Ozenka Prosvetov qxd


 Moliyaviy hisobotga izohlar



Yüklə 5,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/177
tarix22.03.2024
ölçüsü5,41 Kb.
#182301
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   177
BIZNES QIYMATINI BAHOLASH укув кулланма

2.4. Moliyaviy hisobotga izohlar 
 
Korxona o‘zining moliyaviy hisobotiga tushuntirish va izohlarni ilova qiladi. 
Bu izohlar quyidagini o‘z ichiga oladi:
1) qo‘llanadigan hisob usullari haqidagi ma’lumot (amortizatsiyani hisoblash 
usuli, tovar-moddiy boyliklarning zaxiralarini baholash usuli va hokazo); 
2) ba’zi aktivlar va passivlar moddalarining batafsil ta’rifi (qarzdorlikning 
shartlari va qoplash muddatlari, ijara haqini to‘lash shartlari va hokazo); 
3) korxonaning aksiyadorlik kapitalining tarkibiy tuzilishi haqida ma’lumot 
(aksiyalarga egalik qilish shartlari va hokazo); 
4) asosiy operatsiyalar to‘g‘risida ma’lumot (boshqa korxonani sotib olish
avval qo‘shib olingan korxonani ajratib chiqarish va hokazo); 
5) balansdan tashqari moddalar (forvard o‘artnomalari, svoplar, opsionlar va 
hokazo); 
Ko‘pincha moliyaviy hisobotga izohlar hisobotning o‘ziga qaraganda 
korxonaning haqiqiy moliyaviy ahvoli haqida ko‘proq ma’lumot beradi.
Korxonaning moliyaviy hisoboti korxonaning joriy moliyaviy holati haqida, 
shuningdek korxonaning o‘tgan davr uchun faoliyatining unumdorligi haqida 
ma’lumotni beradi. Moliyaviy hsobotning asosida moliyaviy rejalashtirishda 
ishlatiladigan modellar yaratiladi. Korxonaning moliyaviy hisoboti asosiy reja 
ko‘rsatkichlarini ko‘zda tutishga imkon beradi.


19 
2.5. Moliyaviy hisobotga ishonish mumkinmi? 
 
Moliyaviy hisobotda mavjud bo‘lgan axborot korxonaning foyda berishi 
darajasini - foydaliligini baholash imkonini beradi. Agar foydalilik darajasi talab 
etilaganidan pastroq bo‘lsa, vaziyatni to‘laroq tahlil qilish bu chetlashuvning 
sababini aniqlashga imkon beradi. Shuning uchun ma’lumot uni oluvchiga ushbu 
ma’lumotga o‘z vaqtida javob tarzida harakat qilish imkonini berishi lozim. 
Noto‘g‘ri ma’lumot ko‘pincha ma’lumot bo‘lmaganidan ham yomonroq 
bo‘ladi, chunki u vaziyatni faqat yomonlashtiradigan harakatlarga sabab bo‘lishi 
mumkin. Moliyaviy hisobotga qanchalik ishonish mumkin?
Korxonada buxgalterlik hisobotini halol, bilimli, o‘z iishida xato 
qilmaydigan kishilar olib boradi, deb taxmin qilinadi. Real hayotda esa unday 
bo‘lmaydi.
Buxgalterlar ham, barcha kishilar kabi, xatolarga yo‘l qo‘yadi. Hisob-
kitoblarda texnika vositalaridan foydalanish arifmetik xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka 
imkon beradi. Lekin uslubiy xatolarga (yozuvlarni ikki marta takrorlash yoki 
qoldirib ketish, korxonaning xo‘jalik hayoti holatini noto‘g‘ri hisob moddalarida 
qayd etish va hokazo) yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘ladi.
Buxgalterlik hisoboti hisobotni tuzadigan shaxslarning past texnikaviy 
malakasi tufayli buzib ko‘rsatilishi mumkin. Agar buxgalterning ish haqi 
korxonaning moliyaviy ko‘rsatkichlariga bog‘liq bo‘lsa, unda hisobotni bezatib 
a’lo qilib ko‘rsatishning noto‘g‘ri istagi paydo bo‘lishi mumkin.
Buxgalterlik balansi
 
korxonaning ma’lum vaqtdagi moliyaviy holati va 
faoliyatining natijalari haqidagi axborotni o‘z ichiga oladi. Keyingi kunning o‘zida 
balansdagi ko‘rsatkichlar o‘zgaradi. Korxonaning rahbariyati bir qator hiylalar 
yordamida balansga iloji boricha ishonarli a’lo tus berishdan manfaatdor bo‘ladi.
Hisobot davrining bir necha oxirgi haftasida korxona etkazib beruvchilarga 
to‘lovlarni kechiktirishga urinadi. Lekin yangi moliyaviy yilning birinchi 
kunlaridayoq kreditorlarning sabr-chidami uchun mukofotlagan holda pul 
mablag‘lari kamaya boshlaydi.


20 
Buxgalteriya doimo «zaxirani ko‘zda tutib» ishlaydi. Hisob jurnallarida 
doimo foydaning ko‘rsatkichlarini kamaytirishi mumkin bo‘lgan biror-bir 
xarajatlarni topish mumkin. Sal ko‘proq zaxiralarni, aylanmadan tashqari 
aktivlarni, umidsiz qarzlarni hisobdan chiqarish yoki zaxiralarni qayta baholashda 
uni sal ko‘proq ko‘rsatish mumkin. Foydaning biror-bir qismini yo‘qotish uni 
oshirishdan osonroq bo‘ladi.
Moliyaviy hisobotga tegishli bo‘lgan qoidalar va yo‘riqnomalar doimo aniq 
va bir ma’noli bo‘lavermaydi. Uning ayrim ifodalanishi moliyaviy hisobotni 
tayyorlashda «ijobiy talqin etish» uchun imkoniyat qoldiradi.
Moliyaviy hisob qoidalari barcha operatsiyalarni boshlang‘ich qiymati 
bo‘yicha aks ettirishni talab qiladi. Buxgalterlik balansi korxona turli vaqtda sotib 
olgan yoki o‘z zimmasiga olgan aktivlarni va majburiyat-larni aks ettiradi. 
SHuning uchun balansda ko‘rsatilgan aktivlarni sotib olish xarajatlari ushbu 
aktivlarning joriy iqtisodiy qiymatini aks ettirmasligi ham mumkin. Valyuta 
kurslarining o‘zgarib turishi ham, agar korxonada chet el valyutasidagi aktivlar va 
passivlar mavjud bo‘lsa, balansning ma’lumotini buzib ko‘rsatishi mumkin.
Barcha aytib o‘tilganlardan kelib chiqishicha, korxonani baholashda 
moliyaviy hisbotga to‘liq tayanish kerak emas. Bu olish mumkin bo‘lgan 
ma’lumotning muhim qismi bo‘lsa ham, faqat bir qismidir. Boshqa ma’lumot 
manbalari qatorida moliyaviy nashrlar, mahaliy matbuot, korxonaning mijozlari va 
raqobatchilarini, korxonaning xodimlarini qayd etish mumkin.


21 

Yüklə 5,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə