O’zbekiston respublikasi xalk ta`lim vazirigi ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika instituti Ta`biyattaniw-geografiya fakul`teti


ELEMENTLAR DAVRIY JADVALI. ATOMLAR TUZILISHINI JADVAL VA SISTEMA



Yüklə 433,33 Kb.
səhifə76/88
tarix24.12.2023
ölçüsü433,33 Kb.
#158676
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   88
Kirish. Kimyo o\'qitish metodikasi fani, vazifalari-www.hozir.org

ELEMENTLAR DAVRIY JADVALI. ATOMLAR TUZILISHINI JADVAL VA SISTEMA 
ORQALI TUSHUNTIRISH. 
REJA : 
3.
Davriy qonun va elementlar davriy jadvali mavzusini yoritish metodikasi.
4.
s, p, d, f qavatlari, atom haqidagi tushunchani davriy qonun va jadvalga asoslanib yoritish.
Asosan dars berish bilim berish, tarbiyalash va bilimni rivojlantirish aspektlariga asoslangan.
Bilim berish aspekti:bu tabiat qonuni, hamda kimyoni o'rganishning metodik asosi, hamda kimyoni
o'rgatish uslubidir. Hozirgi vaqtda kimyoning qaysi qismini qaramasak uning asosida davriy qonun
turadi. Uning o'rta maktab kimyosida o'rganilishi to'g'ri rejalashtirilgan, u oldin ham emas, kech ham
emas. Kimyo dasturida bilim olishga tegishli talablar birinchidir. Mavzuni boshlashdan oldin
o'qituvchi oldingi o'tilganlarni o'quvchilarga eslatadi, chunki "davriy qonun va elementlar davriy
jadvali" umumlashtiruvchi xarakterga ega. Shu sababli quyidagi bilimlar qaytariladi:
1.
Kimyoviy element atomi haqida tushuncha, uning nisbiy atom massasi, valentlik.
2.
Oddiy va murakkab modda haqida tushuncha.
3.
Kislorod kimyoviy element haqida tushuncha va valentligi.
4.
Vodorod elementi haqida va uning valentligi haqida tushuncha.
5.
Metall va metalmaslarning xossalari haqida umumiy tushuncha.
6.
Oksidlar haqida tushuncha (asosli va kislotali).
7.
Gidroksidlar haqida tushuncha
8.
Metallar, asosli oksidlar va asoslar, hamda metalmaslar, kislotali oksidlar, kislotalar orasidagi
genetik bog'lanishlari haqidagi tushuncha.
Mavzu mazmunining tuzilishi dasturda asosan tarixiy-logik yaqinlashish orqali yozilgan.
Boshlang'ich davrda D.I.Mendeleyev taklifi elementlar va moddalarning xossalarining elementlar atom
og'irligiga bog'liqligiga asoslangan, keyinchalik element atomlari tuzilishiga bog'liqligi asos qilingan.
Bunday yondoshish, birinchidan o'quvchilarning izlanuvchanligiga sharoit tug'diradi, o'quv jarayonini
faollashtiradi. Maktab dasturida mazmunning quyidagi tuzilishi asos qilib olingan.
Birinchidan, o'quvchilarga yetmayotgan bilimlar beriladi, bu esa davriylik hodisasini
tushunishga yordam berishi kerak. Metallar va metalmaslar bilimlari umumlashtiriladi, galogenlar
(metalmaslar) misolida amfoterlik va bir-biriga o'xshash gruppalar, hamda ishqoriy metallar va inert
elementlar umumlashtiriladi.
Keyingi etap - atom massasi o'sishi bilan qatorda joylashgan elementlar xossalarining davriy
ravishda qaytarilishi tahlil qilinadi va Mendeleyev taklif etgan qonuniyat tushuntiriladi.
Keyingi etap - tuzilishi o'rganiladi va olingan bilimlarni davriylik hodisasi bilan bog'lanishligi
ko'rsatiladi.
Keyin oldingi ikki bosqichda olingan bilimlar materiali davriy sistema strukturalariga asoslanib
chuqur sintez qilinadi, shu davriy jadval asosida elementlar va ularning birikmalarining xossalarini
bashorat qilishga o'rgatiladi.
Mavzu oxirida Mendeleyev hayoti va ilmiy ishlari qarab chiqiladi.
Mendeleyev o'zining qonuniyatlariga ayrim elementlar xossalarini yig'ib, bir xil xossalarini
aniqlab va ayrim gruppalarga joylab taklif etadi. Oldin u ma'lum elementlarni oltita gruppaga bo'ldi
-
Ca=40
Sr=87,6
Ba=137
Na=23
K =39
Re=85, 4
Cs=133
F =13
Cl=35,5
Br=80
J=127
O =16
S =32
Se=79, 4
Te=128
N =14
P =31
As=75
Sb=122
C =12
Si=28
-
Sn=118


80
Bu bosqichni tushuntirish uchun qisqa tabiiy ishqoriy metallar, galogenlar va inert elementlar


xarakteristikalari kiritiladi. Elementlar atom massalari og'irligini oshishi bo'yicha joylashtirilgach, ular
tartib bilan nomerlanadi va tartib nomerlarining fizikoviy ma'nosini anglatadi. Ayrim elementlarning
nisbiy atom massalarining og'irliklarining nisbatan buzilishiga qarab chiqilgach, izotoplar qarab
chiqiladi. Faqat shundan keyin davriy jadval strukturasi davriy qonunning grafik tuzilishi orqali
o'rgatiladi. Shundan keyin hamma davriy jadvaldagi qonuniyatlar atomlarning tuzilishi nazariyasi
orqali o'rganiladi.
Davriy jadvaldan foydalanib, o'quvchilar elementlar va oddiy moddalar xossalarini o'zaro
solishtiradilar, yuqori oksidlar va gidrooksidlar formulalar tuza ola boshlaydilar, ularning xossalarini
bashorat qiladilar, uchuvchan vodorodli birikmalarining formulalarini tuzadilar, hamda davriy jadvalga
asoslanib genetik reaksiyalar tenglamalari yozilishi mumkin.
Bilimi mustahkam bo'lgan o'quvchilar mustaqil ish vaqtida dasturlashgan qo'llanmalarni ham
yecha boshlaydilar. Davriy qonunni yaxshi o'zlashtirish uchun har xil qiziqarli masalalar bashorat
etuvchi xarakterli masalalar ham taklif etiladi.

Yüklə 433,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə