O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi


Mustaqil tayyorlash uchun savollar



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə89/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

Mustaqil tayyorlash uchun savollar



    1. Baholash-qanday jarayon?




    1. Nima uchun baholashni o‘tkazish kerak?




    1. Baholash qanday tamoyillarga asoslanadi?




    1. Qanday baholash xatoliklari mavjud?




  1. Mezonga asoslangan baholash qanday afzalliklardan iborat?




  1. Me'yorga asoslangan baholash qanday kamchiliklardan iborat?




  1. Og‘zaki va yozma baholashda topshiriq shakllarining qanday turlaridan foydalaniladi?




  1. Baholashda qanday test turlaridan foydalaniladi?




  1. Testlarni tuzishda qanday qoidalarga rioya qilish zarur?

10. Talabalarning amaliy ko‘nikmalari qanday mezonlar orqali baholanadi?




Baholash - ta'lim jarayonining ma'lum bosqichida o‘quv maqsadlariga erishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o‘lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir.

Talabalar tomonidan o‘quv materiallari o‘zlashtirilganligini, ko‘nikma va malakalar hosil bo‘lganligini tekshirish va baholash ta'lim jarayonining zarur tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu faqat o‘qitish natijalarini nazorat qilish emas, balki o‘quv jarayonining turli bosqichlarida talabalarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish hamdir.


Baholash natijasida tushuncha va qonun-qoidalarning qaysi birlari qiyin, qaysi birlari esa oson o‘zlashtirilishi aniq ravshan bo‘ladi. Bu talabaning ijodiy tarzda darsga tayyorgarlik ko‘rishi va o‘quv mashg`ulotini o‘tkazishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Xuddi shuningdek, talabaga ham ta'lim jarayonida qaysi o‘quv materialini yaxshi, qaysini qoniqarli va nimani yomon o‘zlashtirgani ma'lum bo‘ladi. Bilimlarni tekshirmasdan talaba o‘z bilimlarini chuqur, har tomonlama va to‘g`ri baholashga qodir emas. Ba'zan unga go‘yo o‘quv materialini yaxshi egallab olganday tuyuladi, tekshirish chog`ida esa materialni yaxshi bilmasligi, yaxshi tushunmasligi ma'lum bo‘lib qoladi. Baholash natijasida, talabalarning o‘rganilayotgan materiallarni bilish, tushunish, esda saqlab qolish, anglab olish, amalda qo‘llay olish, tahlil qilish va o‘z bilimlariga tanqidiy baho berish darajalari aniqlanadi.


Bilimlarni, ko‘nikma va malakalarni nazorat qilish va baholashning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, bunda talabalarning o‘qishga, o‘z yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklariga nisbatan munosabati shakllanadi, qiyinchiliklarni engish istagi tug`iladi. Baholash hamisha talabaning shaxs sifatida o‘ziga nisbatan muayyan bir munosabatini hosil qiladi. Talabani muntazam ravishda o‘z natijalari to‘g`risida xabardor qilib turish, uning maqsad sari intilishiga va istaklarini ro‘yobga chiqarishga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Ta'lim beruvchi talabaning o‘ziga nisbatan munosabatini, tuyg`ularini, uning xarakteridagi irodalilik, hamkorlik, o‘zaro bir-biriga yordam berish kabi sifatlarini shakllantirishga e'tibor qaratishi lozim bo‘ladi.


Ba'zan baholash jarayonida talaba qo‘shimcha bilim, ko‘nikma va malakalarga ham erishadi. Ta'lim jarayonida o‘zlashtirmagan tushunchalarining mohiyatiga tushunib etadi. Shu bois, baholashni ta'lim olish jarayonining davomi deb ham aytish mumkin.

Bilimlarni nazorat qilish va baholash davlat ahamiyatiga egadir. Baholash natijalarini umumlashtirib, ta'lim muassasasi jamoasining ta'lim-tarbiya sohasidagi faoliyatiga, talabalarning umumiy o‘zlashtirish darajasiga baho beriladi va tegishli xulosalar chiqariladi. Davlat ta'lim standartlarida davlat tomonidan qo‘yilgan talablar nechog`lik bajarilayotganligi aniqlanadi.


Natijalarni baholash orqali bir paytning o‘zida butun ta'lim tizimi va uning komponentlari tekshirilib ko‘rilishi kerak. Bu bilan ta'lim tizimida kutilayotgan natijaga erishilayotganlik darajasi tekshirilib o‘lchanadi. Baholash natijasida nafaqat talabaning, balki ta'lim beruvchining kuchli va kuchsiz tomonlari, shuningdek, o‘quv jarayonidagi kamchiliklar xam aniqlanadi.


Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib, baholashning mohiyati haqida quyidagi xulosalarni aytish mumkin:





Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə