O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Parta o‘rindig‘ining chuqurligi son uzunligining 2/ 3–3/ 4 / qis-



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix27.12.2022
ölçüsü3,29 Mb.
#97920
1   2   3   4   5   6   7
Gigiyena (M.Azizov, S.Solixo\'jayev, Sh.Qambarova)


Parta o‘rindig‘ining chuqurligi son uzunligining 2/ 3–3/ 4 / qis-
miga teng bo‘lishi lozim.
Partaning o‘quvchi qaddi-qomati to‘g‘ri bo‘lishini ta’min-
laydigan asosiy parametrlari parta suyanchig‘i bilan o‘rindig‘i ora-
sining to‘g‘ri nisbatda bo‘lishidir, ya’ni differensiatsiyasidir. Diffe-
rensiatsiya deb parta chetidan o‘rindiq tekisligigacha bo‘lgan tik
chiziq bo‘ylab o‘tgan masofaga aytiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


299
Differensiatsiya musbat, nol, manfiy bo‘lishi mumkin. Man-
fiy ko‘rsatkich gigiyena talablariga javob beradi, bunda o‘rindiqning
old qismi partaning orqa chetidan tushirilgan vertikal chiziqchaga
bo‘lgan nisbatda ichkari kirgan bo‘ladi. Nolga teng bo‘lganda
o‘rindiqning old qismi partaning orqa chetidan tushirilgan ver-
tikal chiziq bilan bir tekis turadi. Differensiatsiya musbat bo‘lganda
o‘rindiqning old qismi partaning orqa chetidan tushirilgan ver-
tikal chiziq orasidagi masofaga teng bo‘ladi. Masofa nolga teng va,
ayniqsa, musbat bo‘lsa, o‘quvchi qo‘llarining bilak qismini parta
yoki stol ustiga to‘g‘ri qo‘yishi uchun oldinga engashishga majbur
bo‘ladi. O‘tirib ishlashga noqulaylik, zo‘riqish va o‘quvchini tez
charchatib qo‘yadigan sharoitlar yuzaga keladi.
Differensiatsiya musbat bo‘lganda yozish vaqtida o‘quvchi o‘ng
yelkasini pastga tushirishga majbur bo‘ladi, bu tana asimmetriya-
siga hamda umurtqa pog‘onasining qiyshayib qolishiga olib keladi,
shuningdek ko‘zdan kitob yoki daftargacha bo‘lgan masofani uzay-
tiradi.
Suyanchiq masofasi stol qopqog‘ining orqa chetidan gori-
zontal bo‘ylab stul suyanchig‘igacha bo‘lgan masofadir. Bu
ko‘krak qafasi ( old-orqa) diametridan ko‘pi bilan 5 sm keladi-
gan oraliq bo‘lishi kerak. Suyanchiq masofasi kichik bo‘lsa,
stol qopqog‘i ko‘krak qafasiga taqalib qoladi, nafas va qon ay-
lanishi buzilib, o‘tirib ishlash noqulay bo‘ladi, statilk og‘irlik
ortadi, odam tez charchab, ish qobiliyati pasayadi. Suyanchiq
masofa katta bo‘lganida o‘quvchi stolga suyana olmay, tananing
markazi tayanch nuqtasiga nisbatan oldinga suriladi. Manfiy
ko‘rsatkich 3–5 sm bo‘lganda, gigiyenik jihatdan eng yaxshi
natijaga erishiladi.
O‘rindiqning pol sathidan balandligi boldir suyagi va to‘piqning
uzunligiga hamda poyabzalning 1–2 sm poshnasi balandligining
yig‘indisiga teng bo‘lishi kerak.
Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə