O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


TRENIROVKA MASHG„ULOTLARINI QIZIQARLI VA SAMARALI



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

 
1.4.TRENIROVKA MASHG„ULOTLARINI QIZIQARLI VA SAMARALI 
UYUSHTIRISH 
Boshlashdan oldin, o‗ylab ko‗ramiz, nima uchun sizning o‗quvchingiz 
gimnastikasi bo‗lishga qaror qildi. Bolalar ko‗pgina sabablarga ko‗ra sport bilan 
shug‗ullanishni xohlaydilar, lekin ikkita sabab eng ko‗p tarqalgan – vaqtni 
maroqli o‗tkazish va biror narsani o‗rganish.
 
SHuning uchun sportchini 
o‗qitayotganda shunga intilishimiz kerak. Bu bo‗lim qanday qilib 
gimnastikachilarni ko‗p narsaga o‗rgatish va shu bilan bir vaqtda ularni 
ko‗ngligidek tajriba ishlariga yordam beruvchi maslahatlarni beradi. 
 
Mavsumni rejalashtirishga qo‗shimcha qilib har bir mashg‗ulotni rejasini 
tuzish o‗ta muhimdir. Mashg‗ulot qancha yaxshi takil qilinsa, gimnastikachilar 
shuncha ko‗p narsani o‗rganadi. Har bir mashg‗ulot uchun rejangizni 
gimnastikachining shug‗ullanganlik darajasi va mahoratiga qarab tuzish 
maqsadga muvofiq. SHug‗ullanishni endi boshlagan sportchilarga tana va 
harakatlarning asosiy holatlarini o‗rgating. Gimnastikachi asosiylarini o‗rganib 
olganidan keyin biroz murakkab elementlarga o‗tish kerak. 
MASHG„ULOTNI REJALASHTIRISH 
Mashg‗ulotni rejalashtirish gimnastikachiga o‗rgatilishi kerak deb 
aniqlangan konkret elementlarni o‗z ichiga oladi; shu elementlar bilan bog‗liq 
yordamchi mashqlar, kombinatsiyalar, vazifalarni ishlab chiqish; nihoyat 
munosib mashg‗ulotni tashkil qilish. Egiluvchanlikni namoyon qilish
mashg‗ulot rejasiga ega bo‗lishdek muhimdir. Agar gimnastikachiga biror bir 
mashq qiyinchilik to‗g‗dirsa, umumiy jadvalni o‗zgartirib bo‗lsa ham, uning 
4
“Coaching youth gymnastics” Shannon Miller. 32-45 p. 


47 
mashg‗ulotiga qo‗shimcha vaqt ajrating. Xullas, agar o‗quvchilar asosiy 
elementlarni o‗zlashtira olmasa, ular murakkabroq elementlarni to‗g‗ri va 
xavfsiz bajara olmaydi. 
Har bir mashg‗ulot uchun shunday mashq tanglangki, u rivojlanishning 
uchta asosiy sohaga ta‘sir qilsin: psixomotor (jismoniy), affektiv (ijtimoiy, 
emotsional) va kongnitiv (aqliy). Gimnastikachilarning malakasini oshirishda 
har bir rivojlanish sohalardagi imkoniyatlardan foydalaning. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə