O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligi


Mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə4/23
tarix08.03.2018
ölçüsü1,38 Mb.
#30799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23

Mustahkamlash uchun savollar.

1. Suvning dissotsilanishi ayting.

2. Vodorod ko`rsatkich nima?

3.Gidroliz nima?

4. Tuzlarning gidrolizlanishi qanday yoziladi?

5.Suvning ion ko’paytmasi deganda nimaga tushunasiz?

6.Qanday tuzlar gidrolizga uchraydi?

7. qanday tuzlar gidrolizga uchramaydi?

8. Elektrolitik dissotsilanish nazariyasining asosiy qoidalari.

9. Dissosilanish mexanizmi va darajasi.

10. Kuchli va kuchsiz elektrolitlar.

11. Kislota, asos va tuzlarning dissotsilanishi.

12. Ion almashinish reaksiyalari.

13. Kislota va asoslarning protolitik nazariyasi.



Mavzuga oid tayanch iboralar.

Gidrolz –tuzlarning suv bilan ta’sirlashishi.

Vodorod ko’rsatgich- PH.

Suvning ion ko’paytmasi – H+, OH- ionlarning ko’paytmasi.

Neytral- vodorod va gidrooksid ionlari konsentratsiyasi miqdori 7 ga teng bo’lgan muxit.

Ishqoriy-OH- ionlari miqdori 7 dan katta bo’lgan muxit.

Kislotali muxit- PH 7dan kichik bo’lgan muxit.

Elektrolitlar-elekt tokini o’tkazuvchi moddalar.

Elektrolitmaslar-elektr tokini o;tkazmaydigan moddalar.

Amfoter elektrolitlar, amfolitlar- bir vaqtning o`zida vodorod kationlari va gidroksid–ionlarni hosil qiladigan elektrolitlar.

Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi- elektrolitlar suvdagi eritmalarining o`ziga xos xususiyatlarini tushuntirish.

Dissotsilanish- elektrolitlarning ionlarga ajralishi.

Assotsilanish- bir vaqtda ionlarning birikish jarayoni.

Dissotsilanish darajasi- ionlarga ajralgan molekulalar sonining umumiy erigan molekulalar soni N ga nisbati.

Kislotalar- dissotsilanganda kationlar sifatida faqat vodorod kationlari hosil bo`ladigan elektrolitlar.

Asoslar- dissotsilanganda anion sifatida faqat gidroksid ionlar hosil bo`ladigan elektrolitlar.

Tuzlar- dissotsilanganda metallarning kationlari (shuningdek ammoniy kationi–NH4+) va kislota qoldiqlarining anionlarini hosil qiladigan elektrolitlar.

Ionli reaksiyalar- ionli tenglamalar- elektrolitlarning eritmalarida sodir bo`ladigan barcha ionlar orasidagi reyaksiyalari.

Ion–almashinish reaksiyalari- ionlarning zaryadlari o’zgarmay qoladigan reaksiyalari.

Mavzuga oid adabiyotlar.

1. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun. Toshkent, «O`qituvchi», 2001.

2. K. R. Rasulov va boshqalar. «Umumiy va anorganik kimyo». Toshkent, «O`qituvchi», 1996.

3. G. Ye. Rudzitis, F. G. Feldman. Kimyo. 8–9–sinf darsliklari. Toshkent, «O`qituvchi», 1992.

4. A. G. Muftahov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. Umumiy kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.

5. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. Kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002


Mavzu-5: Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalari.

Reja:

-Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalari nazariyasi.

- Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzish.

- Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarining klassifikatsiyasi.
Barcha kimyoviy reaksiyalarni ikki turga bo`lish mumkin. Ularning birinchisiga reaksiyaga kirishayotgan moddalar tarkibidagi atomlarning oksidlanish darajalari o`zgarmaydigan reaksiyalar kiradi, masalan:

H+N+5O3–2 + Na+O–2H+ = Na+N+5O3–2 + H2+O–2

Ba+2Cl2 + K2+S+6O4–2 = Ba+2S+6O4–2  + 2K+Cl

Ikkinchi turga reaksiyaga kirishayotgan moddalar atomlarining oksidlanish darajalari o`zgaradigan reaksiyalar kiradi, masalan:

2K+Cl+5O3–2 = 2K+Cl + 3O20 ; 2K+Br + Cl20 = 2K+Cl + Br20

Reaksiyaga kirishayotgan moddalar tarkibidagi atomlarning oksidlanish darajasi o`zgarishi bilan boradigan reaksiyalar oksidlanish–qaytarilish reaksiyalari deyiladi.

Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalari nazariyasining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:


  1. Atom, molekula yoki ionning elektron berish jarayoni oksidlanish deyiladi, masalan, Al0 – 3e = Al+3 Fe+2 – e = Fe+3

H20 – 2e = 2H+ 2Cl –2e = Cl20

Oksidlanishda oksidlanish darajasi o`zgaradi.



  1. Atom, molekula yoki ionning elektronlar biriktirib olish jarayoni qaytarilish deyiladi, masalan,

S0 + 2e = S–2 Cl20 + 2e = 2Cl Fe+3 + e = Fe+2

Qaytarilishda oksidlanish darajasi kamayadi.

3. Elektronlarini beradigan atom, molekula yoki ionlar qaytaruvchilar deyiladi. Reaksiyalar vaqtida ular oksidlanadi. Elektronlarni biriktirib oladigan atom, molekula yoki ionlar oksidlovchilar deyiladi. Reaksiyalar vaqtida ular qaytariladi.

4. Oksidlanish hamma vaqt qaytarilish bilan birga sodir bo`ladi va aksincha,

qaytarilish doimo oksidlanish bilan bog`liq.

Qaytaruvchi – e Oksidlovchi Oksidlovchi + e Qaytaruvchi

Qaytaruvchi bergan elektronlar soni oksidlovchi biriktirib olgan elektronlar soniga teng.

Eng muhim qaytaruvchilarga–metallar, H2, ko`mir, CO, H2S, SO2, H2SO3, HI, HBr, HCl, SnCl2, FeSO4, MnSO4, Cr2(SO4)3, HNO2, NH3, N2H4, NO, H3PO3, aldegidlar, spirtlar, chumoli va oksalat kislotalar, glyukoza, elektrolizda katod kiradi.

Eng muhim oksidlovchilarga galogenlar, KmnO4, K2MnO4, MnO2, K2Cr2O7, K2CrO4, HNO3, O2, O3, H2O2, kons. H2SO4, H2SeO4, CuO, Ag2O, PbO2, Ag+, Au+3, FeCl3, zar suvi, kons. HNO3 va HF larning aralashmasi, elektrolizda anod kiradi.

Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzishning ikki xil usuli – elektronlar balansi usuli bilan yarim reaksiyalar usuli qo`llaniladi.

Elektronlar balansi usuli: Bu usulda boshlang`ich va oxirgi moddalardagi atomlarning oksidlanish darajalari taqqoslanadi, bunda qaytaruvchi bergan elektronlar soni oksidlovchi biriktirib olgan elektronlar soniga teng bo`lishi kerak. Tenglama tuzish uchun reaksiyaga kirishayotgan moddalarning va reaksiya mahsulotlarining formularini bilish kerak. Reaksiya mahsulotlari tajriba yo`li bilan yoki elementlarning ma`lum xossalari asosida aniqlanadi. Masalan, 1–misol.

Cu0 + Pd+2(NO3)2  Cu+2(NO3)2 + Pd0

Cu0 – 2e  Cu+2  2  1

Pd+2 + 2e  Pd0 2 1

Cu + Pd(NO3)2 = Cu(NO3)2 + Pd

2–misol. HCl + Mn+4O2  Cl20 + Mn+2Cl2 + H2O

2Cl–1 – 2e = Cl2 2 1

Mn+4 + 2e = Mn+2 2 1

4HCl + MnO2 = Cl2 + MnCl2 + 2H2O

3–misol. H2S–2 + KMn+7O4 + H2SO4  S0 + Mn+2SO4 + K2SO4 + H2O

S–2 – 2e = S0 2 5

Mn+7 + 5e = Mn+2 5 2

5H2S + 2KmnO4 + 3H2SO4 = 5S + 2MnSO4 + K2SO4 + 8H2O

Yarim reaksiyalar usuli, ya`ni ion–elektronli usul: Nomidan ko`rinib turibdiki, bu usul oksidlanish jarayoni va qaytarilish jarayoni uchun ionli tenglamalarni tuzish va ularni umumiy tenglama tarzida birlashtirishga asoslangan. Misol uchun, ozroq kislota qo`shilgan KMnO4 eritmasi orqali H2S o`tkazilganda pushti rang yo`qoladi va eritma loyqalanadi.

H2S  S + 2H+ H2S – 2e = S + 2H+ oksidlanish jarayoni

MnO4  Mn+2 MnO4 + 8H+ = Mn+2 + 4H2O

MnO4 + 8H+ + 5e = Mn+2 + 4H2O qaytarilish jarayoni

Reaksiyaning umumiy tenglamasini tuzish uchun oldin berilgan va biriktirib olingan elektronlar sonini tenglashtirib, so`ngra yarim reaksiyalarning tenglamalarini hadma–had qo`shish kerak.

H2S – 2e = S + 2H+ │2 │5

MnO4+ 8H+ + 5e = Mn+2 + 4H2O │5 │2

5H2S + 2MnO4+ 16H+ = 5S + 10H+ + Mn+2 + 8H2O

Tenglamaning ikkala qismini 10H+ ga qisqartirsak yakuniy tenglama olinadi: 5H2S + 2MnO4+ 6H+ = 5S + 2Mn+2 + 8H2O

5H2S + 2MnO4+ 6H+ = 5S + 2Mn+2 + 8H2O

2K+ + 3SO4–2 = 2K+ + 3SO4–2

5H2S + 2KMnO4 + 3H2SO4 = 5S + 2MnSO4 + K2SO4 + 8H2O


Odatda oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarining uch turi: molekulalararo, ichki molekulyar va disproporsiyalanish reaksiyalari bo`ladi.

Molekulalararo reaksiyalarga oksidlovchi va qaytaruvchi turli moddalarda bo`ladigan reaksiyalar kiradi. Bitta elementning atomlari turli xil oksidlanish darajalarida bo`ladigan har xil moddalar orasidagi reaksiyalarni ham ana shu turga kiritish kerak:

2H2S–2 + H2S+4O3 = 3S0 + 3H2O 5HCl–1 + HCl+5O3 = 5Cl20 + 3H2O



Ichki molekulyar reaksiyalarga oksidlovchi bilan qaytaruvchi bitta moddaning o`zida bo`ladigan reaksiyalar kiradi. Bu holda oksidlanish darajasi musbatroq bo`lgan atom oksidlanish darajasi kichikroq atomni oksidlaydi. Termik parchalanish reaksiyalari ana shu tur reaksiyalarga kiradi, masalan,

2NaN+5O3–2 = 2NaN+3O2 + O20 2KCl+5O3–2 = 2KCl–1 + 3O20

Tarkibidagi bitta elementning atomlari turli xil oksidlanish darajalariga ega bo`ladigan moddalarning parchalanishini ham ana shunday reksiyalar qatoriga kiritiladi, masalan,

N–3H4N+3O2 = N20 + 2H2O N–3H4N+5O3 = N2+1O + 2H2O



Disproporsiyalanish reaksiyasining borishida bitta element atomlarining oksidlanish darajalari bir vaqtning o`zida ortadi ham kamayadi. Bunda boshlang`ich modda hosil qilgan birikmalarning birida atomlarning oksidlanish darajalari yuqori, ikkinchisida esa pastroq bo`ladi. Bunday reaksiyalar molekulasida oraliq oksidlanish darajasiga ega bo`lgan atomlar bor moddalardagina bo`ladi. Masalan, molekulasidagi Mn oraliq oksidlanish darajasi +6 ga ega bo`lgan (+7 bilan +4 orasida) K2MnO4 ning o`zgarishini ko`rsatish mumkin. Bu tuzning eritmasi chiroyli to`q yashil tusli (MnO4–2 rangi) bo`ladi, lekin eritmaning rangi qo`ng`irga o`zgaradi. Bu MnO2 cho`kmasi tushishi va MnO4–1 ioni hosil bo`lishi tufaylidir. Quyidagicha reaksiya sodir bo`ladi:

3K2Mn+6O4 +2H2O = 2KMn+7O4 + Mn+4O2 + 4KOH

Mn+6 – e = Mn+7 │1│2

Mn+6 + 2e = Mn+4 │2 | 1

3K2MnO4 +2H2O = 2KMnO4 + MnO2 + 4KOH

Quyidagi reaksiyalar ham disproporsiyalanish reaksiyalari qatoriga kiradi:

3HN+3O2 = HN+5O3 + 2N+2O + H2O

Cl20 + H2O HCl+1O + HCl–1

Elektrolitlarning eritmalari va suyuqlanmalarida har xil ishorali ionlar bo`ladi, ular suyuqlikning barcha zarrachalari kabi tartibsiz harakatda bo`ladi. Agar NaCl ning suyuqlanmasiga (NaCl 801 0C da suyuqlanadi) inert (ko`mir) elektrodlar botirilsa va o`zgarmas elektr toki o`tkazilsa, u holda ionlar elektrodlarga: Na+ kationlari–katodga, Cl anionlari–anodga tomon harakatlanadi. Na+ ionlari katoddan elektronlar oladi va qaytariladi: Na+ + e = Na

Cl ionlari esa elektronlarini anodga berib oksidlanadi: 2Cl–1 – 2e = Cl2

Agar endi bu ikki elektrod reaksiyalarni hadlab qo`shsak, u holda NaCl elektrolizining umumiy tenglamasini olamiz:

Na+ + e = Na | 2

2Cl–1 – 2e = Cl2 | 1

2Na+ + 2Cl–1  2Na + Cl2 yoki 2NaCl  2Na + Cl2

Bu reaksiya oksidlanish–qaytarilish reaksiyasi hisoblanadi: anodda oksidlanish jarayoni, katodda qaytarilish jarayoni sodir bo`ladi.
Takrorlash uchun savollar.

1. Qanday reaksiyalar oksidlanish–qaytarilish reaksiyalari deyiladi?

2. Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini qanday usullar bilan tuzish mumkin.

3. Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalari qanday turlarga bo`linadi?

4. Disproporsiya jarayoni deganda qanday jarayon tushuniladi.

5. Oksidlovchi nima, qaytaruvchi nima?



Mavzuga oid tayanch iboralar.

1. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari – bu reaksiyaga kirishayotgan moddalar tarkibidagi atomlarning darajasi ozgarishi bilan boradigan reaksiyalardir.

2. Oksidlanish – bu atom, molekula yoki ionning electron berish jarayonidir.

3.Qaytarilish – bu atom, molekula yoki ionning electron biriktirib olish jarayonidir.

4. Oksidlovchilar – bu elektronlarni biriktirib oladigan atom, molekula yoki ionlardir.

5. Qaytaruvchilar – elektronlarini beradigan atom, molekula yoki ionlar bolib, reaksiya vaqtida ular oksidlanadi.



Mavzuga oid adabiyotlar.

1. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun. Toshkent, «O`qituvchi», 2001.

2. K. R. Rasulov va boshqalar. «Umumiy va anorganik kimyo». Toshkent, «O`qituvchi», 1996.

3. G. Ye. Rudzitis, F. G. Feldman. Kimyo. 8-9-sinf darsliklari. Toshkent, «O`qituvchi», 1992.

4. A. G. Muftahov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. Umumiy kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.

5. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. Kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.

6. S. Masharipov, I. Tirkashev. Kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.

Mavzu - 6: Organik va anorganik moddalarning oksidlanish–qaytarilish reaksiyalari.

Reja:

- Organik va anorganik moddalarning oksidlanish–qaytarilish reaksiyalari

- Molekulalararo oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzish.

- Ichki molekulyar oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzish.

- Disproporsiya va sinproporsiya reaksiyalarining tenglamalarini tuzish.
Anorganik reaksiyalar kabi organik reaksiyalar ham sinflarga ajratiladi. Organik reaksiyalar 3 katta turga bo`linadi:

1. O`rin olish reaksiyalari, masalan:

CH4 + Cl2 → CH3Cl + HCl

CH3−CH2−CH3 + Br2 → CH3−CH2−CH2Br + HBr

2. Ajralib chiqish reaksiyalari, masalan:

CH3−CH2Br → CH2═CH2 + HBr

CH3−CH2−CH2Cl → CH3−CH═CH2 + HCl

3. Biriktirib olish reaksiyalari, masalan:

CH2═CH2 + HCl → CH3−CH2Cl

3CH≡CH → C6H6

Organik reaksiyalarni reaksiyaga kirishayotgan molekulalardagi kovalent bog`lanishlarning uzilish mexanizmiga qarab ham sinflarga ajratish mumkin. Bunday ajratish bog`lanishni uzishning ikki usuliga asoslanadi:

1. Agar umumiy elektronlar juft atomlar orasida bo`linsa, u holda radikallar–juftlashmagan elektroni bor zarrachalar paydo bo`ladi. Bog`lanishning bunday uzilishi radikal yoki gomolitik uzilish deyiladi:

CH4 → CH3 + H

Hosil bo`ladigan radikallar reaksion sistemasidagi molekulalar bilan yoki bir–birlari bilan o`zaro ta`sirlashadi.

2. Agar bog`lanish uzilganda umumiy elektronlar jufti bitta atomda qolsa, u holda ionlar–kation va anion hosil bo`ladi. Bunday mexanizm ionli yoki geterolitik mexanizm deyiladi. U organik kationlar yoki anionlar hosil bo`lishiga olib keladi:

CH3Cl → CH3+ + :Cl CH3Li → Li+ + H3C

Organik ionlar keyingi o`zgarishlarga uchraydi. Bunda organik kationlar nukleofil («yadroni sevadigan») zarrachalar bilan, organik anionlar esa–elektrofil («elektronlarni sevadigan») zarrachalar bilan reaksiyaga kirishadi, masalan:

CH3+ + :OH→ CH3OH H3C: + H+ → CH4

Ionli mexanizm, odatda, qutbli kovalent bog`lanish (uglerod–galogen, uglerod–kislorod) uzilishida kuzatiladi

a) Yumshoq oksidlanish sharoitida alkenlarga KMnO4 ning suvli yoki spirtli eritmasi ta`sir ettirilganda ikki atomli spirtlar hosil bo`ladi (Vagner reaksiyasi);

3CH2=CH2 + 2KMnO4+4H2O3HOH2CCH2OH + 2MnO2 + 2KOH

b) Tarmoqlangan holatdagi alkenlar shiddatli oksidlanganda qo`shbog` uziladi va karbon kislota hamda ketonlar hosil bo`ladi;

CH3–C=CH2 + 2(O)  CH3–CO–CH3 + H–C=O + O  H–COOH

CH3 H

c) Alkenlar kislorod ishtirokida yonadi va CO2 va H2O hosil qiladi;

C2H4 + 3O2  2CO2 + 2H2O



Oksidlanish reaksiyalari. 1) Benzol gomologlari to`yingan uglevodorodlarga qaraganda oson oksidlanadi. Bunda benzol halqasi bilan bog`langan radikallargina oksidlanadi. Benzol gomologlarining kuchli oksidlovchilar (KMnO4) ta`sirida faqat yon zanjirlari oksidlanadi:

C6H5CH3  C6H5COOH benzoy kislota

2) Benzol va uning gomologlari havoda tutab yonadi.

2C6H6 + 15O2  12CO2 + 6H2O

Barcha kimyoviy reaksiyalarni ikki turga bo`lish mumkin. Ularning birinchisiga reaksiyaga kirishayotgan moddalar tarkibidagi atomlarning oksidlanish darajalari o`zgarmaydigan reaksiyalar kiradi, masalan:

H+N+5O3–2 + Na+O–2H+ = Na+N+5O3–2 + H2+O–2

Ba+2Cl2 + K2+S+6O4–2 = Ba+2S+6O4–2  + 2K+Cl

Ikkinchi turga reaksiyaga kirishayotgan moddalar atomlarining oksidlanish darajalari o`zgaradigan reaksiyalar kiradi, masalan:

2K+Cl+5O3–2 = 2K+Cl + 3O20 ; 2K+Br + Cl20 = 2K+Cl + Br20

Reaksiyaga kirishayotgan moddalar tarkibidagi atomlarning oksidlanish darajasi o`zgarishi bilan boradigan reaksiyalar oksidlanish–qaytarilish reaksiyalari deyiladi.

Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalari nazariyasining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:


  1. Atom, molekula yoki ionning elektron berish jarayoni oksidlanish deyiladi, masalan, Al0 – 3e = Al+3 Fe+2 – e = Fe+3

H20 – 2e = 2H+ 2Cl –2e = Cl20

Oksidlanishda oksidlanish darajasi o`zgaradi.



  1. Atom, molekula yoki ionning elektronlar biriktirib olish jarayoni qaytarilish deyiladi, masalan,

S0 + 2e = S–2 Cl20 + 2e = 2Cl Fe+3 + e = Fe+2

Qaytarilishda oksidlanish darajasi kamayadi.

3. Elektronlarini beradigan atom, molekula yoki ionlar qaytaruvchilar deyiladi. Reaksiyalar vaqtida ular oksidlanadi. Elektronlarni biriktirib oladigan atom, molekula yoki ionlar oksidlovchilar deyiladi. Reaksiyalar vaqtida ular qaytariladi.

4. Oksidlanish hamma vaqt qaytarilish bilan birga sodir bo`ladi va aksincha,

qaytarilish doimo oksidlanish bilan bog`liq.

Qaytaruvchi – e Oksidlovchi Oksidlovchi + e Qaytaruvchi

Qaytaruvchi bergan elektronlar soni oksidlovchi biriktirib olgan elektronlar soniga teng.

Eng muhim qaytaruvchilarga–metallar, H2, ko`mir, CO, H2S, SO2, H2SO3, HI, HBr, HCl, SnCl2, FeSO4, MnSO4, Cr2(SO4)3, HNO2, NH3, N2H4, NO, H3PO3, aldegidlar, spirtlar, chumoli va oksalat kislotalar, glyukoza, elektrolizda katod kiradi.

Eng muhim oksidlovchilarga galogenlar, KmnO4, K2MnO4, MnO2, K2Cr2O7, K2CrO4, HNO3, O2, O3, H2O2, kons. H2SO4, H2SeO4, CuO, Ag2O, PbO2, Ag+, Au+3, FeCl3, zar suvi, kons. HNO3 va HF larning aralashmasi, elektrolizda anod kiradi.

Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzishning ikki xil usuli – elektronlar balansi usuli bilan yarim reaksiyalar usuli qo`llaniladi.

Elektronlar balansi usuli: Bu usulda boshlang`ich va oxirgi moddalardagi atomlarning oksidlanish darajalari taqqoslanadi, bunda qaytaruvchi bergan elektronlar soni oksidlovchi biriktirib olgan elektronlar soniga teng bo`lishi kerak. Tenglama tuzish uchun reaksiyaga kirishayotgan moddalarning va reaksiya mahsulotlarining formularini bilish kerak. Reaksiya mahsulotlari tajriba yo`li bilan yoki elementlarning ma`lum xossalari asosida aniqlanadi. Masalan, 1–misol.

Cu0 + Pd+2(NO3)2  Cu+2(NO3)2 + Pd0

Cu0 – 2e  Cu+2  2  1

Pd+2 + 2e  Pd0 2 1

Cu + Pd(NO3)2 = Cu(NO3)2 + Pd

2–misol. HCl + Mn+4O2  Cl20 + Mn+2Cl2 + H2O

2Cl–1 – 2e = Cl2 2 1

Mn+4 + 2e = Mn+2 2 1

4HCl + MnO2 = Cl2 + MnCl2 + 2H2O

3–misol. H2S–2 + KMn+7O4 + H2SO4  S0 + Mn+2SO4 + K2SO4 + H2O

S–2 – 2e = S0 2 5

Mn+7 + 5e = Mn+2 5 2

5H2S + 2KmnO4 + 3H2SO4 = 5S + 2MnSO4 + K2SO4 + 8H2O


Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə