Преподавание зыка и литературы anguage and literature


V. O‘quvchilarni baholash va rag‘batlantirish



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/71
tarix30.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#166038
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   71
uzb-2019 4-son

V. O‘quvchilarni baholash va rag‘batlantirish.
Darsning boshida guruhlarga A3 qog‘oziga chizilgan 
bulutlar berilgan edi. Har bir guruh bitta to‘g‘ri javob
-
ga bittadan yomg‘ir tomchilarini olib, o‘zlarining buluti 
tagiga yopishtirib boradilar. Qaysi guruhning buluti 
ko‘p yomg‘ir yog‘dira olgan bo‘lsa, o‘sha guruh g‘olib 
sanaladi. Barcha o‘quvchilar ishtirokiga ko‘ra baholana-
di. G‘olib guruh va darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar 
rag‘batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa.
263-mashq. Kiritmalardan foydalangan holda qa-
rindoshlar haqida axborot matni tuzish. Mavzuni 
o‘zlashtirib kelish.
Kiritmalar barcha bo‘laklar kabi sodda va murak kab 
bo‘ladi. Sodda kiritmalar so‘zlar va so‘z gaplar bilan, 
murakkab kiritmalar esa so‘z birikmalari va gaplar bilan 
ifodalanadi.
Kiritmаlаrdаn nutqdа o‘rinli fоydаlаnish fikrni оsоn 
аnglаshgа yordаm berаdi, nutqning tа’sirchаnligini 
оshirаdi. O‘rinsiz ishlаtilgаn kiritmаlаr esа nutqning 
rаvоnligigа sаlbiy tа’sir qilаdi.
Mustaqillik yillarida nemis tilidan o‘zbek tiliga bevosita 
tarjima bilan shug‘ullanayotgan yana bir yurtdoshimiz – tar-
jimon Mirzaali Akbarov Herman Hessening “Cho‘l bo‘risi” 
(2006) romanini tilimizga o‘girdi. Asarda jamiyatga singishib 
keta olmayotgan Byurger – cho‘l bo‘risi fojiasi, qahramon 
Harri hayotida cho‘l bo‘risining zohiran namoyon bo‘lishi, in
-
son va jamiyat o‘rtasidagi ziddiyat, begonalashuv oqibatlari 
hamda qahramon ichki olami ochib berilgan.
2007-yil may oyida Yevropa tarjimonlari kollegiyasi 
taklifiga ko‘ra qilingan safar natijasida Mirzaali Akbarov 
Gyotening “Maximen und Reblexionen” kitobi tarjimasiga ilk 
bor qo‘l urdi. “Hikmatlar xazinasi” nomi bilan qilingan tarji
-
ma tom ma’noda Gyote hikmatlari xazinasidan olingan bir 
debochadir.
Hafiza Qo‘chqorova ham nemis tilidan tilimizga bir qan-
cha tarjimalar qildi. Uning eng birinchi kitobi 2008-yilda chop 
etilgan “Qadr tarozisi” kitobi edi. Bu kitobdan ilk bora bir qan-
cha nemis adabiyoti vakillarining hikoyalari o‘rin olgan edi. 
Hafiza Qo‘chqorova 2010-yilda nemis adibasi Jenni 
Erpenbekning “Makon istab” romanidan parchalar tarjima 
qilib, kitobxonlar hukmiga havola qildi. Romanning to‘ldiril-
gan nusxasi esa 2011-yilda chop etildi. 
2013-yilda tarjimonning yana bir tarjimasi – Elke Hay-
denrayh va Bernd Shrederlarning “Azaliy ishq” romani dun-
yo yuzini ko‘rdi. Ijodkor bu romanni Furqat Soatov bilan bir-
ga o‘zbekchaga o‘girdi. 
Xullas, bu kabi ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin. 
Yosh tarjimonlarning sohaga dadil kirib kelayotgani davr ta
-
labi, albatta. Biroq nemis tilidan qilinayotgan tarjimalarni ku-
zatib, ulardagi kamchiliklar haqida ham baralla gapirishimiz, 
asar qadr-qimmati-yu, tilimiz joribasini saqlab qolishga e’ti-
bor qaratishimiz lozimligini anglaymiz.
Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, tarjimada 
faqatgina tilni bilishning o‘zi kamlik qiladi. Balki yozuvchi-
ning niyatini tushunish, badiiylikni his qilish, poetik iste’dod-
ga ega bo‘lish, til boyligidan o‘rinli foydalana olish birinchi ta-
lab hisoblanadi. Shuningdek, mutaxassislar-u jamoatchilik 
ham qilinayotgan tarjimalarga jiddiy munosabat bildirishsa,
sohaning rivoj topishi, xalqimizning asl adabiy durdonalar 
bilan tanishishi tezroq amalga oshadi.
1
I.Borisova, Sh.Imyaminova. Tarjima nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent, 2005. 28-bet.
2
Gyunter de Broyn. Tristan va Izolda. – Toshkent: O‘zbekiston, 1994. 9-bet.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə