O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə20/92
tarix29.06.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#90229
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   92
Fizika 3 kitob Ma\'ruzalar matni A No\'monxo\'jayev, M Fattohov va

41- rasm.
3 9

obyektivning fokal tekisligida yoki aniqrog‘i, unga juda yaqin yerda hosil biladi.
Obyektiv A va B nuqtalardan kelayotgan nurlarni obyektivning fokal tekisligida yotgan tegishli A1 va B1 nuqtalarga yig‘adi. Ana shu yerda yoritkichning haqiqiy tasviri hosil bo‘ladi. Òeleskopda okular shunday o‘rnatilganki, uning oldingi fokusi obyektivning keyingi fokusi bilan ustma-ust tushadi. Demak, yoritkichning haqiqiy tasviri okularning fokal tekisligida ham bo‘ladi. Okulardan chiqqan nurlar dastasi o‘zaro  burchak hosil qiladi. Nurlar dastasi kuzatuvchining ko‘ziga ana shu  burchak ostida tushadi. Òeleskopning kattalashtirishi K quyidagicha bo‘ladi:
K tg Fob ,
tg Fok
bu yerda: Fob— obyektivning fokus masofasi, Fok— okularning fokus masofasi. Òeleskopda kirish birchagini kattalashtirish uchun uzun fokusli obyektiv va qisqa fokusli okular tanlab olinadi.
Ko‘rish trubalari yer ustidagi obyektlarni kuzatish uchun ishlatiladi. 42- rasmda Galiley trubasining sxemasi ko‘rsatilgan. Bu asbobda AB buyumning ayrim nuqtalaridan kelayotgan nurlar yig‘uvchi linzalar (obyektiv O1) dan o‘tib, yig‘uvchi nurlarga aylanadi. Bu nurlar to‘nkarilgan, kichiklashgan tasvir ab ni hosil qilishi mumkin edi, ammo bu nurlar tasvir hosil qilguncha, tar- qatuvchi linza (okular O2) ga tushadi va biz buyumning to‘g‘ri mavqum tasviri A, B ni ko‘ramiz.
Salgina kattalashtirib ko‘rsatadigan (teatr durbini ) durbinlar Galileyning ikkita turbinasidan iborat bo‘ladi.
Ancha katta qilib ko‘rsatadigan durbinlar (harbiy durbinlar) Keplerning ikkita trubasidan yasaladi.





4 0
N


M

Proyeksion apparatning vazifasi ekranda buyumning katta- lashgan haqiqiy tasvirini hosil qilishdir. Bunday shaffof asosga olingan rasm yoki fotosurat, diapozitiv yoki shaffof bo‘lmagan obyektlar, masalan, qog‘ozlardagi chizmalar, kitobdagi rasmlar bilishi mumkin. Shaffof obyektlarni proyeksiyalash uchun mo‘ljallangan proyeksion apparatlar diaskoplar (grekcha „dia“— shaffof), shaffof bo‘lmagan obyektlarni proyeksiyalash uchun mo‘ljallangan asboblar epidiaskoplar (grekcha) „epa“— shaffofmas) deb ataladi.


43- rasmda shisha plastinkadagi suratlarni (diapozitivlarni) ekranda ko‘rsatish uchun ishlatildaigan proyeksion fonarning tuzilish sxemasi berilgan. Proyeksion fonarning asosiy qismi obyektiv (Ob) bo‘lib, bu obyektiv bitta yig‘uvchi linza xizmatini o‘taydigan linzalar sistemasidan iborat. Obyektivning vazifasi — MN ekranda diapozitivning juda kattalashgan tasvirini hosil qilish- dir. Shu sababli diopazitiv „fokus“ga ravshan qilib to‘g‘irlanishi uchun siljitilishi mumkin bo‘lgan obyektivning fokal tekisligiga yaqin qo‘yiladi.
O‘lchamlari, odatda, obyektiv o‘lchamlaridan katta bo‘ladigan diapozitivdan kelayotgan hamma yorug‘likni obyektivga yuborish uchun kondensor (K) ishlatiladi. Kondensor kata o‘lchamga ega bo‘lgan qisqa fokusli linzalar sistemasidan iborat. Kondensor shunday o‘rnatiladiki, undan kelayotgan yorug‘lik obyektivning o‘rtasida yig‘iladi.
Fonarda yorug‘lik manbayi sifatida elektr yoy lampalari yoki 300, 500 va 1000 W li maxsus cho‘g‘lanma proyeksion lampalar ishlatiladi.

Amalda proyeksion fonarning chiziqli kattalashtirishi
K = f F

ga teng deb olish mumkin, bu yerda f —obyektivdan tasvirgacha
4 1

44- rasm.
(ya’ni,ekrangacha) bo‘lgan masofa; F— obyektivning fo- kus oralig‘i. Shu sababdan, katta tasvir hosil qilish uchun, ekranni fonardan uzoq qiyish yoki fokusi mumkin qadar

qisqa bo‘lgan obyektivdan foydalanish mumkin. Lekin shuni nazarda tutish kerakki, tasvir kattalasha borgan sari, uning ravshanligi tobora pasaya boradi.


Fotopparatning asosiy qismi O obyektiv va yorug‘lik o‘t- maydigan K kameradan iborat bo‘lib (44- rasm), kameraning orqa devorida fotoplastinka yoki fotoplyonka joylashtirilgan bo‘ladi. Eng oddiy obyektiv bitta yig‘uvchi linzadir. Obyektiv kameraning orqa devorida AB buyumining haqiqiy, kichiklashgan va teskari A1B1 tasvirini hosil qiladi. Ko‘pchilik hollarda suratga olinadigan buyum- lar linzaning ikkilangan fokus masofasidan katta masofada turadi. Shuning uchun tasvir kichraygan holda bo‘ladi.
Suratga olinadigan buyum fotoapparatdan turlicha oraliqda turishi mumkin. Shunga yarasha obyektiv bilan plyonka oralig‘ini ham o‘zgartirish lozim bo‘ladi. Buning uchun kamera cho‘ziladi yoki qisqartiriladi yoki obyektiv vintli rezba vositasida tegishli tomonga siljitiladi.
Hozirgi zamon fotoapparatlarida yuqorida ko‘rsatilgan qismlardan tashqari suratga olish vaqtini belgilovchi zatvor, obyektivning ishlovchi qismini o‘zgartirib beruvchi diafragma, obyektivdan suratga olinayotgan buyumgacha bo‘lgan oraliq masofani aniqlovchi uzoqlik o‘lchagichlar ham bor. Buyumning fotosurati aniq bo‘lishi uchun obyektiv — linzalar sistemasidan foydalaniladi.
Zamonaviy fotoapparatlarda suratga olishni osonlashtirish uchun yuqorida aytilgan zatvor, diafragma uzoqlik o‘lchagichlarni avtomatlashtirish hamda yorug‘lik nurini bir xil qilish uchun fotochaqnagich o‘rnatilgan.



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə