Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


O‘QUVCHILARGA QONUNIYATGA DOIR MISOLLARNI YECHISHNI O‘RGATISH USULLARI



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə111/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   182
to\'plam tayyor

O‘QUVCHILARGA QONUNIYATGA DOIR MISOLLARNI YECHISHNI O‘RGATISH USULLARI

Alidjanova Muqaddam Ravshanbekovna


Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi
Xolmatova Zulfiya Tillavoldiyevna
Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada kichik yoshdagi o‘quvchilarga sonli va shaklli ketma-ketlikni mantiqiy davom ettrishni o‘rgatish jarayonida qonuniyatlarni topishda turli usullardan samarali foydalanishning o‘ziga xos jihatlari haqida fikrlar bildirilgan. Bunda 3-sinf matematika darsligidagi misollar asos qilib keltirilgan.
Kalit so‘zlar: ta’lim jarayoni, qonuniyat, sonli ketma-ketlik, mulohaza yuritish, sonlar, tahlil qilish, rivojlantirish, yig‘indi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi matematikadan ta’lim jarayonini tashkil etar ekan, o‘quvchilar bajara oladigan aqliy operatsiyalar: taqqoslash, umumlashtirish, sinflarga ajratish, abstraklashtirish va konkretlashtirishga tayangan holda o‘rganilayotgan ob’yekt, hodisa, vaziyat va jarayonlarning miqdoriy harakteristkalari orasidagi bog‘lanishlarni o‘rnatib, ularni matematik simvollar bilan ifodalaydi.
Mantiqiy nostandart masalalarda keltirilgan xolatlar, vaziyatlarni tahlil etish asosida o‘quvchilar zaruriy axborotni izlash va ajratish ko‘nikmalarini egallaydilar, sabab-oqibat bog‘lanishlarini o‘rnatadilar, mulohaza qilishning mantiqiy zanjirini qurib, konkret shartlarga tayangan holda masalaning eng qulay va samarali yechish usullarini tanlash kompetensiyasi rivojlantiriladi.
O‘quvchilarni bilish faoliyatiga ijobiy ta’sir qiluvchi qonuniyatni topishga doir mashqlarni yechish, ularning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Quyida 3-sinf matematika darsligida berilgan ana shunday mashqlar turlari va ishlash usullarini ko‘rib chiqamiz.
1-topshiriq:
Tushurib qoldirilgan sonlarni topish.
a)…, …, 410, …, …, 440, …, …
b)…, 564,…, …, …, …, …, 504
Bunda tushurib qoldirilgan sonlarni topish uchun dastlab e’tiborimizni berilgan sonlarga qaratamiz. Bu yerda sonlar o‘sib borish tartibida joylashganini hisobga olib, 410 va 440 sonlari orasida qanday ikkita son mavjud bo‘lishi mumkinligi haqida quyidagicha xulosa chiqariladi. Qonuniyatga ko‘ra bu ikki sonning orasidagi sonlar 10ta birlikka ortib borgani uchun bu yerda 420 va 430 sonlari to‘g‘ri keladi. Shu qonuniyatni nazarda tutgan holda qolgan sonlarni ham shunga mos holda 410 sonidan avval 390 va 400, 440 sonidan keyin 450 va 460 bo‘lishi mumkin ekanligini anglash mumkin.
T o‘g‘ri javob: 390, 400, 410, 420 430,440, 450, 460
Keyingi topshiriqda esa sonlar kamayish tartibida kelyapti. Bu yerda ham yuqoridagi fikrlarga tayangan holda, 564 va 504 sonlarining orasida 554, 544, 534, 524, 514 sonlari qonuniyat asosida kelishini topish mumkin.
To‘g‘ri javob: 574, 564, 554, 544, 534, 524, 514, 504
Darslikda bunday turdagi mashqlar sonlar o‘qida, zanjir ko‘rinishida, nuqtalar o‘rniga qo‘yish usulida ham berilgan.
2-topshiriq:

Bunday topshiriqlarni bajarishda ko‘pincha birinchi shakl asos bo‘lib xizmat qiladi. Ya’ni birinchi shakldagi sonlarni ko‘radigan bo‘lsak, 200 va 100ning yig‘indisi 300ga, 100 va 350ning yig‘indisi 450 ekanligidan foydalanib, 200 va 350ning yig‘indisi 550 ekanligi kelib chiqadi. Shu qonuniyatga asoslangan holda ikkinchi shakl 350 va 120 ning yig‘indisi 470 ga, 920 va 350ning ayirmasi 570ga, 570 va 120 ning yig‘indisi 690 ga tengligini o‘ylab ko‘rish o‘quvchiga muammo tug‘dirmaydi. Uchinchi shakldagi sonlarni ham shu qonuniyat asosida topiladi.
3-topshiriq:

3-topshiriq o‘quvchilar uchun ham qiziqarli, ham mantiqiy tafakkurni rivojlantiruvchi mashq hisoblanadi. Topshiriqni yechimini topish uchun dastlab belgilarni qanday qonuniyat asosida takrorlanib kelishini fikrlab olish zarur. Ya’ni 1-qatorda bitta to‘g‘ri to‘rtburchak va uchta bulutcha takrorlanib kelyapti. Takrorlanish davomida yana ikkita bulutcha kelishi kerak. Endi esa belgilarni harflar bilan ifodalaymiz. Bunda to‘g‘ri to‘rtburchakni A, bulutchani B deb ifodalasak, u holda mantiqiy ketma–ketlikni belgilarga mos ravishda ABBBABB tarzda ifodalash mumkin. 2-qatorda ham huddi shunday mantiqiy ketma-ketlik ikkita doira, bitta kulib turgan chehra, bitta qovoq solgan chehralar kelyapti. Ularni ham mos holda AABDAABDAABD tarzida ifodalash to‘g‘ri bo‘ladi. Ikkita qatorni topa olgan o‘quvchi 3-qatorda ham shunday fikr yuritib, ABDABDABD ekanligini bilishi mumkin.
Yuqoridagi mashq turlaridan ko‘rinib turibdiki, sonlar va shakllar ketma-ketligini mantiqiy davom ettrishga doir misollar o‘quvchilarni diqqatini jamlashga, ma’lumotlarni tahlil qilishga, mulohaza yuritishga, mustaqil fikrlashga va aqliy qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə