O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə85/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

Topshiriq ta'rifi: Tanlangan mavzu bo‘yicha dars rejasini ishlab chiqish Maqsad: Talabalarda dars rejasini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘nikmalarini takomillashtirish


Ta'lim vositalari: Tarqatma materiallar, flipchart qog‘ozi, markerlar
Talab etiladigan vaqt: 40 daqiqa


Topshiriqni bajarish texnologik jarayoni:

―Kichik guruhlarda ishlash‖ metodidan foydalaniladi. Talabalar kichik guruhlarga ajratilib, har bir kichik guruhga yuqoridagi 2-topshiriq beriladi. Topshiriqni bajarish uchun ma'lum vaqt ajratiladi (30-35 daqiqa). Kichik guruhlar belgilangan vaqt oralig‘ida biror mavzu tanlab, ushbu mavzu bo‘yicha dars rejasini ishlab chiqadilar va flipchart qog‘oziga yozadilar. Belgilangan vaqt tugagandan so‘ng, flipchart qog‘ozlari yig‘ib olinadi va har bir guruh 5 daqiqadan bajargan ishlarini taqdimot qiladi. Barcha taqdimotlardan so‘ng, kichik guruhlar bajarganishlar bo‘yicha muhokama boshlanadi. Muhokamada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatiladi va tuzatiladi.


KEYS. Keys usulini qo`llab «Shaxsning shakllanishi, rivojlanishi va ijtimoiylashuv » mavzusida ma'ruzaga muammoli vaziyat ko‘llab yechimini izlang, shakllantiring, asoslang.


3 - ilova―MA'RUZA metodi


Ma'ruza matni-turli adabiyotlardan mavzuga doir materiallar yig‘indisidir.

Ma'ruza matnining tuzilmasi quyidagilardan iborat:





  • titul varaqi ( vazirlik, boshqarma, o‘quv muassasasi, kafedra va fan nomlari);




  • annotatsiya yoziladi, muallif, taqrizchilar ismi-familiyasi, muhokama qilingan yig‘ilish soni ko‘rsatiladi;




  • kirish;




  • mavzu rejasi;




  • mavzu bayoni;




  • tayanch iboralar;




  • nazorat savollari va topshiriqlar;




  • adabiyotlar;




  • ilovalar;




  • mundarija.

Ma'ruza-katta hajmdagi o‘quv materialini nisbatan uzoq vaqt davomida monologik bayon etishdir.


Bu metod butunlay ―so‘zlash orqali amalga oshiriladigan o‘qitish metodi hisoblanadi. U 40 daqiqa yoki undan uzoqrog‘ davom etadi va odatda talabaning ishtiroki uchun hech qanday imkoniyat qoldirmaydi. Ma'ruzaning tushunarliligini oshiruvchi jiatlar:

  • fikrni sodda tilda bayon etish




  • ma'ruza tuzilmasining (strukturasining) mantidan to‘g‘ri tuzilganligi




  • fikrlarni qisqa va lo‘nda ifodalash




  • rahbatlantirish (stimullar)




  • notiqlik, ravon tilda gapirish va talaffus



Fikrni sodda tilda bayon etish.O‘z fikrini sodda ifodalash–ta'lim beruvchining eng muhim fazilatlaridan biridir. O‘z fikrini murakkab tilda ifodalash



  • ziyolilik va professionalizm belgisi ?isoblanmaydi. O‘z fikrini sodda tilda

ifodalash – talabaga mos ravishda gapirish demakdir.





  • aytilgan fikrni ko‘rgazmali qilib yetkazish










  • atamalar ma'nosini tushuntirib ketish




  • chet tilidan kirib kelgan so‘zlarni iloji boricha ishlatilmaslik




  • ishlatilgan taqdirda tushuntirish berish




  • sodda tuzilishga ega bo‘lgan gaplarni ishlatish




  • faol fe'llarni ishlatish



Ma'ruza tuzilmasining (strukturasining) mantidan to‘gri tuzilganligi.

Ma'ruzaning ushbu belgisi ma'ruzaning tashqi tuzilishi va ichki tartibini to‘g‘ri tuzilganligini bildiradi. Ma'ruzaning tashqi tuzilishi - uni o‘qishdagi huyidagi hatti-harakatlarini bildiradi:



  • ma'ruza mavzusi bilan tanishtirish




  • mavzuni asoslash




  • mantiqiy tuzilma asosida ma'ruzani olib borish




  • ma'ruzani yakunlash

Ma'ruzaning ichki tartibi uni o‘qishda rioya qilinadigan mantiqiy ketma-ketlikni bildiradi:



  • ma'lumotlar mantiqiy to‘g‘ri ketma-ketlikda berilishi




  • ma'ruzaning alohida qismlari o‘rtasida o‘zaro aloqalarni o‘rnatish




  • bir fikrdan boshqa fikrga sakrab o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik






Fikrlarni qisqa va lo‘nda ifodalash.Fikrlarni qisqa va lo‘nda ifodalash deganda, ma'ruza mazmunining ortiqcha vaqt ketmasdan, lo‘nda, aniq va to‘g‘ri ifodalanishi tushuniladi:

  • butunlay o‘quv maqsadga qaratilgan




  • asosiy mazmuniga qaratilgan




  • to‘g‘ri (bexato) ifodalardan iborat






Rahbatlantirish (stimullar).Rahbatlantirish (stimullar) deb ma'ruza tarkibidagi shunday qo‘shimchalar tushuniladiki, ular ma'ruza mazmunini talabalarga jonliroq qilib beradi va shu orqali ularning e'tibori va qiziqishini ta'minlaydi. Rahbatlantirishga quyidagilar yordamida erishiladi:



  • ma'ruza mazmunlarini turli qiziqarli faktlar, masalan urf-odat, hikoya yoki misollar yordamida aniqlashtirish

  • taassurotli gapirish




  • aytilayotgan fikrlarni ko‘rgamali tarzda yetkazish (vizuallashtirish)







  • talabalarga mos qiziqarli ifodalarni tanlash




  • shaxsiy fikrni bildirish




  • talabalarining fikr-mulohazalaridan foydalanish



Ma'ruzaning tuzilishi (strukturasi). Ma'ruza odatda uch qismdan: kirish, asosiy va yakuniy qismdan iborat bo‘ladi.
Ma'ruza tuzilmasi

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə