Ozenka Prosvetov qxd



Yüklə 5,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/177
tarix22.03.2024
ölçüsü5,41 Kb.
#182301
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   177
BIZNES QIYMATINI BAHOLASH укув кулланма

Foydaning hisobi. 
Sotuvlar hajmi
– mahsulotni sotishdan tushgan daromad. 
Sotilgan 
mahsulotning tannarxi
korxonaga tovarlarni sotib olish yoki ishlab chiqarish 
qancha pulga tushganligini ko‘rsatadi. 
Yalpi foyda 
quyidagi formula bo‘yicha 
hisoblanadi:
YAlpi foyda 

sotuvlar hajmi 

sotilgan mahsulot-ning 
tannarxi 
Xarajat deganda ma’lum vaqt davri mobaynida sotuvlarni amalga oshirish 
davomida ko‘rilgan doimiy xarajatlar tushuniladi.
Sof foyda quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Sof foyda 

yalpi foyda 

xarajatlar 
1-misol.
Aprel oyida sotuvlar hajmi 200000 so‘mni tashkil etgan. Sotilgan 
mahsulotning tannarxi 90000 so‘mga teng, xarajatlar (ijara haqi, ish haqi va 
hokazo) - 30000 so‘mga teng. Yalpi foydani va sof foydani aniqlaymiz.
Yalpi foyda = sotuvlar hajmi - sotilgan mahsulotning tannarxi = 200000 – 
90000 = 110000 so‘m bo‘ladi. 
Sof foyda = yalpi foyda – xarajatlar = 110000 – 30000 = 80000 so‘m 
bo‘ladi. 
1-masala.
Aprel oyida sotuvlar hajmi 250000 so‘mni tashkil etgan. 
Sotilgan mahsulotning tannarxi 90000 so‘mga teng, xarajatlar (ijara haqi, ish haqi 
va hokazo) - 40000 so‘mga teng. YAlpi foydani va sof foydani aniqlang.
Korxonaning foydasi bir qator sun’iy xususiyatdagi omillarga bog‘liq 
bo‘lishi mumkin. Masalan, korxona boshqa korxona bilan birlashuvida jami
olingan foyda ko‘proq bo‘ladi. Foyda va naqd pul mablag‘lari bir narsa 
emasligitni unutmaslik kerak.
Foyda va zararlar hisoboti ma’lum vaqt davri uchun daromadlarni va 


18 
xarajatlarni aks ettiradi. Lekin ba’zi xarajatlar (ijara haqi, sug‘urtalash va hokazo) 
avvaldan to‘lov bilan amalga oshirilishi mumkin.
Foyda – ko‘rsatkichlarning faqat bittasidir. Shuning uchun korxona 
faoliyatining natijalarini tahlil qilganda nafaqat va asosan foydaga qarash to‘g‘ri 
bo‘lmaydi, balki korxonaning moliyaviy va mulkiy salohiyatini tavsiflaydigan 
ko‘rsatkichlarning jamuljamligini inobatga olish lozim. 

Yüklə 5,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə