Ozenka Prosvetov qxd



Yüklə 5,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/177
tarix22.03.2024
ölçüsü5,41 Kb.
#182301
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177
BIZNES QIYMATINI BAHOLASH укув кулланма

Tugatish qiymati 
– bankrotlik holatida korxona aktivlarining sotilishi 
qiymatidir. Vaqt bo‘yicha cheklovlar va ko‘rsatilayotgan bosim qiymatni 
baholashga kuchli buzuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Sotuvchi tomon o‘zi uchun 
manfaatsiz shartlar asosida bitimni amalga oshirishga majbur bo‘ladi. 
Tugatish qiymati juda tor doiradagi vazifalarni hal etish asbobi sifatida 
ahamiyatga ega. Masalan, kreditga layoqatlilikni ko‘rib chiqishda tugatish qiymati 
ishonchli bo‘lmagan korxonalar aktivlarini baholash uchun ishlatiladi. Chunki 
bunday korxonalarning pul mablag‘-lari harakatining sxemalariga yanada ko‘proq 
noaniqlik xos bo‘ladi. 
Korxonaning bo‘linish qiymati 
– bir necha bo‘linmadan iborat bo‘lgan 
korxona aktivlarining, ushbu bo‘linmalari alohida sotilgan holda, sotilishi 
qiymatidir. 
Boy berilgan maqbul imkoniyatlari va korxonaning avvalgi rahbariyatining 
uquvsizligi sababli korxonaning alohida bo‘linmalarining jami iqtisodiy qiymati 


10 
korxonaning umumiy yagona birlik sifatida qiymatidan yuqoriroq bo‘ladi, deb 
hisoblanadi. SHuning uchun korxona turli mulkdorlarga alohida sotish uchun 
qismlarga bo‘linadi. 
Shuni qayd etish lozimki, bo‘linish qiymati odatda korxona uchun, 
korxonaning tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha alohida bo‘linmalarining faoliyati 
to‘xtatilmagan holda aniqlanadi. Odatda, qiymatning bu turi korxonalar qayta 
tarkibiy o‘zgartirilishida va qo‘shib olinishida qo‘llanadi. 
Tiklanish qiymati 
– eskirgan asosiy fondlarni unga o‘xshash aktivlar bilan 
almashtirish xarajatlarining qiymatidir. Tiklanish qiymati asosan muhandislik 
hisob-kitoblarining natijasida aniqlanadi. 
Aktivlarning ma’naviy eskirishi sababli asosiy vositalarni aniq qayta tiklash 
oqilona bo‘lmaydi. SHuning uchun tiklanish qiymati faqat faoliyat yuritayotgan 
korxona aktivlarining bozor qiymatini aniqlashda nazorat qilish uchun 
foydalaniladi. 
Garov qiymati 
– ushbu aktivlarni kreditning ta’minoti sifatida taqdim etib, 
olish mumkin bo‘lgan kreditning maksimal qiymatidir. Kreditorlar o‘zining 
sub’ektiv fikrlariga tayangan holda, odatda kreditning ta’minot qiymatini 
aktivlarning bozor qiymatidan ancha pastroq darajada belgilaydi. 
Soliq belgilangan qiymati 
undiruvchi davlat organlari tomonidan mulk 
solig‘ini aniqlash uchun ishlatiladi. Soliq belgilangan qiymatining qo‘llanishi bu 
bilan cheklanadi. 
Qaralayotgan aktivlar turli sabablarga ko‘ra bozor qiymatiga ega bo‘lmagan 
hollarda, mustaqil ekspert tomonidan aniqlanadigan 
baholash qiymati
foydalaniladi. Turli ekspert baholashlari kamdan-kam hollarda bir xil natija 
beradi. Shuning uchun baholash oralig‘ini qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Baholash qiymati tijorat ko‘chmas mulkining yoki turar joy fondining yirik 
oldi-sotdi bitimlarida qo‘llanadi. Baholashning haqqoniyligi ekspertizaning 
sifatiga va shunga o‘xshash bitimlar bo‘yicha ma’lumot mavjudligiga bog‘liq 
bo‘ladi. 
Faoliyat yuritayotgan korxona – «tirik» organizm bo‘lib, investi-siyalar, 


11 
operatsion faoliyat va ularni moliyalashtirishdan iborat. 
Faoliyat yurituvchi 
korxonaning qiymati 
korxonaning pul oqimlarini tahlil qilishda qo‘llanadi. Tahlil 
qilingan davr oxiriga kelib pul oqimlarining qiymati korxonaning keyingi 
istiqbollarini baholashni ko‘rsatadi. 
Aksiyadorlik qiymati 
korxonaning oddiy aksiyalarga to‘g‘ri kelgan foydasi 
bilan belgilanadi, va korxonaning iqtisodiy qiymati asta-sekin oshib borishini aks 
ettiradi. Aksiyadorlik qiymatining investitsiya kiritish imkoniyatlarini tanlash va 
bozorda kutilgan jihatlar bilan uzviy bog‘liqligini qayd etish lozim. 
Endilikda korxona qiymatining u yoki bu ta’rifining ma’nosi nima ekanligi 
tushunarli. Korxona qiymatining ba’zi ko‘rib chiqilgan tushunchalari muayyan 
maqsaddagi tor ixtisoslashgan me’yorlar bo‘lib xizmat qiladi. 

Yüklə 5,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə