O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


  O„YINLAR, MASHQLAR VA TAYYORGARLIK



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

 


51 
O„YINLAR, MASHQLAR VA TAYYORGARLIK
BO„YICHA G„OYALAR 
Bu erda siz razminka va zaminkani bir qismini, shu bilan birga 
mashg‗ulot jarayoniga kiritish mumkin bo‗lgan o‗yinlar, mashqlar va 
tayyorgarlik bo‗yicha g‗oyalarni topasiz. Bu mashqlar mashg‗ulotni 
takomillashtirishga, jismoniy maromlar va shakllarni yaxshilashga, motorikani 
rivojlanishiga, juft va guruh bilan o‗zaro aloqada bo‗lishni o‗rganishga 
qaratilgan. 
PECHENEXO„R MAHLUQ 
Maqsad.
Kardiorespirator chidamlilikni rivojlantirish. Mashq razminka 
yoki guruhli ishga kiritilsa yaxshi bo‗ladi. 
Tasvirlash.
Bolalarni devor oldida bir qatorga saflab, bittasini biroz 
uzoqroqqa joylashtiring. Qatorda turgan bolalar – pechenelar, biroz uzoqroqda 
turga bola – pechenexo‗r mahluq. Bolalar: ―Pechenexo‗r mahluq, pechenexo‗r 
mahluq, soat nechchi?‖ – deb so‗rashadi. Pechenexo‗r mahluq qaysi vaqtni 
xohlasa, shuni aytadi. Agar u, masalan, ―soat sakkiz‖-desa, pechenelar mahluq 
tomonga sakkiz qadam katta qadamlar bilan yuradi va birgalikda sanashadi. 
Pechenelar savolni qaytaradi, mahluq ―Eyish vaqti‖ demaguncha, javob berishda 
davom etadi. Bu paytda mahluq pechenelarni orqasidan quvlaydi. 
Variantlar: 
-Pechenexo‗r mahluqni tez-tez almashtirish. 
-YUrishni boshqa harakatga o‗zgartirish (masalan, sakrash, xayvonlarni 
harakatlari). 
XALQALAR 
Maqsad.
Harakat, kardiorespirator chidamlilik va kuch ustida ishlash. 
Tasvirlash.
Xalqalarni bolalar sonidan ikki baravar kam sonda polga 
joylashtiring. Bolalarni uning atrofida joylashtiring. ―Yuguring‖ buyrug‗iga 
ko‗ra, atrofida bir-biriga va xalqaga tegmasdan yugurishlari kerak. ―Xalqalar‖ 
buyrug‗i bilan har bir bola o‗z yaqinida turgan xalqaga sakrab chiqishga harakat 


52 
qiladi. Xalqasiz qolgan bolalar biror bir mashq bajarishadi, masalan, tayanib 
yotib qo‗llarni bukib yozish yoki oyoqlarni kerib-juftlab sakrash. 
Variantlar: 
-Xalqa yonida turishni, masalan, yugurish, burilish, sakrashlarga 
almashtiring. 
-Xalqasiz qolgan bolalarga beriladigan mashqlarni o‗zgartiring. 
-Nafaqat xalqasiz qolgan bolalarga, balki boshqalarni ham mashq 
qilishga majbur qiling. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə