Ozenka Prosvetov qxd



Yüklə 5,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/177
tarix22.03.2024
ölçüsü5,41 Kb.
#182301
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   177
BIZNES QIYMATINI BAHOLASH укув кулланма

2.2. O‘z kapitali 
O‘z kapitali
– korxonaning barcha qarzlari to‘langanidan keyin qolgan 
barcha mulkining qiymatidir.
Buxgalterlik balansining asosida buxgalterlik balansining quyidagi 
tenglamasi yotadi:
O‘z kapitali 

jami aktivlar 

jami passivlar 

aylanmadan tash-qari 
aktivlar 

aylanma 
aktivlar 

qisqa muddatli 
majburiyatlar 

uzoq muddatli 
majburiyatlar 
Korxonaning muayyan sanadagi o‘z kapitalini boshqacha hisoblash ham 
mumkin: 
O‘z kapitali 

boshlang‘ich 
investitsiyalar 

taqsimlanmagan foyda 
Bu erda taqsimlanmagan foyda – xo‘jalik faoliyatiing jarayonida qayta 
investitsiya qiligan foydadir.


15 
Taqsimlanmagan foyda soliqqa tortish, foizlarni va dividend-larni 
to‘lashdan keyin qolgan foydaning miqdoridir. U odatda yangi kapital 
quyilmalarni moliyalashtirishning katta qismini tashkil etadi. 
2.3. Pul mablag‘larining harakati to‘g‘risida hisobot.
Foyda va zararlar hisobi 
 
Buxgalterlik balansi korxonaning ma’lum vaqtdagi moliyaviy holati va 
faoliyatining natijalari haqidagi axborotni o‘z ichiga oladi. Pul mablag‘larining 
harakati to‘g‘risidagi hisobotda esa 
pul mablag‘larining oqimlari
, ya’ni 
korxonaning xo‘jalik faoliyati davomida amalga oshiriladigan tushumlar va 
to‘lovlar shaklidagi pul mablag‘larining bir qo‘ldan boshqa qo‘lga amaldagi 
fizikaviy o‘tishi aks ettirilgan. 
Tushumlar
– korxonaning olgan pul mablag‘lari. 
To‘lovlar
– korxonaning bergan pul mablag‘lari.
Har gal korxona pul chek yozib berganda pul mablag‘larining to‘lovi 
yuzaga keladi. Agar korxona uchun chek yozib berilsa, u holda pul 
mablag‘larining tushumi yuzaga keladi. Shuning uchun korxonada haqiqiy 
ishlarining holatini buzib ko‘rsatish uchun imkoniyatlar kam bo‘ladi.
Korxona passivlarining ortishi – bu pul mablag‘larining manbaidir. 
Korxona passivlarining kamayishi pul mablag‘larinig ishlatilganligidan dalolat 
beradi.
Korxona aktivlarining kamayishi – bu pul mablag‘larining manbaidir. 
Korxona aktivlarining ortishi pul mablag‘larinig ishlatilganligidan dalolat beradi.
Pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobot
ma’lum vaqt davri 
uchun kassa pozitsiyasidagi o‘zgarishlarni aks ettiradi. 
Davr boshidagi saldo
– 
korxonaning davr boshiga kelganda naqd pul mablag‘larining miqdori. 
Davr 
oxiridagi saldo
– korxonaning davr oxiriga kelganda naqd pul mablag‘larining 
miqdori.
Pul mablag‘lari harakatini hisoblash quyidagi formula bo‘yicha bajariladi: 


16 
Davr boshidagi saldo + 
tushumlar 

to‘lovlar 

Davr oxiridagi saldo 
Pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobot kamchiliklardan xoli 
bo‘lmaydi. U avval yuzaga kelgan vaziyatni aks ettiradi va tarixiy xususiyatga 
ega bo‘ladi. Korxonaning kredit layoqatiga qiziquvchi investor uchun 
korxonaning pul mablag‘lari harakatining prognozi ko‘proq foydali bo‘lar edi. 
Foyda va zararlar hisoboti
korxonaning buxgalterlik balansi tuzilishining 
ikkita yondosh sanasi orasida operatsiyalardan daromadlarini va xarajatlarini 
ko‘rsatadi. Undan korxonaning ushbu davr uchun ishlashining natijalari yaqqol 
ko‘rinadi: u foyda olganmi, yoki zarar ko‘rganmi.
Foyda va zararlar hisobotini tuzishda daromadlar va xarajatlar pul bilan 
to‘langan paytida emas, ular hisoblangan paytida tan olinadi. Masalan, 
tovarlarning sotilishi tovar uchun pul olinganda emas, balki sotuvchi oldi-sotdai 
shartnomasining sharlarini bajarganda amalga oshirilgan holat deb hisoblanadi. 
Daromad, agar uni ob’ektiv baholash va asosli tarzda kelajakda mablag‘larning 
tushishini taxmin qilish mumkin bo‘lganda, olingan deb tan olinadi.
Foyda va zararlar hisoboti hisoblanishi tamoyili bo‘yicha tuziladi, u ko‘rib 
chiqilayotgan davr uchun olingan daromadlarni va amalga oshirilgan xarajatlarni 
aniqroq taqqoslaydi. Bu daromadlar va xarajatlaring haqiqiy qiymatini aniqlashga 
imkon beradi, lekin pul mablag‘larining ko‘pgina harakatlanishi ko‘rsatilmaydi.
Foyda va zararlar hisoboti korxonada hisobot davri davomida yuz bergan 
barcha holatlarni aks ettiravermaydi. Unda yetarlicha aniq baholanishi mumkin 
bo‘lmagan narsalar (masalan, yangi xodimning ishga qabul qilinishi) haqida 
ma’lumotlar yo‘q. Foyda va zararlar hisoboti shuningdek sotish bilan bog‘liq 
bo‘lmagan operatsiyalarni (masalan, yangi aksiyalarning chiqarilishi) aks 
ettirmaydi. 
Foyda va zararlar hisobotining ma’lumotlari bilan ishlash pul 
mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobotning ma’lumotiga nisbatan ancha 
osonroq bo‘ladi. Lekin foyda va zararlar hisoboti, masalan, oldingi oyda iste’mol 
qilingan elektr energiyasi uchun to‘lovni va korxona keyingi 15 yil davomida 


17 
ijaraga oladigan bino uchun to‘lovni uzil-kesil farqlash imkoniyatini beradi.

Yüklə 5,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə