O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə22/92
tarix29.06.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#90229
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   92
Fizika 3 kitob Ma\'ruzalar matni A No\'monxo\'jayev, M Fattohov va

47- rasm.
akkomodatsiya qila oladi. Eng kichik akkomodatsiya masofasi 10 sm dan 22 sm gacha o‘zgarib turadi. Kishining yoshi ortgan sari bu masofa 30 sm gacha ortishi mumkin. Biroq ba’zi kishilarning ko‘zi zo‘riqmagan holatda uzoqdagi buyum tasvirini to‘r pardada emas, balki uning oldida hosil qiladi (47- a rasm). Ko‘zning bu nuqsoni yaqindan ko‘rarlik deb ataladi, chunki kishi bunda uzoqdagi buyumlarni ravshan ko‘ra olmaydi. Bunday ko‘z akkomodat- siyasining eng uzoq nuqtasi cheksiz uzoqlikda bo‘lmaydi. Shunga yarasha eng yaxshi ko‘rish masofasi ham kichik bo‘ladi. Uzoqdagi buyumning har bir nuqtasidan kelayotgan nurlar (ya’ni deyarli parallel dastalar) to‘rpardada to‘planishi uchun ularni tarqaluvchi qilish kerak. Buning uchun sochuvchi linzalar o‘rnatilgan ko‘zoynak taqiladi (47- b rasm). Parallel nurlar bunday linza orqali o‘tar ekan, ko‘z akkomodatsiyasining eng uzoq nuqtasidan kelayotgandek ko
Uzoqdagi buyumning tasviri ko‘zning to‘rparda orqasiga tushishi bilan bog‘liq bo‘lgan nuqson uzoqdan ko‘rarlik deb ataladi (47- d rasm). Bunda uzoqdagi narsani ko‘rishda ko‘z zo‘riqadi, yaqindagi narsalarni ko‘rishda esa akkomodatsiya imkoniyati qaralayotgan narsagacha bo‘lgan masofa d0=25 sm dan ortgandayoq tugaydi. Buyum tasvirini to‘rpardaga keltirish uchun gavharga tushayotgan parallel nurlar dastasini yaqinlashtiruvchi (kesishuvchi) dastaga aylantirish kerak, buning uchun yig‘uvchi linzalar o‘rnatilgan ko‘zoynak taqiladi. (47- e rasm) d0=25 sm masofada turgan S buyumdan kelayotgan nurlar linzadan o‘tib, bir-biridan kamroq uzoqlashuvchi bo‘lib qoladi va akkomodatsiya chegarasiga muvofiq keladigan d masofadagi S ’ nuqtasidan chiqayotgandek ko‘rinadi. Shunday qilib, ko‘zning nuq- sonlarini yig‘uvchi va sochuvchi linzalar o‘rnatilgan ko‘zoynaklardan foydalanib yo‘qotish mumkin, bunda eng yaxshi ko‘rish masofasi benuqson ko‘znikidek bo‘lib qoladi.
4 5

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə