Ozenka Prosvetov qxd



Yüklə 5,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/177
tarix22.03.2024
ölçüsü5,41 Kb.
#182301
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177
BIZNES QIYMATINI BAHOLASH укув кулланма

 
 
Taqrizchilar:
 
S.E. Elmirzaev
– TMI “Korporativ moliya va 
qimmatli qog‘ozlar” kafedrasi
mudiri, i.f.d., dotsent 
R.R. Nazarova
– TDIU “Sanoat iqtisodiyoti” 
kafedrasi professori,
i.f.d., dotsent 
© « » publishing house, 2019. 
© Tashkent Institute of Finance, 2019.



KIRISH 
 
Biznes qiymatini baholash iqtisodiy fandagi eng istiqbolli yo‘nalishlardan 
biri bo‘lib, boshqarish, hisob va tahlil sohasidagi nazariy ishlanmalarni ham, ushbu 
fan doirasida yaratilgan amaliy yondashuvlarni ham o‘zida muvaffaqiyatli 
mujassamlashtiradi. Mubolag‘asiz shuni aytish mumkinki, biznes qiymatini 
baholash – bu o‘ziga hos san’at bo‘lib, nazariya va amaliyotni puxta o‘rganishni 
talab etadi. Bunday puxta o‘rganishsiz tayyor holdagi ilmiy tavsiyanomalar 
mutlaqo foyda bermaydi. 
Hozirgi paytda biznes qiymatini baholash bo‘yicha bir qator batafsil 
qo‘llanmalar bor. Lekin mualliflarninig fikricha, ularning hammasida bitta jiddiy 
nuqson bor – ular iqtisodiy mutaxassislikdagi oliygohlar talabalarining real o‘quv 
rejalarini hisobga olmaydi. Ko‘pincha darsliklar bir nechta mualliflar tomonidan 
yoziladi, shuning uchun hatto bir darslikning ichida ham material turlicha bayon 
etiladi. 
Taklif etiladigan qo‘llanma o‘quvchini biznes qiymatini baholashning eng 
muhim bo‘limlari bilan tanishtiradi hamda u magistratura ta’limi doirasida 
o‘zlashtirayotganlarga yordam berish uchun mo‘ljallangan. 
Birinchi bobda biznes qiymatini baholashning mohiyati, maqsadlari va 
vazifalari haqida gapirib beriladi. Ikkinchi bobda moliyaviy hisobotni tuzishda 
ishlatiladigan asosiy tushunchalar eslatiladi. Tovar-moddiy boyliklarning 
zaxiralarini baholash – uchinchi bobning mavzuidir. Jihoz-uskunalar eskirishini 
hisoblashning asosiy usullari to‘rtinchi bobda ko‘rib chiqilgan. Hisobot davrining 
oxiriga kelib qarzdorlikni hisoblash beshinchi bobda o‘rganiladi. Korxona 
faoliyatining natijalarini tahlil qilish oltinchi bobda amalga oshiriladi. 
Ettinchi va sakkizinchi boblar moliyaviy matematika uchun ajratilgan 
(moliyaviy matematikaning asosiy tushunchalari, sodda va murakkab foizlar
moliyaviy oqimlarning modellari, aksiyalar, obligatsiyalar). To‘qqizinchi 
bobda investorlarning daromadlari va foydani shakllantirish kanallarining 
tahlili keltiriladi. 
Xarajatlar hisobi, ishlab chiqarish omillari va xarajatlar, zararsizlik 



tahlili – bu o‘ninchi va o‘n birinchi boblarning mavzusidir. 
O‘n ikkinchi bobda aniqlik sharoitida investitsiyalarni baholash usullari 
tahlil qilinadi. Inflyasiya va uning investitsion loyihalarga ta’siri hamda 
investitsion loyihaning ehtimollik daraxti tuzilishini – o‘n uchinchi va o‘n 
to‘rtinchi bobda o‘quvchi bilib oladi.
Kapitalning qiymati – o‘n beshinchi bobning mavzui. O‘n oltinchi bobda 
moliyaviy aktivlarni baholash modeli ko‘rib chiqiladi va asosiy vositalarning 
harakati va texnik holati tahlil qilinadi. Korxonaning moliyaviy holatini reyting 
baholash usullari o‘n ettinchi bobda ko‘rib chiqilgan.
O‘n sakkizinchi, o‘n to‘qqizinchi va yigirmanchi boblarda korxona 
qiymatini baholashning xarajat, qiyosiy va daromad yondashuvlari o‘rganiladi 
hamda baholash yondashuvlarini qiyosiy tahlil qilish amalga oshiriladi.
Yigirma birinchi bobdan o‘quvchi pul oqimlari bo‘lmagan korxonalarni 
baholash va kapital tarkibi o‘zgarganda korxonalarni baholashni qanday 
amalga oshirish haqida bilib oladi, korxona iqtisodiy qiymatining tahlilini 
o‘rganadi.
Yigirma ikkinchi bobda opsionlar, opsion narxining shakllanishi va real 
opsion modellari haqida gap boradi. Korxonalarning birlashuvi, er uchastkasi 
va gudvill qiymatini baholash yigirma uchinchi bobda ko‘rib chiqiladi. 
Yigirma to‘rtinchi bobda risk (xatar)ni baholash uchun matematik 
kutilma va standart chetlashuvni qo‘llash hamda royaltidan ozod qilish usuli 
haqida gap boradi. 
Kashfiyot, tovar belgisi va huquqiy himoyalangan sanoat mulki 
ob’ektlari qiymatini baholash – yigirma beshinchi bobning mavzuidir.
Baholash natijalarini kelishish va ko‘chmas mulkka investitsiya kiritish 
riski yigirma oltinchi bobda ko‘rib chiqiladi. Bozor ijara haqini hisoblash va 
aksiyaning qisqa balans qiymati yigirma ettinchi bobda o‘rganiladi.
Yigirma sakkizinchi bobda o‘quvchi korxonaning muvozanatli o‘sishi 
hamda kichik va o‘rta biznes ob’ektlarining qiymati haqida bilib oladi.
Butun material boblarga, boblar esa – paragraflarga bo‘lingan. Har bir 



paragraf – alohida mavzudir. Paragrafning boshida nazariy bilimlarning zaruriy 
minimal miqdori beriladi, keyin model misollari batafsil tahlil qilinadi. Qanday 
qilib Excelning ichki qurilgan funksiyalari va «Tahlil paketi» paket ustqurmasi 
yordamida uzoq va og‘ir hisob-kitoblardan voz kechish mumkinligi 
ko‘rsatilgan. Har bir misoldan keyin mustaqil echish uchun masala keltiriladi. 
Barcha masalalarning javoblari kitobning oxirida berilgan. SHuningdek, o‘quv 
qo‘llanmada kursning nazorat ishlari uchun masalalar bor. 
O‘quv qo‘llanmani yozishda mualliflar mahalliy va xalqaro nashrlardan
o‘zlarining chop etilgan ishlari hamda “Baholash ishi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 
o‘qilgan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar materiallaridan foydalanganlar. 




Yüklə 5,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə