostratus (Cs)
Oy va Quyosh gardishini chaplashtirmaydigan 
yupqa oqish pardadir.
O‘rta qavat.
Bu qavatda yuqori to‘p
-
to‘p (Ac) va 
yuqori qatlamli (As) bulutlari joylashadi. Ular 
quyi chegarasining balandligi 2 km dan 6-7 km gacha yetishi mumkin. 
Yuqori t o p - t o p bulutlar - Altocumulus (Ac)
kulrang yoki oq rangdagi bulutlar qatlami yoki 
qatoridan iboratdir.
Yuqori qatlamli bulutlar - Altostratus (As)
ko‘pincha patsimon qatlamli bulutlarga qaraganda 
pastroq va zichroq, uzluksiz tekis yoki to‘lqinli kulrang, yoki ko‘kish rangdagi qoplamni hosil 
qiladi.
Quyi qavat.
Bu qavatda yomg‘irli qatlamli (Ns), to‘p
-
to‘p qatlamli (Sc) va qatlamli (S
t) 
bulutlari joylashadi. Ular quyi chegarasining balandligi yer sirtidan bir necha o‘n metrdan 2
-3 
km gacha yetishi mumkin. 
Yomg‘irli qatlamli bulutlar 
- Nimbostratus ( N s )
pastdan qaraganda shaklsiz uzluksiz to‘q 
kulrang bulut qoplami ko‘rinishida bo‘lib, undan burkama yog‘inlar (qor yoki yomg‘ir) yog‘adi. 
To‘p
-
to‘p qatlamli bulutlar 
- Stratocumulus ( S c )
yirik va past joylashgan kulrang yoki to‘q 
kulrang, to‘g‘ri qator tashkil qiladigan to‘lqinlar jo‘yaklari yoki parchalarini hosil qiladi. 
Vertikal bo‘yic
ha rivojlanadigan bulutlar.
Bu bulutlarga to‘p

to‘p (Cu) va yomg‘irli to‘p
-
to‘p 
(Cb) bulutlar kiradi. Bu bulutlarning quyi chegarasi quyi qavatda, yuqori chegarasi esa o‘rta, 
hatto, yuqori qavatgacha yetib borishi mumkin. 
T o p - t o p bulutlar - Cumulus (Cu)

zich, alohida joylashgan, vertikal bo‘yicha rivojlangan 
oq gumbazsimon tepalari va yassi kulrang yoki ko‘kish quyi chegarasi bilan ajraladigan bulutlar 
massasidir.
Yomg‘irli to‘p
-
to‘p bulutlar 
- Cumulonimbus (Cb)

tog‘ yoki minora ko‘rinishidi bir necha
kilometr balandlikka ko‘tariladigan, to‘p
-
to‘p bulutlarning juda kuchli rivojlanishi natijasida 
yuzaga keladigan kuchli bulutlar tizimidir.
Bulutlar miqdorini, ya’ni osmonning bulutlar bilan qoplanganlik darajasini aniqlash 10 balli 
shkala bo‘yicha vizua
l kuzatish orqali bajariladi. Osmon gumbazi qay darajada bulutlar bilan 
qoplanganligi va bulutlar orasidagi ochiq joylarni hisobga olib, bulutlilikni o‘ndan bir aniqlikda 
baholash lozim. 
Bulutlar osmon gumbazining 0,1 qismini egallasa, bulutlar miqdori 1-2 ballga teng deb 
olinadi va h.k. Osmon butunlay bulut bilan qoplangan bo‘lsa, bulutlar miqdori 10 ballga teng deb 
hisoblanadi. Bulutlar qoplamida ochiq joylar 0,5 ball va undan kichik qiymatlarni tashkil qilsa, 
ball raqami 10 kvadratga olib 1101 
ko‘rinishda yoziladi.
Bulutlar shakli «Bulutlar Atlasi» yordamida aniqlanadi va qabul qilingan tasnif bo‘yicha 
belgilanadi. «Bulutlar shakli» grafasi to‘ldirilganda dastlab eng ko‘p miqdordagi bulutlar 
yoziladi, keyin kamroq bo‘lganlari va h.k. Bulutlarni
ng miqdori 0,5 balldan kam 
bo‘lmagandagina ularning shakli yoziladi.
Stansiya sathiga nisbatan bulutlar quyi chegarasining balandligi 
bulutlar balandligi
deb 
ataladi. Agar quyi va o‘rta qavat bulutlarining balandligi stansiya sathidan 2500 m dan baland 
bo‘
lmasa, ularning balandligi aniqlanadi. 
Meteorologik stansiyalarda bulutlardan yog‘adigan atmosfera yog‘inlari (yomg‘ir, qor, do‘l, 
donalar, shivalama va boshq.), shuningdek, yer sirtida yoki buyumlarda havodagi suv bug‘ining 
kondensatsiya yoki sublimatsiya
si natijasida hosil bo‘lgan yog‘inlar (shudring, qirov, bulduriq, 
yaxmalak va h.k.) o‘lchanadi.
Yog‘inlar miqdori suvning oqib ketishi va suvning tuproqqa shimilishi mavjud bo‘lmagan 
holda gorizontal yuzaga yog‘in paytida tushuvchi suv hosil qilgan qatlamn
ing millimetrda 
o‘lchangan balandligidir.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə