Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə112/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   182
to\'plam tayyor

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:



  1. Mamajonova M.Mantiqiy kombinatorlik va nostandart masalalar. O‘quv qo‘llanma.Toshkent “Innovatsiya-Ziyo” nashriyoti-2020

  2. O‘rinboyeva L va boshqalar. Matematika 3-sinf uchun darslik.Toshkent–2022

  3. Alidjanova M. Boshlang‘ich sinflarda soz‘ birikmalari ishlashning samarali usullari Journal of Advanced Research and Stability 4/2022

O‘QITUVCHINING INNOVATSION PEDAGOGIK FAOLIYATI
D.M.Xolikova – FarD, katta o‘qituvchi
diloshxon@gmail.com
Ta’lim samaradorligini oshirish shaxsning har tomonlama kamol topishida va yoshlarning mustaqil bilim omillarini ta’minlash uchun ta’lim muassasalariga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan va o‘z sohasidagi bilimlarni mustahkam egallashdan tashqari zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va interfaol usullarni biladigan, ulardan ta’lim – tarbiya jarayonini tashkil etish ko‘nikma, malakalarini egallagan o‘qituvchilar kerak.
Bugungi kunda fan-texnikani rivojlanishi bilan o‘qituvchi pedagoglarga qo‘yilayotgan talablar ham kun sayin ortib bormoqda. O‘qituvchining pedagogik faoliyatini tahlil qiladigan bo‘lsak, uning quyidagi turlarga ajratishimiz mumkin:

  1. O‘qituvchi pedagogik faoliyatiga fanni chuqur bilish; o‘qituvchining ruhiy pedagogik tayyorgarlik, uzluksiz ta’lim tizimi me’yoriy xujjatlarini yaxshi bilish; fanni o‘qitish uslubiyotini bilishi va qo‘llay olish;

  2. Tarbiyachi faoliyati; o‘qituvchining shaxsiy namuna bo‘la olish tarbiya metodlari yaxshi bilimi va qo‘llay olishi; o‘quv tarbiya ishining tashkil qilish malakasiga ega bo‘lish;

  3. Tadqiqotchilik faoliyati; yangi axborotlarni o‘zlashtirish; ilmiy – tadlqiqotlarni olib borish; yangi metodikani egallash va tadqiq qilish;

  4. Tadqiqotchilik faoliyati: o‘quv tarbiya jarayonini loyihalash va o‘tkazish; tarbiyaviy tadbirlarni tashkillash va o‘tkazish;

  5. Innovatsion faoliyati ilg‘or pedagogik texnologiyalar va interfaol usullarni bilishi va o‘quv tarbiya jarayonida qo‘llay olishi, axborot va kommunikatsion texnologiyalardan foydalana olish; o‘z ishini muntazam takomillashtirishga intilish; akmeologik, kreativ va refleksiv yondashuv:

Yuqorida o‘qituvchi faoliyati turlarini innovatsion faoliyatga yondashgan holda ko‘rib chiqamiz:
Innovatsiya (inglizcha innovation) – yangilik kiritish, yangilik demakdir.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon o‘qituvchi va talaba (yoki o‘quvchi) faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol usullardan foydalaniladi.
Interfaol (“Inter” – bu o‘zaro “akt” harakat qilmoq yoki kim bilan suhbat, muloqot tartibida bo‘lishini anglatadi.)
Pedagogning kasbiy bilimlarini kreativlik bilan xarakterlanadi.
Kommunikatilik faoliyati kasbdoshlari va talabalar bilan maqbul o‘zaro aloqalarni o‘rnatish; malaklari o‘z – o‘zini boshqarish qobiliyatini ko‘zda tutadi.
Refleksiya – idrok etish ob’ektini boshqa odamlar qanday qabul qilishlarini anglab yetish.
O‘qituvchi ta’lim – tarbiya jarayonini boshqarar ekan ilg‘or texnologiya va interfaol usullarning mohiyati va ulardan qo‘llash qoidalarini yaxlit bilish zarurdir. Bunda pedagogik texnologiyalar takliflarini asoslash, texnologiya turlari mazmunining yoritilganlik, bu texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tadbiq etish yo‘llarini belgilash ta’limning barcha bosqichlarida uning samaradorligini oshirishga imkon beradi.
Pedagogning kasbiy bilimdonligi kreativlik bilan xarakterlanadi.
Kreativlik – kasbiy hayot usuli bo‘lib, ta’lim jarayoni va tizimi maqsadi, mazmuni, texnologiyalari bo‘yicha yangi pedagogik voqelikni yaratish istagi va malakasi, ya’ni kasbiga nisbatan ijodiy yondashuvdir.
Kasbiy bilimdonlik pedagogik refleksiyaga qodirdir.
Refleksiya – fikrlashning maxsus usuli bo‘lib, pedagogik voqelikka, tarixiy pedagogik tajribaga, o‘z faoliyatiga qayta nazar tashlashdir.
O‘qituvchi jarayoniga refleksiv yondashuvi.

Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə