Tarbiyaviy ishlar



Yüklə 16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/110
tarix22.03.2024
ölçüsü16 Kb.
#184034
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   110
Tarbiyaviy ishlar metodikasi

Hakim aytadi:
Tashakkur - do ‘stning qilgan yaxshiligini 
e ’tirof etish, uning o ‘ziga so‘zlab minnatdorlik bildirishdir. 
Tashakkuming g ‘oyasi - yaxshilik qilgan kishining qilgan 
yaxshiligi tan olinganini, o lrinsiz ketmagannni bilishi, yaxshilik 
qilgan kishiga uning himmatini, go'zal axloqini e ’tirof qilishdir. 
Yana bu munosabat, fursat kelganda sen ham unga yaxshilik 
qilishga shoshil, do ‘stingning qilganiga yarasha qaytar, de-. 
ganidir.
X o ‘sh, shunday ekan, do kst-o‘rtoqlarni k o ‘paytirish uchun 
qanday muomala-munosabat lozim? Buning uchun kishi birov 
bilan do‘st-yor b o ls a , yoki do‘st-yorlik d a’vosini qilsa, o ‘ziga 
ravo k o ‘rmaganini unga ham ravo ko'rm asligi kerak, b a’zi noxush 
narsalarni o ‘ziga ravo k o ‘rsa hamki, do ‘stiga ravo k o ‘rmasligi 
lozim.
Rivoyat:
Qadim zamonlarda bir mamlakatda ikki qalin va inoq 
do‘st bo ‘lgan ekan. Ular zarnona zayli bilan bir-birlaridan 
ajralishib, bir necha yillardan so‘ng yana uchrashib qolibdilar. 
Ulardan biri juda boyib ketgan, ikkinchisi esa faqir holda ekan. 
Faqiri qadrdon do'sti bilan bir dildan suhbatlashmoqchi b o lib d i.
166


Badavlati esa do ‘stini tanimay, kekkaygan holda undan: “Sen 
kimsan va nima uchun mening huzurimga kelding?” - deb 
so'rabdi. Shunda faqir unga: “Men sening qadrdon do‘stingman. 
Seni k o 'r boTib qolibdi deb eshitdim. Shuning uchun seni 
ko'rgani kelgandim", - degan ekan.
Bir donodan so'rashdi:
- Do'stlik ramzi nima?
Dono keksa aytdi:
- D o'stlik ramzi - dilkash va yelkadosh bo‘lmoq, ammo, yana 
uning ueh sharti bor: birinchisi - do'stlikni avaylamoq, ikkinchisi
- uni ziyon-zahmatdan saqlamoq, uchinchisi - yaxshi-yomon 
kunda hamdam boTmoq.
D o'stlik fazilatini bilganlar turmush ziynatini topadilar. Har 
bir kishi o'zining qayg'usi yoki shodligini ko'ngil tortar do‘stiga 
aytib, yuragini yozgisi keladi. Do'st o'zining yupatuvchi so'zlari, 
oqil maslahatlari 
bilan 
do'stining 
dardini 
yengillashtiradi, 
shodligidan quvonadi.
Odamlar o'rtasidagi do'stlik ko'pincha ochiq ko'ngillilik, 
to 'g ‘rilik, maqsad birligi va ana shu yagona maqsadga sodiqlik 
asosida mustahkamlanib kelgan.
D o'stlar bir-birlariga hech vaqt xiyonat qilmasliklari va bir- 
birlarining sirlarini boshqa birovlarga aytmasliklari, o'zaro hurmat 
va ishonchni ardoqlashlari zarur.
D o'stlik o'z vafosi bilan go'zaldir. V a’daga vafo qilish, 
hamdam, hamdard bo'lish samimiy do'stlikning belgilaridan 
biridir. Xalqimizda turli m a’rakalarni ko'pchilik bilan birga 
o'tkazish odati bor. Shunday kunlarda do'stiga do'stning yordami 
nihoyatda zarur. Katta m a’rakalarda yoshlar qiladigan yumushlar 
ko‘p b o iad i. Shunday chog'da do ‘st xonadonida o'tayotgan 
m a’rakada xizmatini ayamagan o'g'il~qiz el hurmatiga sazovor 
bo Tadi.
Ayrim pedagoglarimiz turli xil m a’rakalarda yoshlarning 
ishtirok etishini yoqtirmaydilar. Aslida esa bunday yig‘inlar yillar 
o'tib, yoshlarimiz boshiga ham tushadi. Shuni hisobga olib, 
bunday m a’rakalarni o'tkazishni, unda xizmat qilish odobnni va
167


do‘stining ramu shodligiga sherik b o lish n i yoshlar o ‘rganib 
borgani m a’qul.
Shunday qilib, hayot tajribalari do'stlikni mustahkamlovchi 
quyidagi omillami vujudga keltirdi:
1) o ‘zaro hurmat va ishonch;
2) do ‘stga sodiqlik;
3) zarur paytda bir-biridan moddiy va m a’naviy yordamini 
ayamaslik;
4) kamchiligini yotig‘i bilan o'ziga aytib tuzatish;
5) do ‘st sirini saqlay olish;
6) do‘stning shodligidan quvonish, tashvishiga sherik bo'lish:
7) maqsad birligi;
8) o bzaro munosabatda samimiylik, ziyraklik, rostgo‘ylik, 
to ‘g ‘rilik;
9) bir-birini yurakdan quvontirishga intilish.

Yüklə 16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə