O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə23/92
tarix29.06.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#90229
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   92
Fizika 3 kitob Ma\'ruzalar matni A No\'monxo\'jayev, M Fattohov va

Qo‘shimcha adabiyotlar


[5] — 358—64- betlar, [7] - 642 — 47- betlar.


Nazorat uchun savollar


    1. Ko‘zning tuzilishi tasvirlab bering.

    2. Eng yaxshi ko‘rish masofasi deb nimaga aytiladi?

    3. Akkomodatsiya deb nimaga aytiladi?

    4. Ko‘zning qanday nuqsonlari bor va ular qanday bartaraf qilinadi?



10- ma’ruza


Yorug‘likning to‘lqin asoslari. Yoruqg‘lik interferensiyasi. Frenel biðrizmasi
Yorug‘likning tabiati haqidagi birinchi ilmiy giðoteza XVII asrda aytilgan.
1672- yilda I. Nyuton yorug‘likni zarrachalar oqimidan iborat degan bo‘lsa, R.Guk va X.Guygens shu davrda yorug‘likning to‘lqin nazariyasini ishlab chiqishdi. Yorug‘likning to‘lqin tabiatini tushuntirishda murakkab masala ko‘ndalang turardi. Yorug‘lik tarqalishida qanday zarracha tebranadi va ular qanday muhitda tarqaladi? Mana shu savolga Maksvell o‘zining nazariy mulohazalari asosida javob berdi. Maksvell yorug‘likni elektromagnit to‘lqinlar deb faraz etdi. Bu esa ko‘p o‘tmay qator eksperimental dalillar asosida to‘la tasdiqlandi.
Yorug‘lik bilan o‘tkazilgan ko‘pgina tajribalarni tushuntirishda yorug‘likning korpuskular nazariyasi olingan natijalarni aniq izohlab bermaydi. Masalan, yorug‘lik interferensiyasi, difraksiyasi va qutblanishini faqat yorug‘likni to‘lqin deb qarab tushuntirish mumkin.
Ilmiy tekshirish shuni ko‘rsatadiki, yorug‘lik — to‘lqin uzunligi 400 nm dan 780 nmgacha bo‘lgan elektromagnit tebranishlarning fazodagi tarqalishidir.
Yorug‘lik interferensiyasini tushuntirish uchun kongerent yorug‘lik manbalari tushunchasini kiritish lozim. Kogerent yorug‘lik manbalari deb bir xil chastotali va fazalar farqi o‘zgarmas bo‘lgan tebranishlarni yuzaga keltiruvchi to‘lqin manbayiga aytiladi. Odatda, bitta yorug‘lik manbayidan chiqayotgan to‘lqinni biror usul bilan ikki kogerent to‘lqinga ajratiladi.
4 6

Yorug‘lik interferensiyasini kuzatish uchun kogerent man- S1 balardan foydalanish lozim.
Odatda, kogerent manbalar: Frenel biðrizmasi, Yung usuli, S yupqa plastinkada, ponada, Nyuton halqalarida, Loyd ko‘z- S
gusida va boshqa ko‘pgina usullar 2
yordamida hosil qilinadi. Yorug‘- lik interferensiyasini kuzatish-

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə