Ozenka Prosvetov qxd


-BOB. MOLIYAVIY HISOBOTNI TUZISHDA QO‘LLANADIGAN



Yüklə 5,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/177
tarix22.03.2024
ölçüsü5,41 Kb.
#182301
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177
BIZNES QIYMATINI BAHOLASH укув кулланма

2-BOB. MOLIYAVIY HISOBOTNI TUZISHDA QO‘LLANADIGAN 
ASOSIY TUSHUNCHALAR 
 
Har yili korxona yakuniy moliyaviy hisobotni – buxgalterlik balansini va 
foyda va zararlar hisobotini tuzadi. Ushbu hisobotlarni o‘qiy olish va ma’nosini 
tushunish muhim bo‘ladi. 
2.1. Buxgalterlik balansi: aktivlar va passivlar 
 
Buxgalterlik balansi 
korxonaning ma’lum vaqtdagi moliyaviy holati va 
faoliyatining natijalari haqidagi axborotni o‘z ichiga oladi. Buxgalterlik 
balansidan ushbu biznesga kiritilgan mablag‘lar qaerdan kelib tushganligini, va 
ular balans tuzilishi paytiga kelib qaerga joylashtirilganligini bilish mumkin. 
Buxgalterlik balansi korxonaning xo‘jalik faoliyati davomida amalga 
oshiriladigan barcha operatsiyalarni aks ettiradi. 
Aktivlar 
– pul qiymatiga ega bo‘lgan va korxonaning tasarrufida bo‘lgan 
barcha moddiy resurslardir. Aktivlar moddiy va nomoddiy aktivlarga bo‘linadi. 
Moddiy aktivlar 
– bu korxonaning mulkidir (masalan, binolar, jihoz-uskunalar
mashinalar, avtomobillar, xom ashyo zaxiralari). 
Nomoddiy aktivlar
deganda 
biror-bir huquqqa (masalan, patent yoki kelajakda foyda olish huquqi) egalik 
qilish tushuniladi. 
Buxgalterlik balansiga kiritilgan barcha aktivlar pul baholashga ega bo‘ladi. 
Lekin xodimlarning boshqaruv qobiliyati, yaxshi ishlab chiqarish munosabatlari 
va ma’naviy holati kabi muhim omillarni buxgalterlik balansiga kiritib bo‘lmaydi. 
Aylanmadan tashqari aktivlar
yetarlicha yuqori qiymatiga va korxonada 
uzoq foydalanish muddatiga ega bo‘ladi (binolar, inshoot-lar, er, mashinalar, jihoz-
uskunalar, transport vositalari va hokazo). Aylanmadan tashqari aktivlarning 
qiymati juda yuqori bo‘lgani uchun, u sotib olish yilida foydadan chiqarib 
tashlanmaydi, balki kutiladigan foydalanish muddati davomida amortizatsiya 
chegirmalari shaklida taqsimlanadi. 


14 
Aylanma aktivlari
– naqd pul mablag‘lari va naqd pulga tez va oson 
aylantirish mumkin bo‘lgan balans moddalaridir. Aylanma aktivlariga tayyor 
mahsulot zaxiralari va 
debitorlik qarzdor-ligi
(mijozlarning korxonaga 
qarzdorligi) misol bo‘la oladi.
Passivlar
– korxonaning moliyaviy majburiyatlaridir. Ular kreditlar yoki 
qarzlardan foydalanishda yuzaga keladi. Qoplash muddatiga bog‘liq holda, qisqa 
muddatli va uzoq muddatli majburiyatlar farqlanadi.
Qisqa muddatli majburiyatlar
– bu bir yil davomida qoplanishi shart bo‘lgan 
kreditorlik qarzdorligidir (savdo kreditorlariga qarzdorlik, bank overdrafti). 
Uzoq muddatli majburiyatlar
– bir yildan uzoqroq muddatda qoplanishi 
shart bo‘lgan kreditorlik qarzdorligidir. Uzoq muddatli majburiyatlarga bank 
kreditlari (lekin uni qoplash birinchi talab etilganda amalga oshiriladigan bank 
overdrafti emas) va lizing bo‘yicha to‘lanmagan mablag‘lar kiradi.

Yüklə 5,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə