O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


MURABBIYGA MASLAHAT. Mashg„ulotga rivojlanishning affektiv



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

MURABBIYGA MASLAHAT. Mashg„ulotga rivojlanishning affektiv 
va 
kognitiv 
ko„nikmalarini kiritish uchun, yangi elementlar va 
kombinatsiyalar, harakat turlarini yoki o„qish va o„rgatishning noyob 
vositalarini yaratish, jihozlari komplektini o„zgartirish usullarini kiritish 
kerak. Bunday yangi elementlar kiritilganda sportchilarning gimnastik 
zahiralari to„ladi va yangi vazifani bajara olganligini xis qiladi. 
Mashg‗ulot shunday tashkil qilinishi kerakki, maksimal vaqt vazifani 
bajarish 
va 
uning 
muvaffaqiyatiga 
sarflansin. 
Mashg‗ulot vaqtida 
gimnastikachilarni band bo‗lishini ta‘minlang. Ular ko‗proq narsa bilib oladi
ko‗proq zavq oladi va o‗zlarini yaxshi tutadi. Har bir mashg‗ulot uchun 
chiqishlar maqsadini aniqlash va bunday maqsadlarga erishishga yordam berish 
uchun unga turli-tuman faoliyat turlarini kiritish foydalidir. Mashg‗ulotni 
rejalashtirganda gimnastikachini o‗rgatish usullarini e‘tiborga oling va barcha 
qatnashchilar uchun optimal bo‗lishi uchun uning uslublarini variantlashtiring. 
BOSHQARILADIGAN YANGILIKLAR 
Boshqarish, yoki jamoa, ochiq uslub – o‗qitishning ancha samarali 
usulidir. Bu bolalarni nima qilishi kerakligini sizning tushuntirishingizdan emas, 
balki 
o‗zlari 
topishlari 
kerakligini 
anglashlariga 
yordam 
beradi. 
Gimnastikachilarda vujudga kelgan muammolarni mustaqil xal qilish imkoniyati 
paydo bo‗ladi, bu esa o‗qishni ancha qiziqarliroq qiladi.
Boshqariladigan yangiliklar uslubidagi mashg‗ulotdan foydalanish uchun 
to‗rt qadam. 
 


48 
1-qadam: o„zgartirilgan vazifalar bering. 
Vazifalar va faoliyat turlarini o‗zgartirish ba‘zi texnik aspektlarga katta 
e‘tibor berishga yordam beradi. Bu o‗quvchini chiqishini yangilashga yordam 
beruvchi ma‘lum uslublarni ochib berishga qaratilgan usullardan biridir. 
Gimnastikada o‗zgartirilgan vazifalar ko‗pgina yordamchi yoki tayyorgarlik 
mashqlari deb ataladi. 
Masalan, qo‗llarda tik turgan holatdan orqaga o‗mbaloq oshishni 
o‗rgatishda gimnastikachiga mashqlarning qismlarini ishlash imkoniyatini 
beruvchi turli vazifalar berishingiz mumkin. Birinchi bo‗lib, ular kuraklarda tik 
turish holatidan orqaga o‗mbaloq oshishni, keyin qaytib oyoqqa turishni 
o‗rganishlari mumkin. Ikkinchi bo‗lib, egilgan holatdan orqaga o‗mbaloq 
oshishga harakat qilishadi, uchinchi bo‗lib esa, qo‗llarda tik turgan holatdan 
asta-sekin pasayishni o‗rganishga yordam beradi. Bu vazifalarning maqsadi 
shuki, qo‗llarda tik turish holatidan orqaga o‗mbaloq oshishga olib keladigan 
zarur tana harakatlari va holatlarini gimnastikachilar tushunsin hamda xis qilsin. 
Tayyorgarlik mashqlari gimnastikachilar mustaqil, ehtiyotlovchisiz, xavfsiz 
bajara oladigan darajada bo‗lishi kerak. Bu sportchilarga mashqni bajarish 
uchun nima qilish kerakligini tushunishga yordam beradi. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə