Ozenka Prosvetov qxd


-BOB. BIZNES QIYMATINI BAHOLASHNING MAZMUNI VA



Yüklə 5,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/177
tarix22.03.2024
ölçüsü5,41 Kb.
#182301
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177
BIZNES QIYMATINI BAHOLASH укув кулланма

1-BOB. BIZNES QIYMATINI BAHOLASHNING MAZMUNI VA 
MOHIYATI 
 
1.1. Biznes qiymatini baholashning zaruriyati. Korxona 
qiymatining turlari 
 
Bozor iqtisodiyotida biznes qiymatini egalari, investorlar, sug‘urta 
kompaniyalar, soliq organlari va boshqalar nuqtai nazaridan turib baholash 
muammosi mavjud. 
Korxonani moliyalashtirishning variantlari qanchalik oqilona tanlangan edi? 
Resurslar eng yaxshi tarzda foydalanilganmi? Biznesning rentabelligi kutilgan 
darajasiga mos keladimi? Korxonaning aksiyalari fond bozorida oldi-sotdisi 
holatida qimmatli qog‘ozlarning qiymati qanday aniqlanadi? Kreditlashda 
garovning qiymati nimaga teng bo‘ladi? Keyinchalik daromad keltiradigan 
aktivlarning haqiqiy qiymati qanday? Korxona faoliyatining moliyaviy 
ekspertizasi qanday o‘tkaziladi? Bunday tahlil jarayonida qanday moliyaviy 
koeffitsientlar qo‘llanishi lozim? Korxona faoliyatining moliyaviy prognozi 
qanday tuziladi? Olingan natijalarning tanlangan modelning hal xil farazlari 
o‘zgarishiga sezgirligini qanday baholash lozim? 
Bunday va unga o‘xshash savollar doimo paydo bo‘laveradi. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida tadbirkor ham, mansabdor shaxs ham, siyosatchi ham, oddiy 
fuqaro ham baholash faoliyati haqidagi tasavvuri bo‘lmaganda faoliyat yuritishi 
qiyin bo‘ladi. 
Biznes qiymatini baholash vazifalarining murakkabligi mutaxassislarning 
tadqiqot ob’ekti bozor qiymatining metodologiyasi masalalari bo‘yicha fikrlarining 
bir ma’noli emasligi, hamda yuzaga keladigan vazifalarning ko‘p xilligi va turli-
tumanligi bilan bog‘liqdir. 
Biznes qiymatini baholash vazifalarini hal etishning bir qator (moliyaviy va 
iqtisodiy) usullari bor. Bunda vazifaning mohiyatini tahlil qilmay turib, ularning 
birortasini afzal ko‘rish mumkin emas. Oxirgi yillarda biznes qiymatini baholashga 



yangi takoimllashtirilgan yondashuvlar paydo bo‘ldi. Bu kitobning maqsadi – 
o‘quvchini biznes qiymatini baholashning amaliy usullari bilan (absolyut 
prinsiplari bilan emas) tanishtirishdir. 
Korxona rahbariyatining asosiy vazifalaridan biri aksiyadorlar manfaatida 
korxonaning iqtisodiy qiymati o‘sishidir. Bu paragrafda biz ushbu vazifani hal 
etishda korxona qiymatining turli tushunchalari qanchalik foydali bo‘lishi 
mumkinligini tahlil qilamiz. 
Iqtisodiy qiymat 
deganda har qanday aktivning ushbu aktiv egasiga 
odatdagi faoliyatidan yoki kelajakda ushbu aktivning sotilishidan olingan foyda 
hisobiga pul mablag‘larining oqimini ta’minlash xususiyati tushuniladi. Iqtisodiy 
qiymat investitsion loyihalarni ularning pul oqimlarini baholash asosida tanlashni 
belgilab beradi. 
Iqtisodiy qiymatni hisoblash qiyinchiliksiz bo‘lmaydi. Ba’zi holatlarda pul 
oqimlarining o‘zini hisoblash murakkab bo‘ladi, keltirilgan pul oqimlarini 
hisoblash uchun tegishli diskontlash stavkasini tanlash kerak bo‘ladi. YUzaga 
keladigan xavf-xatarlarni baholashni ham unutmaslik lozim. Investorlarning xavf-
xatarga turlicha munosabatda bo‘lishi sababli, har bir investor iqtisodiy qiymatni 
o‘zicha baholaydi. 
Lekin iqtisodiy qiymat baribir zamonaviy biznesning istalgan sohasida 
qarorni qabul qilishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Aktivlar va majburiyatlarning 
balans qiymati 
– balans hisobotida aks 
ettiriladigan qiymati bo‘lib, uning kattaligi va o‘zgarishi buxgalterlik hisobi 
prinsiplari bilan belgilab beriladi. Baholash vazifalari uchun balans qiymatidan 
foydalanish katta shubha tug‘diradi. CHunki balans qiymati – bu iqtisodiy 
sharoitlar o‘zgarishi sababli va vaqt o‘tishi bilan «buzilgan» iqtisodiy qiymatidir. 
Bozor qiymati 
– korxonaning majburiyatlar solinmagan aktivlarining 
uyushgan bozorda sotilishi holatidagi (fond birjalari, tovar birjalari va hokazo) 
yoki tomonlarni majburlash mumkin bo‘lmaganda muzokara natijasida hosil 
qilingan narxidir. Istalgan muayyan vaqtda bozor qiymati bitimda ishtirok etuvchi 
tomonlarning afzal ko‘rgan jihatlari, aktivlar yoki qimmatli qog‘ozlar 



savdolarining hajmi bilan va korxonaning, tarmoqning, mamlakatning hayotidagi 
voqealarni baholash bilan belgilanadi. 
Ma’lum bir aktivning bozori mavjud bo‘lsa ham, bu aktiv uchun 
belgilanadigan ma’lum bozor qiymati bor-yo‘g‘i o‘zgaradigan baholash bo‘ladi. 
SHuning uchun haqiqiy bozor qiymati faqat bitimni amalga oshirishda aniqlanishi 
mumkin. Ob’ektiv bozor qiymati bir xil turdagi aktivlar bilan ma’lum vaqt 
oralig‘idagi ko‘p sonli bitimlarni hisobga olishi lozim. 
Bozor qiymati korxonaning aktivlari va majburiyatlari iqtisodiy qiymatini 
ishonchli baholash hisoblanadi. Chunki iqtisodiy qiymat uchun bitimda ishtirok 
etuvchi tomonlarning bo‘lg‘usi pul oqimlari yuzasidan kelajakda kutgan qiymatlari 
belgilab beruvchi ahamiyatga ega bo‘ladi, ular erkin bozordagi bitimlarning 
narxiga ta’sir etadi. 
Bozor qiymati ko‘pincha tovar-moddiy boyliklarning zaxiralarini baholash 
uchun va tugatish qiymatini aniqlash uchun investitsion tahlil qilishda ishlatiladi. 
Korxonalarning birlashuvi va qo‘shib olinishi ham ishtirok etuvchi tomonlarning 
aktivlari bozor qiymatining asosida amalga oshiriladi. 

Yüklə 5,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə