O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə21/92
tarix29.06.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#90229
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   92
Fizika 3 kitob Ma\'ruzalar matni A No\'monxo\'jayev, M Fattohov va

Qo‘shimcha adabiyotlar




[8]—414—20- betlar [5]—358—64- betlar,
[7]—648—59- betlar.


4 2

Nazorat uchun savollar


  1. Optik asboblarning qanday turlarini bilasiz va ular qanday maqsadlarda ishlatiladi?

  2. Ko‘rish burchagi deb nimaga aytiladi?

  3. Lupaning karttalashtirishini qanday aniqlash mumkin?

  4. Mikroskopning kattalashtirishini qanday aniqlash mumkin?

  5. Fotoapparatda buyumning tasviri qanday hosil bo‘ladi?



9-ma’ruza


Ko‘z - optic sistema. Ko‘zning kamchiliklari.
Ko‘zoynak
Ko‘z optik sistema bo‘lib, buyumning tasviri ko‘z soqqasining yorug‘likka sezgir bo‘lgan to‘rsimon pardasida hosil bo‘ladi. Odam ko‘zining shakli shar shakliga yaqin bo‘ladi. Ko‘zning diametiri 2,5 sm chamasida bo‘ladi. Ko‘z tashqi tomondan uchta narsa bilan o‘ralgan (45- rasm).
Tashqi parda sklera yoki oqsil parda (1) deyiladi. Bu zich parda ko‘zni tashqi ta’sirdan saqlaydi. Oqsil pardaga sertomirli parda
(2) va o‘lchamlari 0,001 sm dan kichik bo‘lgan juda kichik yorug‘lik sezgir elementlardan tuzilgan to‘rsimon parda yoki to‘rparda (3) kelib tutashgan. Bu elementlar ko‘zni bosh miya bilan bog‘lovchi ko‘rish nervi (4) tolalarining uchlaridir. Ko‘zning oldingi qismida oqsil parda shaffof muguz (shoh) pardaga (5), tomirli parda esa kamalak pardaga (6) aylanadi. Kamalak pardaning o‘rtasida ko‘z qorachig‘i (7) joylashgan. Ko‘zning qorachig‘i diafragma rolini o‘ynaydi; uning diametiri ko‘zga tushayotgan yorug‘lik miqdoriga qarab o‘zgarib turadi. Qorachig‘ning ortida ikki yoqlama qavariq linza shaklidagi shaffof elastik jism xrustalcha (ko‘z gavhari) (8) joylashgan. Shoxparda bilan kamalak
parda oralig‘ida suvga o‘xshash su- 1
yuqlik (9) bo‘ladi. Butun ko‘z 5
bo‘shlig‘ining ko‘z gavharidan ko‘z- 3 2
ning orqa devorigacha bo‘lgan qismi
quyuqroq shaffof (shishasimon) 8 7 4
jism bilan to‘lgan. Ko‘z suyuqligining 6
sindirish ko‘rsatkishi 1,33 ga, shox-
pardaniki 1,38 ga va ko‘z gavhariniki 9

o‘rtacha 1,48 ga teng.

  1. rasm.

4 3


Ko‘zga tushadigan nurlar shoxparda sirtida eng ko‘p sinadi. Gavhar ham nurni qo‘shimcha ravishda ozroq sindiradi.Biz ko‘z bilan ko‘rayotgan buyumning tasviri to‘r pardaga joylashadi: u haqiqiy, kichiklashgan va teskari tasvir bo‘ladi. Biz miyamizni korrektlash ta’siri ostida buyumning joylashishi to‘g‘risida to‘g‘ri taassurot olamiz.
Buyumning ko‘zdan uzoqligi o‘zgarishiga qaramay, uning to‘rpardadagi tasviri aniqligicha qolaveradi (46- rasm). Buning sababi shuki, ko‘z gavhari o‘z egriligining va shu bilan birga, o‘z optik kuchini o‘zgartira oladi.
Ko‘zimizga ancha yaqin turgan buyumga qaraganimizda ko‘z muskullari gavharning qavariqligini oshiradi va gavhar o‘zidan o‘tayotgan nurlarni kuchliroq sindiradi. Uzoqda turgan buyumlarga qaraganda esa gavhar yassiroq bo‘lib qoladi va uning sindirish qobiliyati kuchsizlanadi. Demak, ko‘z gavharining fokus masofasi o‘zgarib turadi. Ko‘z gavharining fokus masofasini kuzatilayotgan buyumgacha bo‘lgan masofaga moslash qobilayati akkomodatsiya deyiladi. Lekin ko‘z akkomodatsiyasining ma’lum bir chegarasi bo‘ladi: biz juda yaqin turgan buyumlarni aniq ko‘ra olmaymiz, chunki ko‘zning to‘rpardasida bu buyumning aniq tasviri hosil bo‘ lmaydi.
Buyumdan ko‘zgacha shu buyumning mayda qismlarini (ko‘zni haddan tashqari zo‘riqtirmay) ko‘rish mumkin bo‘lgan masofa eng yaxshi ko‘rish masofasi deb ataladi. Normal ko‘z uchun eng yaxshi ko‘rish masofasi 25 sm ga teng deb hisoblanadi.
Normal ko‘z akkomodatsiyasining eng uzoq nuqtasi cheksiz uzoqlashgan nuqtadir. Bu nuqta ko‘zning zo‘riqmagan holatiga muvofiq keladi.
Ko‘z akkomodatsiya qobiliyati buyumlarni to‘rparda sirtida proeksiyalanishini ta’minlaydi. Normal ko‘z hech qanday zo‘ri- qishsiz har qanday masofadagi buyumlarni eng kichik masofaga
4 4




Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə