O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


MURABBIYGA MASLAXAT. Agar sportchingiz nima qilishni



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

MURABBIYGA MASLAXAT. Agar sportchingiz nima qilishni 
tushunmasa, savollarni shunday tuzish kerakki, u ikki variantdan tanlay 
olsin. Masalan, “Ko„prikdan itarilish uchun qanday usuldan foydalansa 
yaxshi bo„ladi?”, sportchi: “Qo„llar bilan aylanma harakatni bajarish” deb 
javob beradi. Keyin aniqlab oling: “Sen sakrashdan oldin yoki sakrash 
paytida qo„llaringni siltamoqchimisan?” 
Boshida to‗g‗ri savol berish qiyin, chunki sportchi kam tajribaga ega 
yoki umuman sportda tajribasiz. Siz o‗quvchilarga nima qilish kerakligini 
gapirib berishdan o‗zingizni tiyishingiz kerak. Buning o‗rniga sportchilar 


50 
sizning o‗zgartirilgan vazifalar va savollarinigizdan muvaffaqiyatga erishish 
uchun texnik tayyorgarlik va to‗g‗ri tushunilgan asoslar, quvvat va emotsiyalar 
ustidan nazorat qilish, katta ahamiyatga egaligini tushunishlari kerak. Qanday 
qo‗nikmalar muhimligini sizdan eshitganidan ko‗ra, o‗zi tushungani yaxshiroq. 
 
3-qadam: mashg„ulot uchun zarur ko„nikmalarni o„rgatish. 
Sportchilar muvaffaqiyatga erishish uchun zarur ko‗nikmalarni 
tushungunich, siz mashqning yakuni va davomiyligini joylashtirib olishingiz 
kerak. Buning uchun sport ko‗nikmalarini o‗qitishda ―Mashqlarni o‗rgatish va 
ko‗nikmalarni shakllantirish‖ bo‗limida yoritilgan an‘anaviy usuldan 
foydalanish kerak. O‗qitishning bu turi mashqlarni tarkiblarga bo‗ladi. Bu 
gimnastikani qiziqarliroq qiladigan ko‗nikmalarga darhol ega bo‗lish uchun, 
mavsum boshidanoq joriy qilinishi kerak. 
4-qadam: boshqa vazifada mashqlarni takomillashtiring. 
Murabbiy sifatida o‗quvchilaringiz mahoratli bo‗lishini xohlaysiz. Ilk 
bosqichda muvaffaqiyatga erishishning eng yaxshi usuli – sportchi uchun qulay 
sharoit yaratish kerak. Ular mashqlarni muvaffaqiyatli bajargandan keyin, 
murakkabrog‗ini (masalan, orqaga o‗mbaloq oshib tayanib yotish, qo‗llar 
to‗g‗ri) yoki jihozlardan foydalanilgan mashqlarni bering (masalan, qo‗llarda tik 
turishdan orqaga o‗mbaloq oshishda matlardan foydalanish). Bu qo‗shimcha 
mashqlar 
bilan 
shug‗ullanish gimnastikachini maqsadga erishishiga 
yaqinlashtiradi.
Gimnastika mashqlarining hammasini ham o‗zgartirish osonmasligini 
inobatga oling. Bunday hollarda har bir gimnastikachiga individual 
yondoshishni qo‗llash maqsadga muvofiq. Gimnastikachilar muammolarni 
bartaraf etish yo‗lida muvaffaqiyatga erisha oladigan vaziyat yaratish muhimdir. 
Bu siz tomondan diqqat bilan nazorat qilishni talab qiladi, lekin bolalarga 
mashqlarni tushunishi uchun o‗zgartirilgan vazifalarni berish – ularni o‗qishga 
va takomillashtirishga yordam beradigan eng samarali usuldir. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə